Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Профессор М. Мадиримов таваллудининг 70 йиллигига бағишланади


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#252764
1   2   3   4   5
Bog'liq
4898-Текст статьи-13124-1-10-20201028

Профессор М. Мадиримов таваллудининг 70 йиллигига бағишланади 

 

55 


- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi 

kasbiy tafakkurni shakllantirish; 

- o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini 

egallash; 

-  o‘qituvchilarning  kasbiy  faoliyatlariga-yaqinlashtirilgan  uslublar  tizimi 

sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash. 

Shu bilan birga o‘quv  jarayonini  oldindan  loyixalashtirish  zarur.  Bu  jarayonda 

o‘qituvchi  o‘quv  prelmetining  o‘ziga  xos  tomonini,  joy  va  sharoitni,  eng  asosiysi, 

o‘quvchilarning  imkoniyati  va  extiyojini  va  hamkorlikdagi  faoliyatni  tashkil  eta 

olishini hisobga olishi kerak. Qisqacha aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib 

chiqish  kerak.  O‘qituvchilar  o‘zlari  o‘qitayotgan  o‘quvchilarining  ruhiyatlariga  mos 

ravishda  muloqotda  bo‘la  olish,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  egallash  va 

o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llay olishi kerak. Tinglovchilarda zamonaviy pedagogik 

texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, 

«Aqliy  hujum»,  «Tarmoqlar»  (Klaster)  usullari,  «Bumerang»,  «Kichik  guruhlarda 

ishlash», «Charxpalak», «Rezyume» va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga 

ega bo‘lishlari va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘llay olishlari lozim. O‘qituvchi 

tomonidan  har  bir  darsni  yaxlit  xolatda  ko‘ra  bilish  va  uni  tassavvur  etish  uchun 

bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchi uchun bo‘lajak 

darsni  texnologik  xaritasini  tuzib  olish  katta  ahamiyatga  egadir,  chunki  darsning 

texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning 

xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. 

Har  bir  darsning  rang-barang,  qiziqarli  bo‘lishi  avvaldan  puxta  o‘ylab  tuzilgan 

darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Texnologik  xarita qanday 

tuzilgan  bo‘lmasin,  unda  dars  jarayoni  yaxlit  xolda  aks  etgan  bo‘lishi  hamda  aniq 

belgilangan  maqsad, vazifa va  kafolatlangan  natija, dars  jarayonini tashkil  etishning 

texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling