__________ R.Xolmurodov
2003 yil 13 yanvar
Samarqand Davlat universiteti kadrlar bo‘limi boshlig‘ining
ishni topshirishi haqida
DALOLATNOMA
2003 yi l14 yanvar Samarqand sh.
A s o s : Universitet rektorining 2003 yil 10 yanvardagi № 12- raqamli buyrug‘i.
Universitetning sobiq kadrlar bo‘limi boshlig‘i S.S.Yanova, yangi tayinlangan kadrlar bo‘limi boshlig‘i D.H.Otaxo‘jayeva, texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i A. Sharipov va ish yurituvchi H.Rafiqova ishtirokida tuzildi.
Universitetning kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi S.S.Yanova ishni topshirdi, D.H.Otaxo‘jayeva qabul qilib oldi.
Ishni topshirish – qabul qilish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
1. Universitet professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarning shaxsiy hujjatlari va kartotekalari to‘laligacha va tartib bilan saqlanmoqda. Ayni paytda, ularga oid ma’lumotnomalarning barchasi kompyuterda o‘z ifodasini topgan.
2. 1999 yilgacha bo‘lgan va amalda o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar arxivga topshirilgan.
Quyidagilar qabul qilib olindi:
1. Universitetda ishlaydigan 657 professor-o‘qituvchi va 426 xodimning shaxsiy hujjatlari ro‘yxat asosida.
2. 2000-2003 yillarda kadrlar tarkibi bo‘yicha qabul qilingan 96 ta buyruqning asl nusxalari va asosnomalari.
3. Arxivga topshirilgan hujjatlar ro‘yxati.
4. «Kadrlar bo‘limi» yozuvi aks etgan muhr hamda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlovchi to‘rtburchak muhr (shtamp).
I l o v a : 22 bet ro‘yxat, 2 nusxada.
Dalolatnoma uch nusxada tuzildi.
Ishni topshirdim S.S.Yanova
Ishni qabul qildim D.H.Otaxo‘jayeva
Ishtirok etganlar A.Sharipov
H.Rafiqova
Do'stlaringiz bilan baham: |