Talabalarning «Umumiy pedagogika» fanini o'rganishi va o'zlashtirishi
bo'yicha SAVOL-JAVOBLAR
1. Pedagogika qanday fan, u nima haqida bahs yuritadi?
Pedagogika – inson tarbiyasi tug’risidagi, yoshlarni va kattalarni tarbiyasi
to’g’risidagi fan. Pedagogika ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning
mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma‘lumot beruvchi fan.
Pedagogika grekcha «paydagogik» so’zidan olingan bo’lib, «bola yetaklovchi»
degan ma‘noni bildiradi. Mustaqil pedagogika fani XVIII asr oxiri va XIX asr
boshlarida vujudga kelgan. Pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol
inson qilib tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va
amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |