37. Didaktika nima?
Didaktika pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi.
Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi degan
ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi. Ta‘lim
nazariyasi ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda tashkiliy
formalarini o’z ichiga oladi.
38. Didaktikaning asoschisi?
Didaktikaning asoschisi XVII asrning buyuk chex pedagog-olimi Yan Amos
Komenskiydir. Yan Amos Komenskiy (1594-1670) butun dunyoda pedagogik fikrlar
va maktablar taraqqiyotiga juda o’lkan xissa qo’shgan yetuk olimdir. Uning 1632
yilda yozgan «Buyuk didaktika» asari o’qitishni rivojlantirishga g’oyat sezilarli
ta‘sirini ko’rsatdi, shuning uchun ham bu asar jahon pedagogikasi oltin xazinasining
noyob gavhari hisoblanadi.
Yan Amos Komenskiyning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlaridan biri-
ta‘limning sinf-dars sistemasini ishlab chiqishdan, dars maktabda o’qitishning asosiy
shakli ekanligini asoslab berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |