8. Pedagogika fanlari tizimiga qaysi fanlar kiradi?
Hozirgi vaqtda pedagogika bir necha tarmoqlarga bo’lingan. Jumladan,
umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitish haqida
bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalash muammolari bilan shug’ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi
(madaniy-ma‘rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o’rganadi), hunar-texnika
ta‘limi pedagogikasi, kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish), (turli kasblarning
o'rganishning umumiy masalalarini); qiyosiy pedagogika (G'oyalarni taqqoslab
xulosa chiqarish masalalari); xalq pedagogikasi (mazkur xalqi ta'lim tarbiyasi,
maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma'naviyati, ahloq odobi singarilarni);
ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zama'naviy
imkoniyatlari, vositalari va manbalarini); tibbiyot pedagogikasi; harbiy pedagogika
kabi tizim tarmoqlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |