Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 0.53 Mb.
bet1/31
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1145805
TuriДиплом
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ҚТ мажмуа пед.мах


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ЎРТА МАХСУС, КАСБ-ҲУНАР ТАЪЛИМИ МАРКАЗИ


ЎРТА МАХСУС, КАСБ-ҲУНАР ТАЪЛИМИ ТИЗИМИ
КАДРЛАРИ МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ВА УЛАРНИ
ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ИНСТИТУТИ
Педагогик технологиялар” кафедраси
ПЕДАГОГИК МАҲОРАТ”
модули бўйича

ЎҚУВ-УСЛУБИЙ МАЖМУА


(Педагогик маълумоти бўлмаган бакалавр ёки дипломли мутахассис даражасидаги, таълим тизимида фаолият олиб бораётган кадрларни қайта тайёрлаш курси учун)



ТОШКЕНТ - 2017


Мазкур “Педагогик маҳорат” модулидан ўқув-услубий мажмуа педагогик маълумоти бўлмаган бакалавр ёки дипломли мутахассис даражасидаги, таълим тизимида фаолият олиб бораётган кадрларни қайта тайёрлаш курси ўқув режаларига мувофиқ ишлаб чиқилган.


Ишлаб чиқувчилар: п.ф.н., доц. О.А.Абдуқудусов,
катта ўқитувчи Ш.А.Мирзахмедова

Тақризчилар: п.ф.д. Ш.Т.Халилова
п.ф.н. доц. О.У.Авлаев

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI TIZIMI


KADRLARI MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI
QAYTA TAYYORLASH INSTITUTI
“Pedagogik texnologiyalar” kafedrasi
“PEDAGOGIK MAHORAT”
moduli bo‘yicha
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

(Pedagogik ma'lumoti bo‘lmagan bakalavr yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlarni qayta tayyorlash kursi uchun)

TOSHKENT - 2017

Mazkur “Pedagogik mahorat” modulidan o‘quv-uslubiy majmua pedagogik ma'lumoti bo‘lmagan bakalavr yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlarni qayta tayyorlash kursi o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan.


Ishlab chiquvchilar: p.f.n., dots. O.A.Abduqudusov,
katta o‘qituvchi Sh.A.Mirzaxmedova
Taqrizchilar: p.f.d. Sh.T.Xalilova
p.f.n. dots. O.U.Avlayev

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI
«TASDIQLAYMAN» O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari ___________ X.F. Zikrillayev “___”___________2017 y
PEDAGOGIK MAHORAT
moduli bo‘yicha
ISHCHI O‘QUV DASTUR

Ta'lim turi: Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash


Ta'lim shakli Asosiy ish joyidan ajralgan holda
Tinglovchilar toifasi: Pedagogik ma'lumoti bo‘lmagan bakalavr yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlar
TOSHKENT - 2017
Mazkur ishchi o‘quv dastur o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining pedagogika yo‘nalishidan boshqa oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan kadrlarini pedagogik qayta tayyorlash kursining namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Tuzuvchilar: “Pedagogik texnologiyalar” kafedrasining dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi O.A.Abduqudusov


“Pedagogik texnologiyalar” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh.A.Mirzaxmedova
Taqrizchilar: O‘MKHTTKMO va UQTI. «boshqaruvda ijtimoiy psixologiya» kafedrasi mudiri, p.f.d. Sh.T.Xalilova
Toshkent Davlat Agrar Universiteti «O‘zbek tili, pedagogika va psixologiya» kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi O.U.Avlayev

Ishchi o‘quv dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ilmiy kengashining 2016 yil 30 dekabridagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan.


Ilmiy kengash raisi: p.f.d., prof. Sh.E.Qurbonov
I. Tushuntirish xati
Mazkur ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to‘g‘risida nizom, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirshga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 1761-sonli qarori va shu qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori, O‘MKHTM 2015 yil 4 dekabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga ishtirok etishlari ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” gi 371-sonli hamda 2015 yil 4 dekabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari guruh rahbarlari va ota-onalar kengash faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 370-sonli va 2015 yil 6 maydagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining metodik xizmati to‘g‘risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” gi 134-sonli buyruqlari talablaridan kelib chiqqan holda pedagogik ma'lumoti bo‘lmagan ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning pedagogik qayta tayyorlash kursi namunaviy o‘quv dasturiga binoan ishlab chiqilgan.
Dasturining maqsadi - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi pedagog kadrlarining pedagogik mahorati va nutq madaniyati mohiyati, mazmuni, tarkibiy qismlari, nutq texnikasi, pedagogik ta'siri kabi malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Dasturning vazifalari:
- Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik mahorat talablari asosida faoliyat yuritish zarurligi bilan tanishtirish.
- Pedagogik mahorat elementlari bilan tanishtirish hamda pedagogik faoliyatda ularni qo‘llay bilishga o‘rgatish.
- Pedagogik texnika elementlari bilan tanishtirish, uni egallash yo‘llarini amalda ko‘rsatish.
- Nutq madaniyati, ko‘rinishlari, uslublari xaqida ma'lumot berish.
- Nutq texnikasi bo‘yicha ma'lumotlar berish va uni takomillashtirshga oid mashqlarni bajartirish.
- Notiqlik san'ati, undan foydalanish, yo‘l qo‘yiladigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash.
“Pedagogik mahorat” o‘quv modulini o‘zlashtirgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi pedagog kadrlari, keyinchalik maxsus tayyorgarlik modullarini o‘rganishlariga zamin yaratgan bo‘ladi.
Ushbu modulli o‘quv dasturi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagogik ma'lumoti bo‘lmagan mutaxassis kadrlarni pedagogik qayta tayyorlash jarayonida qo‘llaniladi.
Ushbu o‘quv modulida tinglovchining o‘quv yuklamasi 16 soat bo‘lib, shundan:
Jami auditoriya o‘quv yuklamasi -12 soat;
Jumladan: Nazariy mashg‘ulotlar -6 soat;
Amaliy mashg‘ulotlar -6 soat;
Mustaqil tayyorgarlik -4 soat
II. MODULNING NOMI VA MAQSADI
2.1.Modul nomi: Pedagogik mahorat
2.2.Modulning maqsadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi pedagog kadrlarining pedagogik mahorat, nutq madaniyati mohiyati, mazmuni, tarkibiy qismlari, nutq texnikasi, pedagogik ta'siri kabi malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish qobiliyatini takomillashtirishdan iborat.
2.3. Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar modul yakunida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim:
Bilimlar Ko‘nikma va malakalar
Pedagogik mahorat mazmuni, tarkibiy elementlarini bilib oladilar. Pedagogik mahoratning prinsiplarini ta'lim-tarbiya jarayonida tatbiq eta oladilar.
Pedagogik texnikaning tarkibiy elementlarini farqlay oladi. Pedagogik texnikani egallash yo‘llarini amalda ishlab chiqadi.
Nutq madaniyati, texnikasi, til va nutq qiyosi, notiqlik san'ati bo‘yicha bilimlar takomillashadi. Nutq texnikasi bo‘yicha mashqlarni mustaqil bajara oladi.

2.4. Modul bo‘yicha soatlar taqsimoti:


№ Mavzular va ularning mazmuni O‘quv yuklamasi, soat
hammasi Auditoriya o‘quv yuklamasi mustaqil tayyorgarlik
jami jumladan
nazariy amaliy mashg‘ulot ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish
1. Pedagogik mahorat o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, tamoyillari. 2 2 1 1
2. Pedagogik mahorat elementlari. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. 3 2 1 1 1
3. Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagogik muloqot vazifalari. 2 2 1 1
4 Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. Til va nutqning kiyosiy tahlili. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. 3 2 1 1 1
5 Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh bo‘yicha mashqlar. 3 2 1 1 1
6 Notiqlik san'ati, undan foydalanish, yo‘l qo‘yiladigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash. 3 2 1 1 1
Jami 16 12 6 6 4

2.5.Nazariy mashg‘ulot mavzulari


№ Modul birliklari nomi va tarkibi Soatlar miqdori
1 Pedagogik mahorat o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, tamoyillari. 1. Pedagogik mahorat tushunchasining mohiyati, maqsadi, vazifalari. 2. Pedagogik mahorat prinsiplari 1
2 Pedagogik mahorat elementlari. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. 1.Pedagogik mahorat komponentlari. 2.Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. 1
3 Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagogik muloqot vazifalari. 1.Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. 2.Pedagogik muloqot vazifalari. 1
4 Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. Til va nutqning kiyosiy tahlili. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. 1. Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. 2. Til va nutqning kiyosiy tahlili. 3. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. 1
5 Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh bo‘yicha mashqlar. 1. Nutq texnikasining tuzilishi. 2. Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh. 1
6 Notiqlik san'ati, undan foydalanish, yo‘l qo‘yiladigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash. 1. Notiqlik san'ati va undan foydalanish. 2. Notiq yo‘l qo‘yadigan ba'zi kamchiliklar. 1

2.6.Amaliy mashg‘ulot mavzulari


№ Modul birliklari nomi va tarkibi Soatlar miqdori
1 Pedagogik mahorat o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, tamoyillari. 1.Pedagogik mahorat tushunchasining mohiyati, maqsadi, vazifalari. 2.Pedagogik mahorat prinsiplari 1
2 Pedagogik mahorat elementlari. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. 1.Pedagogik mahorat komponentlari. 2.Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. 1
3 Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagogik muloqot vazifalari. 1.Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. 2.Pedagogik muloqot vazifalari. 1
4 Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. Til va nutqning kiyosiy tahlili. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. 1.Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. 2.Til va nutqning kiyosiy tahlili. 3.O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. 1
5 Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh bo‘yicha mashqlar. 1.Nutq texnikasining tuzilishi. 2.Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh. 1
6 Notiqlik san'ati, undan foydalanish, yo‘l qo‘yiladigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash. 1.Notiqlik san'ati va undan foydalanish. 2.Notiq yo‘l qo‘yadigan ba'zi kamchiliklar. 1
2.7. Mustaqil ish mavzulari
№ Modul birliklari nomi va tarkibi Soatlar miqdori
1 Pedagogik mahorat elementlari. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. 1
2 Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. Til va nutqning kiyosiy tahlili. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. 1
3 Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh bo‘yicha mashqlar. 1
4 Notiqlik san'ati, undan foydalanish, yo‘l qo‘yiladigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash. 1
III. MODUL MAZMUNI
3.1. Nazariy ta'lim mazmuni
Pedagogik mahorat o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, tamoyillari. Pedagogik mahorat tushunchasining mohiyati, maqsadi, vazifalari. Pedagogik mahorat prinsiplari: ta'limga tizimli yondashish, faol kommunikativ muloqot va munosabatlar, estetik his-tuyg‘ularning rivojlanganligi va boshqalar.
Pedagogik mahorat elementlari. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari. Pedagogik mahorat elementlari: o‘qituvchining gumanistik yo‘nalganligi, pedagogik bilimlar, pedagogik qobiliyatlar va pedagogik texnika. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari, individual dastur ishlab chiqish va unga rioya qilish.
Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagogik muloqot vazifalari. Pedagogik ta'sir va uning turlari. Pedagogik muloqotning vazifalari, pedagogik muloqot jarayonini modellashtirish.
Nutq madaniyatining ko‘rinishlari, egallash yo‘llari haqida tushuncha. Til va nutqning kiyosiy tahlili. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. Nutq madaniyati, ko‘rinishlari, haqida tushuncha.Til va nutqning qiyosiy tahlili. O‘zbek adabiy til me'yorlarini tasniflash. Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari. Nutq uslublari.
Nutq texnikasi va uni takomillashtirsh bo‘yicha mashqlar. Nutq texnikasi: diksiya, tembr, ohang, tembr va shu kabilar ustida ishlash, orfoepik mashqlar.
Notiqlik san'ati, undan foydalanish, yo‘l qo‘yiladigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash. Notiqlik san'ati tuzilmasi, ma'ruzaga tayyorlanish va chiqish, notiq yo‘l qo‘yadigan ba'zi kamchiliklar.

3.2. Amaliy mashg‘ulot mavzulari


O‘quv mashg‘ulotlari seminar-trening shaklida olib boriladi. Bunda nazariy mashg‘ulotlar amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda qo‘shilgan (binar) holatda olib boriladi. Nazariy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, muammoli ma'ruza, taqdimot, savol-javob, bahs-munozara kabi metodlardan foydalaniladi. Nazariy mashg‘ulotda monitor yordamida Microsoft Word yoki Power Point taqdimot dasturida tayyorlangan materiallar: yozuv taxtasi va flipchat taxtasi kabilardan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlar “Kichik guruhlarda ishlash”, “Muammoli vaziyat”, “Manbalar bilan ishlash”, “Davra suhbati” kabi metodlardan foydalaniladi. Mustaqil ishlash jarayonida maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalari o‘zlariga berilgan mavzularga tayyorlanib, o‘zlarining faoliyat sohalariga oid amaliy xarakterdagi ishlanmalar ishlab chiqadilar va taqdimot etish metodikasi sir-sinoatlarini egallaydilar.
3.3. Mustaqil ish mavzulari
Pedagogik texnikani egallash yo‘llari bo‘yicha individual dastur ishlab chiqish va unga rioya qilish, pedagogik muloqot jarayonini modellashtirish, nutq uslublarini farqlash, nutq texnikasi va uni takomillashtirish bo‘yicha mashqlarni bajarish, notiq yo‘l qo‘yadigan ba'zi kamchiliklar ustida ishlash.
IV. Nazorat savollari
1. Ta'lim-tarbiya jarayoninida pedagogik mahoratning ahamiyati qanday?
2. Pedagogik mahorat komponetlaridan qaysilarini bilasiz va amalda qo‘llay olasiz?
3. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lish omillari qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
4. Pedagogik texnika deb nimaga aytiladi va u qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
5. Pedagogik mahoratni qanday oshirish mumkin?
6. Pedagogik ta'sir haqida nimalarni bilasiz?
7. Pedagogik muloqot nima va u qanday vazifalarni bajaradi?
8. Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
9. Til va nutq nimasi bilan farqlanadi?
10. O‘zbek adabiy til me'yorlariga nimalar kiradi?
11. Nutqning qanday uslublari mavjud?
12. Nutq texnikasiga nimalar kiradi?
13. Notiqlik san'ati o‘qituvchiga nima uchun kerak?
14. Notiq qanday xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin?

V. O‘qitish vositalari


kompyuter majmuasi, monitor, flipchart, taqdimot slaydlari, doska, majmua, markerlar, magnitlar, A2, A3, A4 qog‘ozlari.

VI. Adabiyotlar ro‘yxati


6.1. Asosiy adabiyotlar:
1.I.A.Karimov “Istiklol va ma'naviyat” Toshkent. O‘zbekiston 1994 y.
2.Ochilov M, Ochilova M. O‘qituvchi odobi. - Toshkent, O‘qituvchi, 1998.
3.T.Qudratov Nutq madaniyati asoslari. T. O‘qituvi1993y.
4.P. Nosirov. O‘zbek nutq madaniyati Toshkent 2004y.
5.N.N. Azizxo‘jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent 2006y.
6.R.Qo‘ngurov., Ye.Begmatov., Yo.Tojiyev. Nutq madaniyati va uslubiy asoslari. T., O‘qituvchi 1992
7.Abduqudusov O.A. Kasb-hunar pedagogikasi. Darslik.- Toshkent O‘MKHTTKMO va UQTI 2014- 310b.
8.O.A.Abduqudusov, D.N.Razzoqov, B.S.Nuridinov O‘quv rejalashtirish xujjatlarini ishlab chiqish va yuritish. Metodik qo‘llanma. Toshkent O‘MKHTTKMO va UQTI 2014- 90 b.
9.H.Abdukarimov Dars tahlili va uning metodikasi. Toshkent, «Mumtoz so‘z», 2010.-40 b.
10.S.Ashurova, F.Mirzayeva, A.Alimov Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi: Metodik qo‘llanma Toshkent 2016 .4,5 b.t.
11.S.Ashurova «Innovatsion ta'lim texnologiyalari» o‘quv qo‘llanma 2016y.
12.NuridinovB. «O‘MKHTning huquqiy, o‘quv-me'yoriy hujjatlari bilan ishlash» o‘quv-metodik qo‘llanma 8,5 b.t. 2016y.
13.Abduqudusov O. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi asoslari savol javoblarda Metodik qo‘llanma 2016y. 336 b.
14.D.N.Razzoqov, Sh.A.Mirzaxmedova Pedagogik mahorat, texnologiya va madaniyat Uslubiy qo‘llanma O‘MKHTTKMOUQTI. Toshkent, 2015 yil. 59 bet.
15. Norqul Bekmirzayev Notiq, nutq, xulq Toshkent «Navro‘z» nashriyoti 2015y.96 b.

Qo‘shimcha adabiyotlar:


1.M. Xojimatova Saxna nutqi T., “Yangi asr avlodi” 2011y.
2.Ziyomuhammedov B. Ma'rifat asoslari. - Toshkent, Chinor ,TR, 1998.
3.Bajenova I. N. “Pedagogik izlanish”. Toshkent. O‘qituvchi. 1990 y.
4.Zyazyun I.A Pedagogicheskoye masterstvo M.1989 y.
5.www. Inter. Pedagogika. ru.
6.www. School. edu. ru.
7.www. Ppsy. ru.
8.www. Bank/referat. Ru
9.www.ise. Iip. Net.
10.www. Pedagog. uz.
VII. “Pedagogik mahorat va nutq madaniyati” modulidan Axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan darslik, o‘quv qo‘llanmalar, tavsiyanomalar haqida
MA'LUMOT
№ Adabiyot nomi, mualliflar Nashriyot nomi va yili Soni UDK raqami
1 B.Ziyomuxammadov Pedagogik mahorat asoslari T.“TID-KITOB” 2009y. 1
2 N.T.Omonov, N.X.Xo‘jayev, S.A.Madiyarova, Ye.U. Eshchonov Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Toshkent “iqtisod-moliya” 2009y. 1
3 X.Abdukarimov, O.Suvonov Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv-metodik qo‘llanma Toshkent “MUMTOZ SO`Z” 2010y. 1
4 Yu.A.Axrorov Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. Samarqand 2002y. 1

Ma'ruzalar matni


Mavzu:Pedagogik mahorat o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, tamoyillari.
Reja:
1.Pedagogik mahorat tushunchasining mohiyati, maqsadi, vazifalari.
2.Pedagogik mahorat prinsiplari

1.1.Pedagogik mahorat tushunchasining mohiyati, maqsadi, vazifalari.


“Pedagogik mahorat o‘quv”predmetining vujudga kelishi buyuk pedagog A. S. Makarenko (1888-1939) nomi bilan bevosita bog‘liq. U bolalar koloniyasidagi faoliyatida "Insoniyat chiqindisining eng oxirgi sarqitlari", ya'ni faqat tarbiyachi emas, balki ma'naviy qiyofasini ham yo‘qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya xurmati va ishonchiga sazovor bo‘ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo‘lganligining o‘zi ham A. S. Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho‘qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. A. S. Makarenko asarlari jahondagi 104 mamlakatda 15 tilda nashr ettirilgan. Uning "Pedagogik poema"si Germaniyada 50 marta qayta nashr qilingan. Jazoirliklar bu asarni muqaddas kitoblar qatoriga kiritadilar. S. Makarenkoning jahon pedagogikasiga qo‘shgan buyuk xizmatlarini e'tiborga olib YUNESKO 1988 yilni uning 100 yilligi munosabati bilan "Makarenko yili" deb e'lon qildi va bu bayram keng nishonlandi.
A. S. Makarenko bo‘lajak pedagog-tahsil oluvchilik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o‘rganishi zarurligini ta'kidlab bunday deydi: "Nima uchun oliy texnik o‘quv yurtlarda materiallar qarshiligi o‘qitiladi-yu, pedagogik o‘quv yurtlarida tarbiya jarayonida, unga shaxsning qarshilik ko‘rsatishi haqidagi fan o‘qitilmaydi?" Buyuk pedagogning bu fikriga Poltava (Ukraina) pedagogika instituti olimlari (A. S. Makarenko bu dargohda ishlagan) juda katta ma'suliyat bilan qarashdi.
Ular bir necha yillar davomida A. S. Makarenko pedagogik mahorat maktabini, mavjud bo‘lgan ilg‘or pedagogik nazariy va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yilda "Pedagogik mahorat asoslari" fani yaratildi va u barcha oliy pedagogik o‘quv yurtlarda o‘qitila boshlandi.
Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi fanlarida har bir o‘qituvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha anchagina yo‘l-yo‘riq va tavsiyanomalar berilgan bo‘lsa, "Pedagogik mahorat asoslari" fanida pedagogik mahorat nimalarga bog‘liq va unga qanday qilib erishiladi, mahoratli pedagog bo‘lish uchun nimalarga e'tibor berish zarur, kabi savollarga javob topasiz.
Bu fan tuzilish prinsipining o‘ziga xosligi shundaki, u muhandis-pedagogda shaxs va jamoaga ta'sir eta olishni ta'minlaydigan va turli fanlarga bog‘liq bo‘lgan bilimlarni tinglab, ularni o‘zida mujassamlantiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati tahsil oluvchiga ta'sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san'ati haqidagi ma'lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o‘rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
YUqoridagilardan kelib chiqib "Pedagogik mahorat" o‘quv predmetining maqsadi tinglovchilarda pedagogik jarayonni mustaqil, yuqori saviyada tashkil etish va o‘z faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishish malakalarini shakllantirish bo‘lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal etish, muallim shaxsida quyidagi xislatlarni tarkib toptirish bilan bog‘liq:
· insonparvarlik xislatlarini rivojlantirish;
· kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish;
· kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondoshish xislatlarini tarkib toptirish;
· pedagogik takt va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;
· nutq texnikasini, o‘z tovush va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish.
Pedagogik mahorat-bu pedagogik (o‘quv tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashqil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.
Pedagogik mahorat sirlarini egallashda sizga omad tilaymiz.

1.2.Pedagogik mahorat prinsiplari


Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob'yekt va sub'yekt va vositalardan tashqil topadi.
Eng avvalo, pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o‘zviyligini (ketma-ketligini) ta'minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad tahsil oluvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishishi osonlikcha bo‘lmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilish va maqsadga erishish tahsil oluvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olish zarur. Gyote ta'kidlaganidek, "Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilishi ham o‘z-o‘zidan kelaveradi".
3. Pedagogik (ta'lim, tarbiya) jarayonida tahsil oluvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo tahsil oluvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni tahsil oluvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. Tahsil oluvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Bunyodkor pedagoglardan biri Sh. A. Amonashvili bu nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyati mantig‘ini tahsil oluvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
¨ jamiyatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabo‘l qilishi. Jamiyat maqsadlarining "o‘sib", uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
¨ muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
¨ o‘quvchilar qiziqishlarini e'tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda bunga e'tibor berish zarur.
Endi pedagogik faoliyat ob'yektining o‘ziga xosligini ko‘rib chiqamiz. Bu faoliyatining ob'yekti insondir. Pedagog- tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik ob'yektining o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:
1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining individual sifatlari, ro‘y berayotgan voqyealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs-takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning ob'yekti bir paytning o‘zida bu faoliyatning sub'yekti bo‘lib hisoblanadi.
2. Pedagog doimo o‘zgarib, o‘sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O‘quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba'zan sezilmaydigan, ba'zan esa har tomonlama bir necha yo‘nalishda ta'sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta'sirlarga va tahsil oluvchining o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi. Masalan, diniy ekstremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to‘g‘ri anglashga undash va h. k. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi zarur.
Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi hamkorlik pedagogikasi bo‘lib, u kasb-xunar kollejidagi tarbiyaviy munosabatlarning insonparvarlashuvi va demokratlashuviga yo‘naltirilgan. Bunda o‘quvchilar faolligini oshirish, ularni pedagogik jarayonning ishtirokchisiga, o‘qituvchining esa uning mehribon ustoziga aylantirish muhimdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonunda ta'kidlanganidek, ta'lim jarayonining demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, mamlakatimiz ta'lim tizimini tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biridir.
Pedagogik faoliyatining sub'yekti-tarbiyalanuvchilarga asosan-pedagog, ota-ona va tahsil oluvchilar jamoasi ta'sir ko‘rsatadilar. O‘qituvchining shaxsi, bilimi va madaniyati tahsil oluvchilarga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy qurol bo‘lib hisoblanadi. Agar o‘quvchi pedagog shaxsini o‘ziga qabul qilmasa (unga hissiy yaqinlik his etmasa), uning ta'siriga berilmaydi, qaysarlik qiladi, uni xurmat qilmaydi. O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta'sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining ahloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. Pedagog tomonidan sodir etilgan arzimas bo‘lsa-da ahloqsizlik, uning tahsil oluvchilar o‘rtasida misqollab yig‘ilgan obro‘siga jiddiy putur yetkazishi muqarrar. O‘quvchilarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. A. S. Makarenko o‘zining tarbiyaviy tizimining markazi sifatida tahsil oluvchilarni unumli mehnatda ishtirok etishlarini qo‘yadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kasb-hunar kollejlari tahsil oluvchilarini maxsulot yaratuvchi mehnatga jalb qilib, uning natijasidan bahramand qilishda ham bu sistema yaxshi samara beradi. Donetsklik maktab o‘qituvchisi V. F. Shatalov tayanch signallardan unumli foydalangan. Chortoq tumanidagi kasb-hunar litseyi ishlab chiqarish ta'limi ustasi A. Holiqov pedagogik o‘yinlardan samarali foydalanib, tahsil oluvchilarga puxta kasbiy malaka berishga erishmoqda. Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Demak, har bir mohir pedagog o‘zining individual pedagogik tizimiga ega bo‘lishi zarur.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta'lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o‘z tahsil oluvchilarini turli o‘quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan tahsil oluvchilarda muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar va xulqni shakllantiradi.
Lekin, aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o‘qituvchilarning erishgan natijalari ham turlicha bo‘lishi aniqlangan. Buning ustiga, sinovdan o‘tkazilgan metodlardan foydalangan bo‘lsalarda, ayrim o‘qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o‘zlashtirish natijalariga ham erisha olmaganlar. Bunday o‘qituvchilar: "Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar mavqiy solish, qaysarlikni va dars tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?"- deb hayron bo‘ladilar. Gap shundaki, tahsil oluvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta'sir ko‘rsatadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, tahsil oluvchilar bilan muomilasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Lekin, odatda bo‘larning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta'siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali pedagog uning hatti-harakati tahsil oluvchilarga qanday ta'sir ko‘rsatatganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Bunday o‘qituvchilarning ilhombaxsh muammolaridan tahsil oluvchilarda o‘qishga intilish o‘zlarida yanada yaxshiroq o‘qishni uddalay olishiga ishonch hissi paydo bo‘ladi. Bu holda ta'lim va tarbiya metodlari pedagog shaxsida mujassamlangan sifatlarni amalga oshirish va undan tahsil oluvchiga axloqiy fazilatlarni o‘tkazish vositasiga aylanadi. Shuning uchun ham, pedagogik mahoratni o‘qituvchi shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni o‘qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishini e'tirof etish lozim.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha qismlardan tashqil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahoratni «pedagogik sistema» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta'riflanadi: «Pedagogik mahorat shaxs sifatlari majmui va o‘qituvchi tomonidan professional-pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda yuqori saviyada tashqil etishni ta'minlash bo‘lib, u pedagogni o‘z faoliyati mohirligining eng yuqori cho‘qqisiga erishganligini bildiradi». Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagogik mahorat-bu pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashqil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomnlama rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirish, tahsil oluvchilarda dunyoqarash qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimioiy zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir.
Muhandis-muallim pedagogik mahorati nazariyasini yaratishda Ural davlat professional-pedagogik universitet olimlari (Bezrukova V.S., Romantsev G.M., Tkachenko Ye.V., Zeyer E.F) munosib hissa qo‘shganlar. O‘zbekistonda bu masala bo‘yicha pedagog olimlardan Jo‘rayev R.X., Nishonaliyev U.N., Mirsaidov K.J., Choriyev E.T. va boshqalar samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Pedagogik mahorat yaxlit sistema sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltirilganligi; mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo‘lishi;
Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lishi (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash («yuzidan uqib olish»)); pedagogik texnikani egallashi, ya'ni o‘z-o‘zini boshqara olishi, o‘zaro ta'sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalashi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishga ega bo‘lishi-tahsil oluvchi shaxsini xurmat qilish, ayrim masalalarni-o‘zini tahsil oluvchi o‘rnida sezib hal etishi, adolatli bo‘lishi, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga - barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Ibn Sino ham o‘qituvchi shaxsida halollik, adolat, poklik, mehnatsevarlik, fidoiylik, odamgarchilik kabi xislatlarni qadrlagan.
Insonparvar bo‘lish mahoratli pedagog faoliyatining bircha jihatlarini qamrab oladi va uning aniq vazifalarini ham belgilab beradi. Quyidagi holatni tahlil qilaylik. Yosh o‘qituvchi bolalarni Temuriylar muzeyiga olib bordi, Lekin «Nima uchun Amir Temur haqida tahsil oluvchilarga so‘zlab berish kerak?»- degan savolga javob topolmaydi. Mahoratli pedagog esa, bu sayohatahamiyatini butunlay boshqacha tushunib, u tahsil oluvchilarda tariximizni bilish, uni ardoqlash, ulug‘ ajdodlarimiz borligi bilan quvonish va nihoyat milliy g‘urur vujudga keltirishda katta ahamiyatga ega ekanligi haqida to‘lqinlanib gapiradi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, ba'zan uning egallagan nuqtai nazarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, birinchi kurs tahsil oluvchilarini ertaga yana paxta terimiga olib chiqish kerak, Lekin tahsil oluvchilar: «Biz bormaymiz, chunki oldingi kunlarda tergan paxtamiz dalada chirib ketyapti, uni olib ketishmadi» - deb qaysarlik qilishadi. Pedagog tahsil oluvchilarning haqligini sezib tursada, «Yo‘q chiqishingiz shart, paxtani olib ketishi bilan ishlaring bo‘lmasin»- deb o‘z fikridan qaytmayapti.
Bunday nuqtai nazarda to‘rgan pedagogda odamiylik, insonparvarlik yetishmasligini yaqqol ko‘rish mumkin. U hamkorlikda harakat qilib, paxtani tezroq olib ketilishi haqida fikr yuritsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Professional bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashqil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan tahsil oluvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars berayotgan fanni, o‘ni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagog professional bilimlari mazmunini tashqil etadi. Professional-pedagogik bilimlarni o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishi va har bir tahsil oluvchida shaxsiy «ohang» kasb etishidir.
Professional bilimlar negizida pedagog hatti-harakati va xulqining asosini tashqil etuvchi pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir pedagog o‘z tajribasiga tayangan holda yaratadi, Lekin ularning qonuniyatlarini ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur. Buyuk pedagog A.Desterveg ta'kidlaganidek, «Ilmiy izlanishga intilmagan o‘qituvchi tavakkaliga ishlash, odiylik va soxtalik kabi pedagogikadan ozdiruvchi shaytonlar qa'riga mahkum bo‘ladi».

Mavzu:Pedagogik mahorat elementlari. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari.


Reja:
1.Pedagogik mahorat komponentlari.
2.Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari.
2.1.Pedagogik mahorat komponentlari.
Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli o‘tishiga ta'sir ko‘rsatuvchi psixik jarayonlarni qanday kechayotganligini bildiradi. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan holda, oltita yetakchi pedagogik qobiliyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. kommunikativlik (muloqotga moyillik), odamlarga nisbatan ko‘ngilchan bo‘lish, mehribonlik;
2. aql bilan sezish kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo‘lish, ichki (hissiy) sezgirlik;
3. shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta'sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyatlari;
4. hissiy barqarorlik-o‘zini boshqara olishi;
5. kelajakni eng maqbul holda bashorat qilish;
6. kasbiy mustaqillik-ijod qilishi qobiliyati.
Pedagog faoliyatining asosiy tashkil etuvchilari. (komponentlari)
1. Loyihalash:
a) O‘quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni muvaffaqiyatga eltuvchi vaziyatlar yaratish;
b) axborotni iqtidorli va past o‘zlashtruvchi o‘quvchilarga tushunarli qilib o‘zgartira olish.
2. Konstruksiyalash:
a) mashg‘ulot loyihasini turli vaziyatlarda moslab to‘za olish;
b) darsda ixcham (gibkiy) bo‘lish, sodir bo‘lgan vaziyatga qarab uni qayta ko‘rish (materialni), tushuntirish, axborotni o‘zlashtirilishini ta'minlash.
3. Muloqotga moyillik (kommunikativlik)
a) xushmuomila va talabchan bo‘lish;
b) tahsil oluvchilarni javobgarlikni oshiradigan vaziyatlarga duchor qilish;
v) tahsil oluvchilarni o‘ziga yaqin tutishlariga erishish.
4. Tashkilotchilik:
a) o‘quvchilar mustaqil bilish faoiyatlarini tashqil etish va boshqarish;
b) o‘quvchilar diqqat va qiziqishlarini o‘ziga jalb qilish.
5. Gnostik (bilishga oid):
a) o‘zi va o‘quvchilar faoliyatida ro‘y beradigan qiyinchiliklarni tashhislash, ularni bartaraf qilishga o‘rgatish;
b) o‘z faoliyatini tahlil qilish;
v) faoliyat natijasini oldindan yaqqol tasavvur etish.

2.2.Pedagogik texnika haqida tushuncha, uni egallash yo‘llari.


Pedagogik texnika ikki turdagi ko‘nikmalar guruhidan iborat. Birinchisi-o‘zini o‘zi (gavdasi, hissiy holati va nutq texnikasi) boshqara olishi, ikkinchisi- pedagogik vazifalarni hal etishda tahsil oluvchilar bilan hamkorlikda ishlashni uddalash (didaktik, tashkilotchilik malakalari, bevosita ta'sir etish texnikasi), bu haqda keyingi ma'ruzalarda batafsil to‘xtalamiz.


Pedagogik shaxs va jamoaga ta'sir ko‘rsatishi bo‘lib, u ta'lim tarbiyaviy jarayonning texnologiyasini ochib beradi. Unga pedagogni didaktik tashkilotchilik, konstruktivlik, kommunikativ ko‘nikmalari, qo‘yiladigan talablarning texnologik usullari, pedagogik ishlarni tashqil etish va boshqalar kiradi.
Yosh o‘qituvchilar pedagogik texnikasida quyidagi juz'iy kamchiliklar uchraydi:
1. O‘quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan so‘zlasha olmaslik;
2. G‘azabni to‘xtata olmaslik yoki uni o‘z o‘rnida ishlata olmaslik;
3. O‘zida ishonchsizlikni yenga olmasligi;
4. Nutqini ravon etmaslik;
5. Ortiqcha qattiq qo‘llik;
6. Xushmuomala bo‘lishdan qo‘rqish;
7. Juda tez gapirish (ayniqsa darsda);
8. Ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo‘llarini qayerga qo‘yishni bilmaslik;
9. O‘z gavdasini tutishdagi kamchilik (bukchayib, yerga qarab yurish, befoyda qo‘lish, ortiqcha harakat) turli jismlarni qo‘lida aylantirib yurishi.
Tovushdagi kamchiliklar: monoton-bir ohangni zerikarli, nutqning hayotiy emasligi, ifodali o‘qish malakasini yo‘qligi (dikstiya).
Nutqdagi kamchiliklar: aniq talaffuz tarzining yo‘qligi, xona uchun zarur tovush qattiqligini tanlay bilmasligi.
YUqoridagi kamchiliklar o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga samarali ta'sir etishga halaqit beradi. Bunga maxsus mashqlarni mustaqil ravishda takrorlash natijasida erishiladi.
Tarbiyachining tashqi ko‘rinishi estetik jihatdan ifodali bo‘lishi zarur. Tashqi ko‘rinishga befarq qarash ham, unga ortiqcha zeb berishi ham tarbiyaviy ishida zararlidir.
O‘qituvchi sochining taralishi, kostyumi, kiyimdagi taqinchoqlar ham har doim pedagogik maqsad vazifasiga-tarbiyalanuvchi shaxsi shakllanishishga samarali ta'sir etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. U zeb-ziynat taqib yurishga, kosmetikaga xuquqi bo‘lsa ham, me'yorga amal qilishi va holatni tushunishi zarur. Tarbiyachining estetik ifodasi uning yuz ifodasidan, ochiq ko‘ngilligida, harakatidagi vazminlik va ixchamligida, imo-ishorasining haqiqiyligi va tahsil oluvchiga e'tiborliligi, o‘z tanasini tutishida va tutishida bilinib turadi. Aftini tirishtirish, pala-partishlik, imo-ishoraning sun'iyligi, bo‘shanglikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Hatto, xonaga qanday kirishingiz, bolalarga qanday qarashingiz, salomlashishingiz, stulni qanday surishingiz, xonada yurishingiz-bu «mayda-chuydalarning» hammasi sizni bolaga ta'sir ko‘rsatadigan kuchingizdir.
Vazmin, xushmuomala, o‘ziga ishongan tarbiyachi eng kuchli tarbiyachidir.
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishiag quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) o‘z hissiy holatlarini boshqara olishi. Pedagogning tahsil oluvchilar bilan bo‘ladigan muloqoti, rasmiy xarakteriga ega bo‘lganligi uchun, «mushaklar siqilishi», o‘ziga ishonmaslik, tanglik sezgilarini vujudga keltiradi. O‘qituvchilar doimo tahsil oluvchilar, ota-onalar va jamoatchilik nazoratida ishlaydi. Bu-o‘qituvchi fikrining qat'iyligiga, ovoz apparati holatiga jismoniy holatiga (oyoqlarning qotib qolishi, qo‘llarni tayoqqa o‘xshab qolishi) ruhiy holatiga (kulgili holda qolishi o‘zini uddalay olmaydigan bo‘lib ko‘rinishi) ta'sir etadi. Bo‘larning hammasi bo‘ladigan mashg‘ulotga o‘zini psixofizik nuqtai nazardan moslash, muloqat paytida o‘zininng hissiy holatlarini boshqara olishini talab qiladi.
O‘zini rostlash qobiliyatini quyidagi test yordamida tekshirib ko‘rish mumkin:
Sizni kayfiyatingiz va ruhiy holatingizga oid quyidagi savollarga «Ha» yoki «Yo‘q» javobini bering.
- Siz doim o‘zingizni vazmin tuta olasizmi?
Siz tabiatan jo‘shqin kayfiyatga egamisiz?
Sinfda dars o‘tayotganingizda va uyda siz doimo e'tiborli va sergakmisiz?
Siz o‘z hissiyotlaringinzni boshqara olasizmi?
Siz yaqin kishilaringiz va o‘rtoqlaringiz bilan xushmuomala va e'tiborlimisiz?
Yangilikni juda tez o‘zlashtirasizmi?
Sizda qutulish zarur bo‘lgan zararli odat yo‘qmi?
- Biror vaziyatdan so‘ng siz «o‘zimni yaxshiroq tutishim kerak edi», deb afsuslanmaysizmi? «Ha» va «Yo‘q» larni hisoblab, xulosa yasang. Agar hamma javoblar ijobiy bo‘lsa, u sizni vazminligingizni, o‘zingizni boshqara olishingizni yoki o‘zingizni yuqori baholaganingizni bildiradi. Agar hamma javoblar salbiy bo‘lsa, bu sizni besaramjonligingizni, o‘zingizga ishona olmasligingizni, boshqalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishingizni bildiradi.
«Ha» va «Yo‘q» lar aralashgan javob, o‘zingizni kamchiliklarinigizni bila olishingizni ko‘rsatadi, bu o‘z-o‘zini tarbiyalashga qo‘yilgan dastlabki qadamdir. O‘z-o‘zini sozlashni bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun dastlabki yo‘nalishdir.
O‘z-o‘zini sozlashning eng muhim usullari quyidagilardan iborat:
xushmuomalalik va kelajakka ishonch bilan qarashni tarbiyalash;
o‘z xulqini nazorat qilish (muskullar zo‘riqishini rostlash, harakat, nutq va nafas olishni rostlash);
faoliyatning biror turida hordiq chiqarish (mehnat terapeyasi, musiqa terapeyasi, kitob o‘qish, hazil mutoiba);
o‘z-o‘zini ishontirish, ixlos qilish.
Ruhiy barqarorlikni tarbiyalashda V.A.Suxamlinskiyning quyidagi foydali maslahatlaridan foydalanish ma'quldir:
ortiqcha badqovoq bo‘lmaslik;
boshqalar nuqsonlarini oshirib ko‘rsatmaslik;
hazil mutoiba moyil bo‘lish;
xushmuomalali bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash.
Bunday sifatlarni egallash shartlari quyidagicha: o‘z kasbini jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda tushunish, burch sezgisini ustunligi, pedagogik ziyraklik, hissiy sezuvchanlik hamda o‘zini tahlil qilish va to‘g‘ri baholash.
Darsga tayyorgarlik ko‘rayotgan va o‘zida ishonchsizlik, qo‘rqinch sezayotgan yosh o‘qituvchi jismoniy va ruhiy erkinlikka erishish maqsadida quyidagicha relaksatsiya sezgisi (trening) ni o‘tkazishlari tavsiya etiladi.
a) Men tinchman, men ishonch bilan dars berayapman, bolalar meni tinglamoqdalar. Darsda o‘zimni bemalol his etaman. Men darsga puxta tayyorlanganman. Dars qiziqarli, bolalarni taniyman va ko‘rib turibman. Men darsni yaxshi tugataman. Men bilan bo‘lish bolalar uchun nihoyatda qiziqarli. Men o‘zimga ishonaman va tetikman. Men o‘zimni boshqara olaman. Kayfiyatim yaxshi, o‘qitish juda qiziqarli. Tahsil oluvchilar meni xurmat qiladilar, talablarimni bajaradilar. Darsdagi mehnat menga yoqadi, men o‘qituvchiman.
b) Pantamimika-bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy fikrni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. O‘qituvchi darsda tahsil oluvchilar oldida to‘g‘ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig‘i 12-15 sm, o‘ng oyoq biroz oldinda), barcha harakatlar o‘zini oddiyligi va nafisligi bilan tahsil oluvchilar e'tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og‘irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkazib turish, stul suyanchig‘iga tayanib turish, boshni qashlash, qo‘lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo‘l qo‘ymaydi. O‘qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo‘lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo‘lishi zarur.
v) Mimika-yuz muskullari orqali o‘z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. O‘qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba'zan tahsil oluvchilarga so‘zdan ham qattiqroq ta'sir ko‘rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o‘zlashtirilishini ta'minlaydi. Tahsil oluvchilar o‘qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «uqib» turadilar. Shuning uchun ham o‘qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir. Oila tashvishlari, tashqaridagi kelishmovchiliklarni dars paytida o‘qituvchi o‘zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. Piyoda yurish, dam olish, kitob o‘qish bilan ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf qilinadi. Yuz ifodasi va harakatlar faqat dars maqsadiga, o‘quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo‘naltirilishi zarur. Yuz ifodasida ko‘zlar muhim o‘rin tutadi. «Jozibasiz ko‘zlar ma'nosiz qalbni aks ettiradi» (K.S.Stanislavskiy).
O‘qituvchi yuz muskullarini va ko‘zlarini tez-tez harakatlantirishdan, shu bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot bo‘lishi kerak. O‘qituvchi nigohi tahsil oluvchilarga qaratilgan bo‘lishi, bevosita ko‘rish kontaktini vujudga keltirishi zarur. Devor, deraza va shipga qarab turishdan saqlanishi zarur. Barcha o‘quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilishi zarur.
Pedagogik mahoratning biz yuqorida ko‘rib chiqqan tarkibiy qismlari, uni sistemaviy harakterga ega ekanligini anglatadi. Pedagogik mahoratning yaqqol tashqi belgilari: faoliyatni aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, vazminlik, mulohaza yuritish, tahsil oluvchilar bilimini puxtaligi, eng maqbul vositalarni tanlanganligi, o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshuvi.
Pedagog o‘z mahoratiga quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin:
Psixologiya va pedagogika turkumidagi fanlarni chuqur o‘rganish;
Maxsus va umumtexnik fanlar, ularni o‘qitish metodikasidan puxta bilimga ega bo‘lish;
Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o‘tkazish;
O‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, boshqalar tajribasini o‘rganish;
O‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish.
Mavzu:Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagogik muloqot vazifalari.
Reja:
1.Pedagogik ta'sir haqida tushuncha.
2.Pedagogik muloqot vazifalari.

3.1.Pedagogik ta'sir haqida tushuncha.


Pedagogik muloqot-pedagogik ta'sirning ajralmas sifatidir. Bu o‘qituvchi va o‘quvchining ta'lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo‘lib, unda ma'lumot almashinadi va o‘quvchilarga o‘quv-tarbiyaviy ta'sir o‘tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishi lozim. Uning asosi sifatida o‘zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O‘quvchilar ham o‘qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta'sirning samarali yo‘li bo‘lib, tajribali pedagoglar bolani o‘z-o‘zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o‘ziga xos 3 ta darajalari mavjud. Bular: makro darajada (katta)-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada(o‘rta)-muloqot ma'lum mavzu asosida kechadi (masalan, askiyada ma'lum mavzudan chekinmaslik). Mikro daraja (kichik) -muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo (inson-inson), shaxsiy-guruhiy (guruh-guruh), ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, ro‘znomalar va jurnallar) kabi turlari mavjud. Ijodiylik o‘zaro munosabatlardan boshlanadi. Har bir pedagog o‘z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo‘lishi lozim. Ya'ni nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta'sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi.
O‘qituvchi mahorati-bu bevosita pedagogik faoliyatni boshqarishning ustasi hisoblanadi. Shunday ekan, halqimizda har bir ishning ustasi bo‘lganidek o‘qituvchi yoki rahbar mahorati ikki baravar ustalikni talab etadi. Rahbar mahoratida shaxs psixologiyasini, ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshi bilish muhim o‘rin tutadi. Chunki mahoratli o‘qituvchi talabalarning fanlardan tez o‘zlashtirish, mutaxassislik kasbini tez o‘rganishni tashkil etadi.
Pedagog mahoratining xususiyatlari bu aniq maqsad, ob'yekt va sub'yekt uzviyligini ta'minlash hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining asosiy maqsadi jamiyat talabidan kelib chiqqan holda komil insonni voyaga yetkazishga qaratilishi va aniq vazifalarni belgilashi lozim. O‘qituvchi faoliyati doimo talabalar faoliyatini boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu jarayonda o‘qituvchi mahorati talaba yoki o‘quvchi bilan bir qarorga kelishini o‘rgatishi kerak. Pedagogik mahoratning maqsadi shundaki, o‘qituvchi maqsadi talaba maqsadiga aylanishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ishining uddasidan chiqishi, ishlashni bilishi lozim. Pedagog zamon bilan yashashi, kelajakni ko‘rishi kerak. Pedagog mahoratining xususiyati talaba shaxsida jamiyatning vazifalarini, maqsad va vazifalarni aniq bajarishida ijodiy yondashish qobiliyatiga ega bo‘lishni shakllantirishi lozim.
O‘qituvchi mahoratining asosiy ob'yekti - bu Inson. Ya'ni o‘qituvchi talabaning shaxsiy ma'naviy xayotini shakllantiruvchidir. Bunda aql, his-tuyg‘u, iroda, ishonch, ong, tafakkur yuqori darajada bo‘lishi lozim. Pedagog mahoratining ob'yekti quyidagilardan iborat:
1. Inson. Inson-tabiatning qattiq materiali emas. Aksincha, indivi-dual xususiyatlarga ega bo‘lgan, faol kishidir. U tushunadi, fikr qiladi, mustaqil ishlaydi. Pedagogik faoliyatning ob'yekti bir vaqtning o‘zida sub'yekt bo‘lib ham hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida faol ishtirokchi bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi talaba shaxsiga pedagogik ta'sir etib ichki dunyosi bilan yondashadi.
2. O‘qituvchi doimo o‘zgaruvchan, o‘sib boruvchi inson bilan muloqotda bo‘ladi. Albatta bunda shablon yoki eski xarakatlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bu esa doimo o‘qituvchidan ijodiy yondashuvni talab etadi.
3. Bolaga, o‘smirga, talabalarga o‘qituvchi bilan birga butun o‘rab turgan muhit ta'sir etadi. Shuning uchun pedagog mahorati shuni talab etadiki, o‘qituvchi o‘quvchining har bir xarakatida ta'sirchan bo‘lishida turli munosabatda yondashish kerak. Ya'ni o‘quvchi va talaba shaxsini tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Sub'yekt - ya'ni tarbiyalanuvchga ta'sir etuvchi-pedagog, ota-onalar, keng jamoatchilikdir. Tarbiyalanuvchiga ta'sir etishning asosiy quroli-bu o‘qituvchi shaxsi, uning bilimi, malakasi, nutq madaniyati.
Muomalaning tarkibiy qismlarini yaxlit olib qarash, hamkorlik faoliyatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorlik faoliya-tiga kirisha olsa, shaxsni shakllantiriishing maqsad va vazifalariga o‘zaro ta'sir ko‘rsatsa shundagina pedagogik muomala amalga oshadi.
Pedagogik muomala - bu o‘qituvchining talabaga ta'sir o‘tkazish, ularning bir-birlari bilan hamkorliklarining faoliyatidir.
Hamkorlik o‘zaro axborot almashinuvi, turlicha kommunikativ vosita-lar yordamida o‘qituvchi tomonidan talabalar bilan o‘zaro munosabatni tashkil qiladi. Pedagogik faoliyatda muomala muayyan dastur asosida maqsadni amalga oshirish, rejalashtirish va o‘tkazish funksiyasini baja-radi. Ya'ni, muomala:
- o‘quv faoliyatini bajarishining vositasi;
- tarbiya jarayonini ta'minlashning ijtimoiy-psixologak tizimi;
- ta'lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi, o‘qituvchi bilan talabalar o‘zaro munosabatining muayyan tizimini tashkil qilishning usuli;
- talaba indnvidualligini takomillashtirish, iste'dodini qaror toptirish imkonini beruvchi jarayon sifatida hizmat qiladi.
Muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun xam o‘qituvchiga, uning ahloqiy sifatlariga o‘quvchilar bilan muomalasiga nisbatan alohida yuksak talablar qo‘yiladi. Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar - yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. Bolalar ta'lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini o‘zlashtiradi. O‘quvchi muomala odobini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. O‘qituvchilar o‘rtasidagi muomala-munosabatlar insonparvarlik, ixtiyoriylik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda, ikki xil bo‘lib, biri - rasmiy, ikkinchisi - norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala-munosabatlar Uzbekistan Respublikasining qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala pedagogik etikaning qonuniyatlariga asoslanadi va jamoaning har bir a'zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muomala odobi psixologik qonuniyatlar, odob normalari, qoidalari, talablari, pedagoglar jamoasining fikri asosida bajariladi. Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish bir kishining ishi emas. Uni pedagoglar jamoasi bajaradi. Ta'lim-tarbiyada ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun o‘quv yurti butun jamoasi, hamma o‘qituvchilar birlashib harakat qilishlari lozim. Har bir muallimning hatti-harakati, xulqi, muomalasi pedagoglar jamoasining maqsadi talablariga mos bo‘lmog‘i kerak. Har bir bolaning tarbiyasi uchun mas'uliyatning biridir.
Darsda o‘quvchilarning intizomi pedagogik jamoadagi muomala odobi ahloqiy munosabatlar darajasini ko‘rsatadi. Kollejda o‘quv intizomini saqlash butun pedagoglar jamoasining ishi. Pedagoglar jamoasida o‘zaro yordam va ishonchning mavjudligi muomala odobiga amal qilishning muhim shartidir. Muomala odobiga rioya qilish pedagoglar jamoasining maqsadi-ga o‘qituvchilarning ahloqiy saviyasiga bog‘liq Pedagoglar jamoasida o‘zaro muomala munosabatlar o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga masuliyat va intizomni saklashga asoslanadi. Pedagogik jamoada sog‘lom aqliy-ruhiy muhit - mavjud bo‘lsa, ahloqiy norma va yo‘l-yo‘riqlar bajarilibgina qolmasdan, balki ular har bir muallimning e'tiqodiga, odatiga aylanadi. Pedagoglar jamoasining shaxs va jamoa uchun foydali ishlariga asoslangan tasiri natijasida muallimning ma'naviy qiyofasida chuqur sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ijtimoiy burchni to‘g‘ri anglash xulqini to‘g‘ri baholay olish odati shakllanadi. Jamoada o‘zaro muomala yaxshilanadi. Muomala jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirish-ni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonun - qoidalar muhim ahamiyatga ega.
Muomala jarayonida o‘quvchi yoki talaba xulqi ijtimoiy qonun-qoidalar maromiga zid kelsa, u holda uning xatti-harakati qoralanadi, e'tiroz, tanbeh, eslatish kabi vositalar bilan ta'sir o‘tkaziladi. Muomala vaqtida odob, odoblilik muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifalari: axborot almashuv, o‘zaro ta'sir, o‘zaro idrok qilish, to‘g‘ri amalga oshishini idora qilib turadi. Har bir fikr bildirilganda, muloqotdosh qabul kilayotganini faxmlab turish, tashqi ko‘rinishlari o‘zgarishiga etibor berish zarur. Muomala jarayonida ba'zi bir hatti-harakat o‘ylamay bildirilgan fikr, ortiqcha imo-ishora odobsizlikka olib keladi. Odobsizlik zsa nizoli vaziyat, qarama-qarshilik ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqaradi. Buning natijasida muomala fikr almashuv o‘zini vazifasini nizoli vaziyatga bo‘shatib beradi. Pedagogik muomalada psixologik aloqa o‘rnatish alohida ahamiyatga ega, chunki talaba bilan o‘zaro munosabat, hurmat ishonch negizida ko‘rinadi.
Bunda o‘qituvchi talabaning xuquq majburiyatini, uning kollejda, jamoat joylarida, oilada bajaradigan vazifasi nimadan iborat ekanligini e'tibordan chetga chiqarmasligi lozim.
O‘qituvchining talabalarga ta'sir o‘tkazish samarasi uning prinsipialligi va talabchanligida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari u o‘ziga ham o‘ta talabchan bo‘lmog‘i, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda obro‘-et'tibor qozonmog‘i lozim. Muomala jarayonida va hamkorlik faoliyatida o‘qituvchining talabalarga ta'sir o‘tkazish natijasida ularda:
- o‘z-o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish;
- o‘z-o‘zini va boshqalarning faoliyati, xulqini baholash;
- o‘z-o‘zini boshqarish;
- o‘z-o‘zini nazorat va o‘zgalarni nazorat qilish;
- o‘z-o‘zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash shakl-lanadi.
Do‘stona muomalada talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirishni ta'minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga hizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi, muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o‘ziga, o‘z kasbiga o‘kuvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yakkol namoyon bo‘lishi mumkin. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomala munosabatlar katta o‘rin egallaydi. Pedagoglar jamoasida ijodkorlik muhiti muomala odobining shakllanishida jamoat tashkilotlarining roli kattadir. Ular muallimning obro‘sini oshirish jamoat ishlariga faol qatnashtirish yo‘li bilan o‘qituvchining axloqiy pedagogik madaniyati, masuliyatini oshirishiga ko‘maklashadi. Muallim har-bir so‘zini o‘ylab gapirishi, boshqalarning, kasbdoshlarining so‘zi, fikri, mulohazalarini tinglay olishi ham pedagogik jamoada o‘zaro muomala munosabatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Muloqot orqali ta'sir etish usullari. Pedagogning talabalar bilan muomalasi muvaffaqiyatli bulishi kup jihatdan unda pedagogik qobiliyatni mavjudligiga, mahoratiga bog‘liq buladi. Psixologiyada pedagogik qobi-liyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o‘qituvchi vazifasida talablar xisoblanadi. Ma'lumki, shaxsining u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol o‘ynasa, boshqalari yordamchi rol o‘ynaydi.
Birinchi navbatda perseptiv ya'ni idrok qilish sohasida taalluqli bulgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog‘i kuzatuvchanlikdir) yetakchi rol o‘ynaydi, pedagogga talabaning psixologiyasining, uning psixik xolatini uxshash tarzida idrok etish, muayyan holda umuman sinf kollektivining ahvoliga tugri baho berish imkonini beradi. Pedagog shaxsining uzaro fikr almashuv bilan bog‘liq hususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiya, ya'ni talabalarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti talabalarga bo‘lgan muxabbatdur. Nihoyat, pedagog shaxsining uzaro fikr almashuv bilan bog‘liq xususiyatlarining uchinchi tarkibiy qismi deb ijtimoiy o‘zaro harakatda bulgan yuksak rivojlangan ehtiyojni hisoblash mumkin u bilimlarni boshqalarga berishga talabalar bilan muomala jamoasini tashkil etish istagida namoyon buladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedogagik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha talabalarning har hil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning xar bir talabaga ta'sir kursatish quroliga aylanishida, har bir talabaga faoliyat, vaziyatni ta'minlab berishda namoyon buladi. pedagogda ijtimoiy uzaro harakatda bulgan, unda mavjud bulgan pedagogik nazokat maydonga chiqadi.
Endi pedogagik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi hislatlar va hususiyatlardan ayrimlarini kurib chiqamiz.
Bu, avvalo, aql-idroqning muayyan xislatlari: hozirjavoblik, tanqid kuzi bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator hislatlardir. Pedagogning nutqi: notiqlik qobiliyatlarini mavjudligi, suz boyligi va xokazolar ham muhim rol uynaydi. Tabiatda bir qadar artistlik hususiyatiga ega bulish (hayol, fantaziya ishlata bilish) ham talabalar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol uynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bulishining shartigina emas, balki kup jihatdan Pedagogning muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan Pedagogning uzida pedagogik qobiliyatlarning aniq maqsadini kuzlab tarkib topish va rivojlanishi kata rol uynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom haqiqiy narsa ekanligini kursatmoqda.
Masalan shaxs perseptiv hususiyatlarining eng muhim elementi bulgan kuzatuvchanlik pedagogning pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g‘ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. Pedagog o‘zining ijtimoiy-psixologik kuzatuvchanligini, ya'ni talabalarda turli xarakter xususiyatlari, mayllarini payqab olish qobiliyatinigina emas, shu bilan birga ularning paydo bulish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini rivojlantirishga qodirdir. Pedagog o‘z talabalarini, ular muhitidagi uzaro munosabatlarini, o‘zining ular bilan uzaro munosabat-larini hozirgi daqiqada qanday bo‘lmasin, xudi shunday idrok etish va kurish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim
Pedagog talabalar, ayniqsa, katta yoshdagi talabalar o‘rtasidagi zid-diyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. Ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagogning aralashuvi nihoyatda cheklangan bulishi, hamma kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham kollektivda muhokama qilish ob'yekti bo‘lmasligi mumkin.
Pedagogning talabalar bilan muomalasi jarayonida ikki xil xissiy (ematsional) xolat vujudga kelishi mumkin. Pedagogning ijobiy xissiyot-lari asosida uzaro hamkorlikni tashkil etish qobiliyati xaqiqiy samara beradi.
Kishi birgalikda faoliyat kursatayotganda zaruriyatga kura, boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya'ni aloqa urnatishi o‘zaro hamjihatlikka erishishi kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Munosabat talabalarning o‘zaro birgalikda harakat qilishi va faoliyat kursatishi jarayonida ularni birlashtiradigan vosita tildan iborat ekanligini bildiradi.
Turli hil tillarda so‘zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosa qila olmaydilar. Bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib quyadi. Qo‘llaniladigan belgilar (so‘zlar, imo- ishoralar va x.k) zamirida munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bulgan takdirdagina axborot ayriboshlash mumkin buladi.
Kommunikatsiyaning mazmuni munosabatga kirishganlarga taallukli bulib, nutkiy fikr muloxazalar bilan qo‘shilgan holda tarkib topadi. Nutksiz kommunikatsiya vositalariga qo‘l bermok va yuz harakatlari imo - ishora, ohang, pauza, turk tarovat, kulgu, kuz yoshi kilish va shu kabilar kiradi. Bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari so‘zlarni tuldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa urnini bosuvchi belgilar tizimini hosil qiladi.
O‘rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutksiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini g‘amg‘in tutadi, past oxangda qo‘llarini yuziga yo peshonasiga qo‘ygan va boshini changallangan holda chukur xursinib gapiradi va x.k. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli hil yosh gruppalarda turlicha vositalar tanlanadi. Masalan: yoshlar yigidan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir kilish va ularga o‘z istaklarini xamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llaniladigan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish maksadlarida va mazmuniga muvofikligi munosabat madaniyatning tarkibii qismlaridan hisoblanadi.
Talabalar bilan muomala qilish pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari bilan mulokot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so‘zlashishni bilishi lozim. So‘zlashishni, mulokot olib borishni doimo urganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so‘zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, xikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida talabalar bilan muloqotni yulga quya olishi lozim.
Pedagogik ta'sir ko‘rsatishning asosiy usullari, bu talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik.
Talab - tajribada juda keng tarkalgan usul bulib, ta'lim- tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bulishi yuli bilan yoki bu xatti-harakatlarining ragbatlantirilishi yoki tuxtatilishini taminlaydi.
Istiqbol - ta'sir kursatishning juda ta'sirchan usuli bulib, u talaba-larning xatti-harakatlarini, ular oldiga kuyilgan maksadlar, ularning shaxsiy intilishlari, kizikishlariga aylanadi.
Rag‘batlantirish va jazolash - talabalarni xulk-atvoriga kuzatish kiritishni, ya'ni foydali xatti-harakatlarni qushimcha ragbatlantirishni va tarbiyalanuvchilarning noma'kul xatti-harakatlarini tuxtatishni ta'minlaydi.
Jamoatchilik fikri - tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-foydali faoliyatini goyat har tomonlama va muntazam ragbatlantirib borishni ta'minlaydi.
Talab - pedagogik ta'sir ko‘rsatishning boshlangich usuli bulib, tarbiyalanuvchilarda uziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rag‘batlan-tirishda alohida vazifani bajaradi.
O‘zaro fikr almashish bilan ta'sir ko‘rsatish vositalari: ishontirish, ta'sir kilish, o‘zaro fikr almashish bilan ta'sir ko‘rsatish.
Ishontirish pedagogik ta'sir ko‘rsatish usuli sifatida darslarda o‘quv axboroti, ijodiy suhbatlar, munozaralar shaklida qo‘llaniladi. Tarbiyaviy ishda guruhiy va yakka suhbatlar, munozaralar, siyosiy axborotlar shaklida qo‘llaniladi.
Ta'sir qildirish kishi psixikasiga nazoratsiz kirib, uning faoliyatida xatti-harakatlar, sabablar, intilishlar bilan amalga oshiriladi. Ta'sir qilish-shunday bir psixik ta'sir ko‘rsatishki, kishi uni ongining yetarli nazoratsiz idrok etadi.
a) Pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va umumlashtirish, usullarni qo‘yish;
b) Talabalarga yakka individual holda munosabatda bulish, ularni mustaqil ishlarini tashkil etish.
Pedagog talabalar bilan buladigan muloqotida quyidagi malakalarni egallagan bulishi lozim: tashki kiyofani nazorat kilish nutqni egallash, pedagogik munosabat madaniyatini egallash, tashkilotchilik mahorati, o‘quv tarbiya jarayonini boshqarish uslublarini egallash.
3.2.Pedagogik muloqot vazifalari.
Pedagogik muloqot-qulay psixologik muhit yaratish maqsadida o‘qituvchining tahsil oluvchi bilan dars va undan tashqaridagi haqiqiiy muloqotidir.
Noto‘g‘ri pedagogk muloqot o‘quvchida qo‘rquv, ishonchsizlik tug‘diradi, diqqati, xotirasi va ish qobiliyatini susaytiradi, nutq me'yorini buzadi. Natijada, tahsil oluvchilarda steriotip fikrlar vujudga keladi. Ularni o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqishlar susayadi. Oqibat natijada, tahsil oluvchilarda o‘qituvchiga, uning faniga nisbatan muayyan salbiy munosabatlar uzoq vaqt shakllanib qoladi.
Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalar bilan harakterlanadi: shaxsni o‘rganish (bilish), axborot almashish, faoliyatni tashqil etish.
Muloqotni axborot almashish funksiyasi-ma'naviy boylik va yangiliklar bilan o‘rtoqlashish jarayonini ta'minlash bilan birga o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish uchun ijobiy ishtiyoqlar. Hamkorlikda fikrlash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Rollar almashinishi yordamida muloqot o‘rnatish esa, ularda u yoki bu ijtimoiy shakllanib qolgan hatti-harakatni dasturlaydi (o‘qituvchi-tahsil oluvchi).
Ijtimoiy rollar almashinuvi shaxsni har tomonlama namoyon bo‘lishini ta'minlaydi, niqobni olib tashlab boshqa kishi roliga kirish va shu bilan insonni inson orqali idrok qilish jarayoniga ta'sir ko‘rsatadai. O‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan foydalanadilar, darsning ayrim elementlarini bajarishga tahsil oluvchilarni taklif qiladilar, har bir tahsil oluvchini o‘qituvchi rolini bajarishga imkon beradilar. O‘z shaxsi qimmatini namoyon qilish ham muloqot funksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tahsil oluvchilar tomonidan o‘z shaxsi (men) ni, qadr-qimmatini, shaxsini munosib baholash va kelajagini tasavvur eta olish uchun intilishlarini ta'minlash o‘qituvchining asosiy vazifasidir.
Muloqotning eng muhim funksiyalaridan biri-hamdard bo‘lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunish, boshg‘alar nuqtai nazarini ma'qullash qobiliyatini shakllantirish jarayonida amalga oshadi va jamoadagi munosabatlarni me'yorga keltiradi. Bunda tahsil oluvchini, uning istaklarini tushunish va bo‘lar asosida tahsil oluvchiga ta'sir etish zarurligi anglash o‘qituvchi uchun juda muhimdir.
Muloqot funksiyalarini bilish o‘qituvchilar uchun dars va undan tashqarida tahsil oluvchilar bilan bo‘ladigan muloqotlarni yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga yordam beradi.
Darsga tayyorgarlik ko‘rayotganda muloqotning barcha funksiyalaridan kompleks foydalanishga erishish zarur. Darsni rejalashtirayotganda faqat axborot berish haqida emas, balki tahsil oluvchilarning o‘z shaxsini namoyon qilishlarini va o‘z shaxsiy qobiliyatini ham ko‘rsata olishga sharoit yaratishni ham rejalashtirishi zarur.
Bunda ayniqsa, o‘qituvchi yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarga alohida e'tibor berish, har bir o‘quvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yish lozim. Muloqot bo‘yicha yirik mutaxassis olim Kann Kalik fikricha, professional pedagogik muloqot tarkibi quyidagilarlardan iborat:
- sinf-guruh bilan bo‘ladigan muloqotni pedagog tomonidan modellash (loyihalash);
- o‘zaro ta'sir ettirishning dastlabki onlarida bevosita faol muloqot olib borish (kommunikativ hujum);
- pedagogik jarayon davomida muloqotni boshqarish;
- amalga oshirilgan tahlil qilish va uni kelgusi faoliyat uchun modellash.
Muloqotning har bir elementlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga e'tibor berish zarur.
Modellash bosqichi-sinf (guruh) tahsil oluvchilarning o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarini, ularni bilish qobiliyatlari xarakteri, qiyinchiliklar ehti



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling