Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
3
1 2 4 164 4 – Tushirib qoldirilgan harf yoki belgi uchun mos variantlar. Bu dastruning mazmuni shundan iboratki o‘quvchi dastur oynasidagi hikoyada tushirib qoldirilgan harf yoki belgilarni o‘rniga oynaning pastki qismida keltirilgan variantlardan birini tanlab qo‘yadi. Yuqoridagi misolimizda hikoyada 7 ta belgi tushirib qoldirilgan shu belgilarni qo‘yib chiqish zarur bo‘ladi. Keltirilgan misollar aniq muallifili manbalar asosida keltirlgani uchun o‘quvchida dasturning to‘g‘ri ishlashiga shubha qoldirmaydi. Berilgan matndagi tushirib qoldirilgan barcha belgilarni qo‘yib chiqqanimizdan so‘ng, 2-rasmdagi oynanaing yuqori o‘ng tomonida tugmasi paydo bo‘ladi. 2-rasm. Tugmani bosganimizda esa 3-rasmdagi natijani ko‘ramiz. 3-rasm. 165 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ўзбекистон Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. 2. http://www.findsoft.ru/. AutoPlay Media Studio 7.0 – быстрое создание мультимедиа-приложений. MS EXCEL DASTURIDA BUYRUQLARNI AVTOMATLASHTIRISH Ilyasova Sh. - Sergeli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi Office dasturlaridan foydalanish jarayonida, bitta ishni qayta-qayta takrorlash lozim bo'lsa, u holda bu ishni bitirishni tezroq yo'li, bu makroslardan foydalanishdir. Avvalo, makrosni o'zi nima?- degan savolga to'htalamiz. Makros - Office dasturlarini, shu jumladan Excel2013 dasturini ichida ishlovchi, hamda foydalanuvchi bajarishi mumkin bo'lgan ishni avtomatlashtirib beruvchi buyuruqlar to'plami hisoblanadi. Makrosdagi buyuruqlar VBA (Visual Basic for Applications) dasturlash tilida yoziladi. VBA dasturlash tili Microsoft korhonasi tomonidan Office dasturlari ichida ishlash uchun ishlab chiqilgan bo'lib, unda makros yozib olishni o'ziga yarasha qulayliklari va kamchiliklari mavjud. Makros yaratishni ikki hil usuli mavjud. Birinchi usulida makros yaratish uchun: "Разработчик" (Yaratuvchi) bo'limidan "Запись макроса" (Makrosni yozish) tugmasini bosishimiz bilan makros Excelda bajarayotgan ishlarni yozib olishni boshlaydi. Misol uchun, sichqonchani qayerga bossak, kataklar bilan qanday ishlarni amalga oshirsak va shu kabi bajaradigan ishlarni VBA dasturlash tilidagi buyuruqlar ko'rinishiga o'girib yozib oladi. Ikkinchi usulida esa VBA dasturlash tilidagi buyuruqlarni o'zimiz kiritib makros tuzamiz. Makrosni yozib olib ishlatish jarayonida biron-bir joyini o'zgartirmoqchi bo'lsak, u holda VBA dasturlash tilini bilishingiz kerak bo'ladi. Makros yozib olishni yana bir afzalligi, biron-bir ishni VBA dasturlash tilida qanday bajarishni bilmasak, uni makrosni yozib olib natijadagi kodni bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Endi birinchi usulda makros yaratishni ko'rib chiqamiz. Yuqorida aytib o'tilganidek bunda "Разработчик" (Yaratuvchi) bo'limidan foydalaniladi. Odatda bu bo'lim menyu satrida ko'rinmaydi, uni ro'yhatga qo'shish uchun fayl menyusidan "Параметры" tugmasi bosiladi va ochilgan muloqot oynani chap tarafidan "Настройка ленты" (sozlash bo'limi) tanlanadi. Shunda o'ng tomonda menyudagi bo'limlar ko'rsatiladi. Ushbu oynadan "Разработчик" (Yaratuvchi) bo'limi tanlangan holda "Ok" tugmasi bosiladi. Natijada menyular qatorida "Разработчик" bo'lim hosil bo'ladi. Makrosni yozish uchun "Запись макроса" (Makros yozish) tugmasi tanlanadi va quyidagi oyna namoyon bo'ladi. Ushbu oynada "Имя макроса" (Makros nomi) qatoriga yangi makrosning nomi beriladi (makrosni nomi berilayotganda unda bo'sh joy bo'lmasligi kerak). Masalan "VaroqniBerket" deb nom berish mumkin. Makrosni har safar bajarilishi uchun, uni biror tugmaga qo'yishingiz mumkin. Bunda "Сочетание 166 клавиш" (Tugmalar birikmasi); ya'ni Ctrl tugmasi bilan biror tugmalar birgalikda bosilsa makros ishlab ketadi. Kursorni shu katakka qo'yib Shift bilan biror belgini, masalan E tugmasini tanlang. "Сочетание клавиш" qatorida yangi makrosni saqlanish joy belgilanadi. Agar shu qatorda "Это книга" (Bu kitob) nomi qoldirilsa, makros shu fayl ichida saqlanadi. Bundan tashqari "Lichnaya kniga makrosov" (Shahsiy makros) yangi makroslar saqlanuvchi fayl tuzish mumkin. Bunda boshqa Excel fayllardagi ishlatiladigan makroslar ham saqlab qo'yiladi. Faylda o'zingizni makroslaringizni saqlash imkoniyati mavjud. Excel yuklanganda bu fayl ham yuklanadi. "Novaya kniga" (Yangi kitob) qatori tanlansa, makros uchun yangi fayl tuziladi. Yuqoridagi oynani "Opisanie" (Tavsif) bo'limiga 'esa yaratayotgan makros nima ish qilishini yozib qo'yish kerak bo'ladi. Bizning misolimizda "Varoqni yopadi" deb yozib qo'yish mumkin. Shundan so'ng "OK" tugmasi tanlansa, makros yozish boshlanadi. Makrosni yozishni boshlaganini kod bo'limidagi "Ostanovit' zapis'" (Yozish to'htatish) tugmasi ishlab turganidan ham bilish mumkin. Makros yozishdan avval bu tugmada "Zapis' makrosa" (Makros yozish) yozuvi turgan 'edi. Demak, Excelda bajariladigan har qanday ishlar makrosga yozilishi bilan birga VBA tilidagi kod ko'rinishida ham yozib boriladi. hujjatdagi birinchi varoqni berkitishni avtomatlashtirib qo'yish mumkin. Buning uchun "List 1" varogʻida sich?onchaning o'ng tugmani bosib, "Skrit'" (Berkit) buyruqini tanlab makrosni yozib olishni to'htatamiz. Buning uchun yuqoridagi "Ostanovit' zapis'" (Yozish to'htatish) tugmasini yoki Excel oynacini holat qatoridagi "Ostanovit' zapis'" (Yozishni to'htatish) tugmasini bosish orqali makros yozish jarayoni to'htatamiz. Shundan so'ng berkitilib qo'yilgan "List1" varoq yana joyiga qo'yiladi. Buning uchun o'ng tugma bosib "Pokazat'" (Ko'rsatish) bo'limi tanlanadi va ochilgan oynadan ko'rsatish kerak bo'lgan varoq nomi tanlanib "OK" tugmasi bosiladi. Yaratilgan makrosni ishlatish uchun yuqorida aytib o'tkanimizdek, [Ctrl]+[shift]+[E] tugmalar birgalikda bosiladi. Agar makros bajarilmasa, berilgan tugmalar Excelning biron bosh?a buyruqiga belgilanib ?o'yilgan bo'ladi, u holda makros parametri o'zgartiriladi. Buning uchun makros oynasidan "Parametrы" tugmasi orqali o'zgartirish imkoniyati mavjud. Bu ishlarni tamomlab, tugmalar birgalikda bosilsa makrosni ishlashini kuzatish mumkin. Shu bilan makros yaratish jarayoni tugaydi. Makrosni ishlatib yuborishni hujjatdagi biron-bir ob'ektni bosishga ham bogʻlab qo'yish mumkin. Buning uchun "Vstavka" menyusidan "Nadpis'" ob'ektni joylashtiramiz va "Varo?ni yashir" degan matn kiritib, ob'ektni tugmacha ko'rinishiga keltiramiz. Ob'ektni tanlagan holda "Format" menyusidagi "Stil figur" (Shakl uslubi) satridan biron-bir tugmachaga o'hshash uslubni tanlab, ob'ektni tugma ko'rinishiga olib kelamiz, shundan so'ng ob'ektni sich?oncha bilan bosilishiga makrosni belgilab qo'yish kerak bo'ladi. Buning uchun ob'ektning ustida o'ng tugmani bosib, "Naznachit' makros" (Makrosni belgilash) bo'limini tanlaymiz. Natijada makroslar ro'yhati hosil bo'ladi. Ushbu oynadan makrosini nomini tanlab "OK" tugmasi bosamiz. E'ndi kursorni boshqa kattaka olgan holda, ob'ektni ustiga olib borilsa, kursor ko'rinishi qo'l shakliga o'zgarishini ko'rinish mumkin. Uni bosishdan oldin yashiringan varoqni ko'rsatib ?o'yish kerak bo'ladi. (Varoq nomi ustida o'ng tugma bosilib "Pokazat'" (Ko'rsatish) buyruqi tanlanadi, varoqni nomi ko'rsatiladi va "OK" tugmasi bosiladi). Yaratilgan 167 "Varoqni yashir" ob'ekti tanlamiz makrosni ishlashini ko'ramiz, ya'ni "List1" varogʻi yashirinadi. Yuqorida Microsoft Office 2013 dasturlaridan biri Excel dasturida makroslar yaratishni 'elementi bilan tanishib chiqdik va ba'zi bir masalalarni hal 'etishda ya'ni bir nechta buyruqlarni bir tugma bilan amalga oshirishni makroslar yordamda bajarsak yahshi natija beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling