Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Download 297.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.07.2020
Hajmi297.46 Kb.
#123882
1   2   3
Bog'liq
318 guruh Saliev Javohir kurs ishi


miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi 

orqali quyidagicha ifodalash mumkin;

1)Barcha   tarmoqlarning   yalpi   ishlab   chiqarishi –oraliq iste’mol   =  

Yalpi ichki mahsulot.

2)Yalpi ichki mahsulot  -amortizatsiya  = sof ichki mahsulot.

3)Sof ichki mahsulot –biznesga egri soliqlar =milliy daromad

4)Milliy     daromad   –ijtimoiy     sug’urtaga     badallar   –korporatsiya  

foydasiga   soliqlar   –korporatsiyani   taqsimlanmagan   foydasi   +   transfert 

to’lovlari  =shaxsiy daromad.

5)Shaxsiy daromad –yakka tartibdagi soliqlar  =Ixtiyordagi daromad.

Milliy daromad -bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki 

ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.



Yalpi   milliy   daromad   quyidagicha   hisoblanadi   ;     YaMD=   YaIM+  

horijdan     olingan     omilli     daromadlar   –horijliklarning     ushbu   mamlakat 

hududidan olgan omilli daromadlari.

Shaxsiy   daromad   va milliy   daromadningbir-biridan   shunisi   bilan  

farq     qiladiki,   ishlab     chiqarishda     mehnat     qilish     evaziga     olingan  

daromadlarning   bir   qismi   ( ijtimoiy   sug’urtalar   to’lovlari,   korporatsiya  

foydasiga   soliq   va   korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda 

bevosita   uy   xo’jaligiga   tushmaydi.   Uy   xo’jaligi   hisobiga   to’g’ri   keladigan 

daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) -mehnat  natijalarini  

bildirmaydi.     Transfert     to’lovlariga   -sug’urta     tashkilotlari   tomonidan 

to’lanadigan,   ya’ni   qarilikda   va   baxtsiz   xodisalarga   shuningdek   ijtimoiy 

dasturlarga     asoslangan     holda     ishsizlarga     to’lanadigan     nafaqalar,  

nogironlarga   to’lanadigan   har   xil   to’lovlar,   ishsizlarga   va   pensionerlarga 

to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz 

to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi

Shaxsiy       ixtiyordagi       daromad       deb       individual       soliqlarni   

to’lagandan   keyingi daromadlarga   aytiladi.   Individual   soliqlar -daromad   

solig’i,     xususiy     mol-mulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan 

soliqlardan iborat.

          4.Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 

tutgan o’rni

 

Makroiqtisodiyot   o‘z   ichiga   xalq   xo‘jaligining   moddiy   va   nomoddiy 



ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

Moddiy   ishlab   chiqarish   sohalari   o‘z   navbatida   xalq   xo‘jaligining 

ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va 

iste`mol   buyumlari   ishlab   chiqaruvchi   tarmoqlarga   (I   va   II   bo‘linma) 

ajratiladi.

Milliy   iqtisodiyot   meyorida   faoliyat   qilish   uchun   barcha   tarmoq   va 

ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi 


talab   qilinadi.   Nomoddiy   ishlab   chiqarish   milliy   iqtisodiyotning   ijtimoiy 

iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va 

millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, 

sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga 

oladi.

Xizmat   ko‘rsatish   sohalari   uy-joy,   kommunal   xo‘jaligi   va   madaniy 



maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi 

orqali,   mikro   va   makroiqtisodiy   darajada   aniqlanib,   tahlil   qilinadi.   Bu 

ko‘rsatkichlar   yordamida   korxonalar   faoliyatiga   baxo   beriladi   va   milliy 

iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.

Masalan,   korxonalar   faoliyatiga   baxo   berish   uchun,   ularning 

daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib 

korxonaning   foyda   olishi   eki   zarar   ko‘rishini   bilish   mumkin.   Agar 

korxonaning   ishi   yaxshi   bo‘lib,   foida   olsa,   tegishli   ma`lumotlaridan 

muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi.

Korxona   zarar   ko‘rgan   taqdirda   ham   tegishli   mikroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.

Mikroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   ham   butun   iqtisodiyot   uchun   huddi 

shunday   vazifani   bajaradi.   Bu   tizimga   kiruvchi   turli   hil   ko‘rsatkichlar, 

birinchidan,   bizga   ma`lum   vaqt   oralig‘idagi   ishlab   chiqarish   hajmini 

hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi 

omillarni   aniqlash   imkonini   beradi.   Ikkinchidan,   makroiqtisodii 

ko‘rsatkichlar   tizimi,   Yamm   ni   uning   harakatining   barcha   bosqichlarida, 

ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish 

bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.

Nihoyat   mazkur   ko‘rsatkichlar   tizimi   mavjud   resurslar   va   ulardan 

foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy 

iqtisodiy   muvozanatlik   holatini   aks   ettiradi.   Makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar 

tizimini   yaxshi   tushunib   olish   uchun   bozor   ho‘jaligi   sub`ektlari   va   bozor 

operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur.

Bozor xo‘jalik subyektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan.

1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 


2. Uy xo’jaliklari. 

3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 

4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari.

           Bozorli operatsiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi:

1. Tovarlar va xizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, 

iste`mol qilish, import va shu kabilar). 

2. Taqsimlash operatsiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va 

h.k.) 


3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, 

valyuta   va   qimmatli   qog’ozlar   bilan   operasiyalar,   kreditli   operasiyalar   va 

h.k.)

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi 



alohida   o‘rin   tutadi.   Bunda   balans   shaklidagi   jadval   orqali   resurslar   va 

ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir 

operasiya   to‘lovchisi   va   oluvchisiga   ega   bo‘ladi.   Shu   sababli   bir   marta 

resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi.

BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD 

harakti,   kapital   qo‘yilmalarni   moliyalashtirish,   boshqa   mamlakatlar   bilan 

operasiyalar;   mukammal   hisobda   esa   tarmoqlararo   aloqalar, 

daromadlarning   harakati,   ularning   taqsimlanishi   va   pirovard   foydalanishi 

ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar 

bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi.

Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab 

makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   mavjud.   Tarixiy   jihatdan   dastlab   moddiy 

ishlab   chiqarish   sohalari   rivojlanish   miqiyosini   harakterlovchi 

ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda 

qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy 

xol hisoblanadi.

Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari 

milliy

ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan:



1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat.

2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat.

Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab 

chiqarish va ulardan uzoq yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar xo‘jalik 

amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan.

Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish 

sohalari rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas.

Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy 

maxsulot   ko‘rsatkichi   harakterlaidi.   Ma`lum   vaqt   davomida   (odatda   bir 

yilda)   moddiy   ishlab   chiqarish   sohalarida   yaratilgan   barcha   maxsulotlar 

o‘zining qiimat ifodasida jami ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi.

Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari 

ishlab   chiqaradigan   tarmoqlardan   iborat   bo‘lganligi   sababli   jomi   ijtimoiy 

maxsulot   (JIM)ning   ashyoviy   (natural-buyum)   tarkibi   ishlab   chiqarish 

vositalari va iste`mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida 

JIM tarkibii elementlarining iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab 

chiqarish vositalaridan iborat qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab 

chiqarish   ehtiyojlari   uchun   foydalaniladi   va   demak   belvosita   iste`molni 

qondiradi, iste`mol buyumlari (oziq- ovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa 

ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.

JIMning   tarmoq   tarkibi   ham   farqlanadi.   JIM   tarmoq   tarkibi   undagi 

ayrim   tarmoqlar   (sanoat,   qishloq   ho‘jaligi   va   shu   kabi)   maxsulotlarining 

ulushi sifatida namoyon bo‘ladi.

Qiymat   shaklida   JIM   -   iste`mol   qilingan   ishlab   chiqarish   vositalari 

qiymati (S) va yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. JIMni W 

bilan   belgilasak,   bunda   W   c+V+m   bo‘ladi.   Yangidan   yaratilgan   qiymat 

zaruriy   maxsulot   eki   ishchi   kuchi   qiymatidan   (V)   va   qo‘shimcha 

maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi.

JIM   ko‘rsatkichi   muxim   kamchilikga   ega.   Uni   hisoblashda   ishlab 

chiqarishning barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori 

bir necha marta ko‘rib chiqiladi

Boshqacha aytganda:

JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot 


Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari 

uchun harid qilingan tovarlar kiradi.

Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib 

olinadigan tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. 

Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan 

ozod   bo‘lsada,   u   mexnat   vositalarining   yillik   amortizasiya   ajratmalari 

summasiga teng bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, 

oldingi davrlarda vujudga keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish 

hodimlarining   joriy   yildagi   faoliyatini   aniq   baxolash   uchun   boshqa 

umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy 

maxsulot qisoblanadi.

5.Rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti

Hozirgi   zamon   jahon   xo’jaligi   rivojining   muhim   tamoyili   milliy 

xo’jaliklarning   baynalminallashuvi,   shu   asosda   jahon   xo’jaligi   va   avvalo 

jahon   bozorining   shakllanishi   va   rivojlanishidan   iborat.   Bu   insoniyat 

taraqqiyoti   uchun   ijobiy   bo’lgan   jarayonga   etmish   yildan   ortiq   davr 

davomida   dunyoning   ikki   qarama-qarshi   ijtimoiy-siyosiy   tizimiga 

bo’linganligi   qarshi   ta’sir   ko’rsatib   keldi.   Hozir   yangi   davr   boshlandi, 

dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan 

jahon   hamjamiyati   mamlakatlari   o’rtasidagi   aloqalarning   butunlay   yangi 

imkoniyatlari vujudga keldi.

O’zbekiston   va   jahon   hamjamiyati   mamlakatlari   o’rtasidagi   har 

tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun 

iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir 

mamlakat   iqtisodiyotining   rivojlanishi,   uning   milliy   xo’jaligi   ko’’   darajada 

nafaqat   bu   mamlakatning   ichki   imkoniyatlari   bilan,   balki   uning   xalqaro 

ijtimoiy   mehnat   taqsimotida   qatnashish   darajasi   va   miqyosi,   butun 

insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.

Bu   holatlar   jahon   xo’jaligi   aloqalari   va   milliy   xo’jaliklarning   iqtisodiy 



rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra 

ushbu bobda jahon xo’jaligining tarkib to’ishi, bunda ishlab chiqarishning 

baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy 

munosabatlarning   shakllari,   jahon   infratuzilmasining   rivojlanishi,   jahon 

xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.

  Iqtisodiy   rivojlanishning   umumjahon   tomonlari     Va     ishlab 

chiqarishning baynalminallashuvi

Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos 

xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi 

o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.

Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. 

E.F.Borisov   jahon   xo’jaligi   shakllanishining   to’rtta   bosqichini   ajratib 

ko’rsatadi:

Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda 

vujudga   kelib,   dastlab   o’sha   davrdagi   kishilar   jamoalari   yoki   qabilalari 

o’rtasida   ‘aydo   bo’lgan   savdo   ayirboshlashuvi   keyinchalik   tovar   ishlab 

chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar 

almashuvi – xalqaro savdoning ‘aydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. 

Ikkinchi   bosqich   ishlab   chiqarishning   sanoatlashuv   davriga   to’g’ri 

kelib,   yirik   mashinalashgan   ishlab   chiqarishning   vujudga   kelishi   va 

tadbirkorlarning ko’’roq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha 

milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX 

asrlarda rivojlangan jahon bozori ‘aydo bo’ldi. 

Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi 

tizimi shakllandi. 



To’rtinchi   bosqich   XX   asrning   60-yillaridan   boshlab,   ya’ni   ko’’lab 

mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida 

zamonaviy   jahon   iqtisodiyotida   ijobiy   o’zgarishlarning   yangi 

tendenstiyalarini   ‘aydo   bo’lishi   bilan   bog’liq.   Bu   tendenstiyalar 

quyidagilardan iborat: 

• iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; 

• ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; 

• jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi; 

•    jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.

“Jahon   xo’jaligi”,   “butunjahon   xo’jaligi”,   “jahon   iqtisodiyoti” 

tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor 

ma’nolari farqlanadi. Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi 

barcha milliy iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy 

iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari 

majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay 

qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki 

bilvosita   aloqaga   kirishmagan   tarmoq   yoki   sohalar   tobora   kamayib 

bormoqda.

Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab 

chiqarish,   moliyaviy   va   ilmiy-texnikaviy   aloqalar   orqali   birlashgan   turli 

mamlakatlar xo’jaliklari tizimidir.



Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;

- transmilliy kor’orastiyalar;

- xalqaro tashkilot va institutlar;

-   milliy   iqtisodiyot   chegarasidan   chiqqan,   xo’jalik   barcha   sohalari 


tarkibidagi firmalar.

Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi 

bilan   farqlanadi.   Jahon   bozorining   amal   qilishiga   rivojlangan 

mamlakatlarning   iqtisodiy   siyosati   ahamiyatli   ta’sir   ko’rsatadi.   Jahon 

bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat 

tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi 

turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. 

Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini etkazib beruvchi 

mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida 

sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.

Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati 

va   alohida   mamlakatning   eks’ort   imkoniyatidan   tortib   dunyo 

iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro mono’oliyalar faoliyatigacha) 

dunyodagi   barcha   mamlakatlar   manfaatini   o’ziga   tortadi.   Mamlakatning 

savdo,   ishlab   chiqarish,   valyuta-moliya   sohalaridagi   jahon   tamoyillariga 

bog’liqlik   ob’ektiv   reallik   hisoblanadi.   Hozirgi   davrda   har   qanday 

mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, 

jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini 

ta’minlash mumkin emas.

Shu   sababli   prezidentimiz   Sh.   Mirziyoyev     «Mamlakatning   jahon 

xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok 

etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni bar’o etishning asosidir» , deb ta’kidlaydi.

Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi 

turli   xil   ijtimoiy-iqtisodiy   tuzumlar,   xalqaro   guruhlarga   bo’lingan.   Jahon 

hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga 

oshiriladi.

Turli   mamlakatlarning   iqtisodiy   rivojlanish   ko’rsatkichlarining 


turli-tumanligi   ular   taraqqiyot   darajasini   qandaydir   bitta   nuqtai-nazardan 

baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha 

asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

- mutloq va nisbiy YaIM;

- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;

- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

- mamlakat eks’orti va im’orti tarkibiy tuzilmasi;

- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.

Mamlakatning   jahon   xo’jaligidagi   o’rnini   aniqlashda   bir   necha 

yondoshuvlar   mavjud.   Ulardan   eng   oddiylari   –mamlakatlarni   aholi   jon 

boshiga   to’g’ri   keluvchi   daromad   darajasi   bo’yicha   guruhlarga   ajratish 

hisoblanadi. 

                                            Xulosa va takliflar

 Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi 

bozor xo’jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy 

ko’rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko’plab mamlakatlarida, shu 

jumladan o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda raqobat 

to’g’risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan 

shug’ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu 

holatni tasdiqlab turibdi. Milliy iqtisodiyotning  rivojlanganligi– bu 

iqtisodiyotning muhim ko’rsatkichlari halatini tashqi paramеtrlarga 

nisbatan yalpi baholashni o’zida mujassam etgan qiyosiy tavsif 


hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning rivojlanganligi  

xalqaro raqobatda namoyon bo’ladi.

Mamlakatning   raqobatbardoshligini   baholash.   Mamlakatning 

raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning 

jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va 

xizmatlar

 

ko’rsatish



 

qobiliyati

 

sifatida


 

ta’riflash 

mumkin.Mamlakatning   raqobatbardoshlik   ko’rsatkichi,   birinchi 

galda   mamlakatning   jahon   bozoridagi   mavqеini   tavsiflovchi, 

shuningdеk   tovar   va   tovar   ishlab   chiqaruvchining   hamda 

tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko’rsatkich 

hisoblanadi.

 Rivojlangan mamlkatlar dunyodagi eng takomillashgan jihozlar 

bilan   ta’minlagan   tipogarfiya   va   kinostudiyalari   yangilik   chiqarish 

bo’yicha   yetakchilikni   qo’lga   kiritgan.   Rivojlangan   mamakatlar 

mahsulotlari bilan jahon bozorini egallagan. Har qanday holatda ham 

rivojlangan   mamakatlar   iqtisodiyotini   o’ziga   xos   ko’rinish   deb 

hisoblash kerak emas.  

                     Milliy iqtisodiyotga erishish uchun sabab bo’lgan asosiy 

omillaridan O’zbekiston sharoitida qo’llash imkoniyatlari mavjuddir. 

Avvalambor   Dunyo   tabiiy   resurslarga   ega   bo’lmay   turib   milliy 

iqtisodiyot   raqobatbardoshligining   yuqori   darajada   ekanligini 

ta’kidlab   o’tish   joiz.   O’zbekiston   esa   tabiiy   resurslarga   boy 

mamlakatlardan   biri   ekanligi   hammamizga   ma’lum.   Shuningdek 

rivojlanishning   dastlabki   yillaridayoq     hukumat   fan   texnika 

taraqqiyotiga,   kadrlar   tayyorlash   tizimiga   juda   katta   imkoniyatlar 

bergan. Shu bilan birga ko’rib turganimiz kabi raqobatbardosh milliy 

iqtisodiyotga erishishning yana bir muhim sabablaridan biri yapon 


tovarlarining   jahon   bozorida   raqobatbardosh   bo’lishiga   imkoniyat 

yaratuvchi   bir   nechta   iqtisodiy   chora   tadbirlar   olib   borganligi 

natijasidir.   Shunday   ekan   aynan   shulardan   oqilona   foydalanish 

natijasida   milliy   iqtisodiyot   raqobatbardoshligini   yanada   oshirish 

imkoni mavjuddir. O’zbekiston sharoitida esa aynan shular qo’llash 

maqsadga muvofiqdir.

                

               FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.

1. Hamеdov   I.A.,   Alimov   A.M.   O’zbеkiston   Rеspublikasida   tashqi 

iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O’zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi 

“adabiyot jamg’armasi” nashr., 2018.- 328b.

2.  Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. 

- М., 2017г.

3.   Бородаевский   А.Тенденция   социально-экономического 

развития   в   разных   регионах   мира.//   Мировая   экономика   и 

международные отношения, М., 2017, № 4, с.18.

4.  Вахрушев В. Принципы японского управления. - М., София, 

2018.


5.  Волгин Н. Японский опыт, который стоит изучать и  разумно  

заимствовать// Человек и труд. – 2018. - №6. - с. 50.

6.  Шкваря Л.В. Мировая экономика. Москва, “Эксмо”, 2019.

7.   Королев   И.С.   и   др.   Мировая   экономика:   глобальные 

тенденции за сто лет. Москва, “Экономист”, 2010.

8.  Крупянко М.И. Япония 90-х: в поисках модели отношений с 

новой Японией.  - М., НОРМА, 2015.

9.  Ломакин В.К. Мировая экономика: Учебник для ВУЗОВ.- М.: 

Финансы, ЮНИТИ, 2018,-727с.

10.


  Сатубалдин   С.С.   “Драконы”   и   «тигры»   Азии.   Алмати, 

«Былым», 2019 .



Internet saytlari

1. www.meti.go.jp – Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi;



2. www.mof.go.jp – Мoliya vazirligi;

3. www.keidanren.or.jp – Хususiy tadbirkorlik tashkiloti;

4. http://www.doyukai.or.jp- Iqtisodiy hamfikrlar;

5. http://www.rotobo.or.jp-Rossiya   va   Yevropa   mamlakatlari   b.n 

savdo;

6. http://www.japaneseculture.miningco.com-



 

Iqtisodiy 

tashkilotlar;

7. http://www.nomura.com- Qimmatli qog’ozlar.



Download 297.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling