Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin?


Download 271.89 Kb.
bet3/3
Sana26.11.2020
Hajmi271.89 Kb.
#152545
1   2   3
Bog'liq
эссе едер


Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin?

Ushbu jamg‘armaning tuzilishi birinchi navbatda, pandemiya bilan kurashish xarajatlarini moliyalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Kasallikni aniqlash, davolash kabi xarajatlar bilan birga tibbiyot xodimlariga moddiy rag‘batlantirishni o‘zida aks ettiruvchi xarajatlarni qoplash nazarda tutiladi.



Fikrimizcha, ushbu holat davlatning ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotganligi va uni samarali amalga oshirayoganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ushbu farmon doirasida makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda kam ta’minlangan aholi qatlamlariga moddiy yordam berish hajmini oshirish orqali ichki iste’molni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlash nazarda tutilganligi bu sohadagi salbiy oqibatlarni yumshatishi bilan ahamiyatlidir.



  • Eksport bilan shug‘ullanuvchilarning ayrim xarajatlarini to‘lab berilishi, ushbu turdagi korxonalarning to‘lovga qobilligini saqlashga yordam berilishi;

  • iqtisodiy qiyinchilikka uchrayotgan korxonalarga uch yilgacha byudjet ssudalari berilishi;

  • to‘lovsizlikning makroiqtisodiy multiplikatsion ta’sirini oldini olishi kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

Ijtimoiy soliq va shu kabi soliq, boshqa majburiy to‘lovlarning kechiktirilishi yoki ma’lum foizda kamaytirilishini joriy etilishi tadbirkorlarga barqaror “moliyaviy ta’til”ga chiqishini anglatadi. Natijada, makroiqtisodiy talab va taklif muvozanatiga erishishga sharoit yuzaga keladi.

Bir so‘z bilan aytganda, favqulodda yuzaga kelgan virusning ta’sirini kengayib ketmasligi uchun o‘z vaqtida choralarni, jumladan, iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatishga va bartaraf etishga to‘liq shart-sharoit yaratib beradi, deb hisoblaymiz.





Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan rasmiy telgeram kanali 2020 yil 2 aprel soat 20:40da e’lon qilingan “Oylik daromadsiz qolsangiz, jamg‘armangiz qancha vaqtga yetadi?” nomli so‘rovnomada 467000 dan ortiq (o‘zbek tilida 312000, rus tilida 155000)dan ortiq insonlar ishtirok etgan. Javob berganlarning 40 foizga yaqini “jamg‘armam yo‘q” deb javob bergan. Xulosa qilib aytganda, uzoq muddatli davrda iste’molni ta’minlash dolzarb vazifa ekanligi ko‘zga tashlanadi.



Umuman olganda, 2019 yildan boshlab aholining sotib olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan choralarning qo‘llanganligi, xususan, daromad solig‘i tushirilganligi o‘zining ijobiy tasdig‘ini topdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda epidemik holat natijasida aholining iste’moli ayrim xarajatlari vaqtinchalik qisqarishi natijasida aholi daromadlarining iste’mol muddatini oshirishga yordam berishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotni yanada liberallashtirilishiga qaratilgan islohotlar, 2020 yilgi Parlamentga Murojaatnomada ham ta’kidlab o‘tilganganidek, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalarni rivojlantirilishi alohida ahamiyatga ega.
Download 271.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling