Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: tuproq namunasi, distrlangan suv, filtr qog’oz, ammoniy karbonat eritmasi, qalay xlorid.
Mashg’ulotning maqsadi: Machigin usuli bo’yicha karbonatli sho’rlangan tuproqlar tarkibidaga harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliyni aniqlashdan iborat.
Bu usul asosan harakatchan fosforli birikmani 1% li ammoniy karbonat eritmasi yordamida ajratib olishga asoslangan. Aniqlash ma’lum darajada fosfat kislotaning molibden angidrid va qalay xlorid bilan havo rangli murakkab birikma (MoO2*4MoO3)2 *N3RO4*4N2O hosil qilishga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi. Texnik tarozida tortilgan 5 g tuproq (1mm li elakdan o’tkazilgan) 200-250 ml li konussimon kolbaga solinadi. Ustiga 1% li ammoniy karbonat (NH4)2CO3 eritmasidan 100 ml quyiladi. Kolba 5 minut chayqatiladi va 18-20 soat tinch qoldiriladi. So’ngra filtrlanadi va filtratdan 10 yoki 20 ml olib kolbaga o’tkaziladi (100 ml li o’lchov kolbaga), unga 2 tomchi betadinitrofenol tomiziladi; ustidan 10% li sulfat kislotadan kuchsiz och sariq rangga o’tguncha quyiladi va 2 ml molibden reaktividan quyib, o’lchov kolbasining belgisigacha suv to’ldiriladi, hamda qalay xlorid eritmasidan 0,5 ml tomiziladi. 5 minutdan so’ng aralashma qizil rangli svetofiltr orqali kalorimetrlanadi.
Agarda filtrat rangli bo’lsa, filtratdan 10-20 ml olib 100 ml li o’lchov kolbaga o’tkaziladi, unga 2 ml 15:100 nisbatdagi sulfat kislota quyiladi va 4 ml 0,5n kaliy permanganat eritmasidan solinadi, so’ng suyuqlik 2-3 minut qaynatiladi. Organik modda yuqori haroratda kislotali muhitda kaliy permanganat ta’sirida parchalanadi (kilorod ajralib chiqib, eritma rangsizlanadi):
2KMnO4 = K2O + 2MnO +5O
Ortiqcha kaliy permanganatni neytrallash maqsadida qaynoq eritmaga glyukozaning 10% li eritmasidan 1 ml quyiladi. So’ngra aralashma sovutiladi. Sulfat kislotani neytrallashda sovutilgan eritmaga 3 tomchi indikator betadinitrofenol tomiziladi, so’ngra och sariq rang hosil bo’lguncha sodaning 10% li eritmasidan qo’shiladi. Keyin unga 2ml molibden reaktivi qo’shib, o’lchov kolbasining belgisigacha suv to’ldiriladi hamda qalay xlorid eritmasidan 0,5 ml tomiziladi, aralashma havo rangga bo’yaladi. Aralashma kalorimetrda tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |