Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.82 Mb.
|
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu
11. O‘zR FA Til va adabiyot instituti bilan ilmiy hamkorlik mavjud.
12. 2000 yilda 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 2 ta bibliografik ko‘rsatkich, 2001 yilda esa 15 ta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan. 13-2000 yilda 23 ta, 2001 yilda esa 71 ta maqola nashr qilingan 14- Universitetda 10.02.02 – milliy tillar (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini berishga Ixtisoslashgan kengashning hamda kafedra qoshida ilmiy seminarning mavjudligi tufayli keyingi yillarda respublikada o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha yozilayotgan deyarlik barcha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari shu yerda muhokamadan o‘tmoqda. Ularning soni har yili 10 tadan 20 tagacha boradi. 15. 2000 yilda uslubshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan edi. «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari hamda uning turkiy xalqlar madaniyati va jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro konferensiya shu yilning 25-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Bu kabi ilmiy tadbirlar o‘tkazilishining ahamiyati g‘oyatda katta ekanligi hyech kimda shubha tug‘dirmaydi. 16. Kafedrada bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning barchasi amaliyot, xususan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq. Tekshiruvchi: falsafa fanlari nomzodi, dos. M.S. Madirimova Rasmiy ma’lumotnomalar yuqori tashkilotlar rahbarlari, tekshirish ishlari olib borayotgan komissiyalar nomiga yozilishi ham mumkin. Unda ma’lumotnomaning nima haqda yozilayotgani, ma’lumotnoma mazmuni aks etgan bo‘ladi va rahbarning imzosi chekilib, sana qo‘yiladi. Shaxsiy ma’lumotnomalar ham rasmiy hujjat sanaladi. Ammo u bir shaxs yoki xodimning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotnigina qamrab oladi. Bunday ma’lumotnomalar uning qachon va qayerda tug‘ilgani, qayerda yashashi va kim bo‘lib ishlashi, sog‘ligi va sudlangan-sudlanmaganligi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular blankalarda - maxsus qog‘ozlarda yozilib, tashkilot devonxonasida qayd etilib boriladi. Masalan: NIZOM Mustaqillikdan keyin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochib berildi. Jumladan, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kichik va o‘rta beznisni rivojlantirish masalalarining qonunlar hamda maxsus hukumat qarorlari bilan belgilab qo‘yilganligi xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo‘lib hisoblanadi. Mana shu imkoniyatlardan lisey va kollejlarni bitirgan va tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ham foydalanishlari mumkin. O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, kichik sexlar, korxonalar ochib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib yoki dehqon-fermer xo‘jaliklari tashkil qilib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylandi. Bu vazifalarni amalga oshirish jarayonida ayrim hujjatlardan xabardor bo‘lish zaruriyati tug‘iladi. Ya’ni firmalar, kichik korxonalar tashkil qilish tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishning qonuniy yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadi. Ana shunday hujjatlardan biri nizomdir. Nizom firma, kichik korxona, fermer xo‘jaligi tashkil qilish jarayonida rasmiylashtiriladigan asosiy hujjat bo‘lib, u ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari, burchi va vazifalari, boshqaruv va huquqiy-tashkiliy shakli, mulki va mablag‘lari, mehnat turlari va ularga haq to‘lash singarilarni me’yorlashtiradi va bu korxonaning butun faoliyati ana shu Nizom asosida olib boriladi. U korxonalar va muassasalar ta’sis etish paytida tuziladi va yuqori tashkilot – aniqrog‘i hokimiyatlar qarori bilan tasdiqlanadi. Bu hujjat kim tomonidan tasdiqlangani, ta’sis etilayotgan korxona, xo‘jalik yoki muassasaning nomi, o‘rtada Nizom degan yozuv, matn, ta’sis etuvchining imzosi, sana va joyi kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. REZYUME Rezyume nashr qilinadigan asar yoki himoyaga tavsiya etiladigan dissertasiyaning g‘oyatda qisqa mazmuni bo‘lib, odatda ishning oxirida boshqa tillarda, masalan, hozirda rus va ingliz tillarida beriladi. Ana shu qisqa rezyume orqali asosiy matnni o‘qimagan kishi ham tadqiqot haqida ayrim xulosalarga kelishi mumkin. Namuna: Abdusaidov Abduvalining «Matbuot tili madaniyatining lisoniy muammolari» mavzuidagi 10.02.02 – o‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasining qisqacha mazmuni (REZYUMESI ) Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, jumladan matbuotga e’tibor nihoyatda oshdi. Matbuotning davr talabiga javob berishi, dolzarb muammolarni aks ettirishi, ularning yechimini ko‘rsatishi, ommani operativ axborot bilan ta’minlashi, o‘z zimmasidagi vazifalarni munosib bajarishi, umuman, «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilishi jurnalistlarning tildan foydalanish mahoratiga ham bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda tadqiqotda matubot tili madaniyatining lisoniy muammolari gazeta janrlarining tili va uslubi, mustaqillik yillaridagi leksik jarayon va adabiy normaga rioya etish holatlari bilan bog‘liq holda nazariy hamda amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Ishning ilmiy yangiligi: - gazeta tili ekspressiv-stilistik, normativlik nuqtai nazaridan janrlari bo‘yicha alohida-alohida birinchi marta atroflicha tadqiq etilgan; - gazeta tilini o‘rganish sohasidagi muammolar, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida matbuotning roli va matbuot tili madaniyatini yanada ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ilk bor umumlashtirilgan; - umumxalq tilida qo‘llanilgan frazeologik birliklar (FB) va ularning variantlari, frazeologik neologizmlar, okkazional FBlarning xususiyatlari hamda ekspressivlikni ifodalashdagi roli gazeta materiallari asosida ilk bor to‘la yoritilgan; - gazeta tilida termin qo‘llash sohasidagi hozirgi jarayon (so‘nggi o‘n yil) tahlil etilgan; - gazeta sarlavhalari to‘la va atroflicha umumlashgan tarzda tadqiq qilingan, gazeta ruknlari birinchi marta keng yoritilgan; - Mustaqillik davri matbuotida adabiy normaga rioya qilish holatlari o‘rganilgan. Dissertasiya ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bo‘limga ajratilgan 7 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatidan iborat. Ishning mazmuni 9 ta alohida nashr va 31 ta ilmiy maqolada o‘z aksini topgan. TAVSIFNOMA Tavsifnoma ham xodimning mehnat va boshqa ijtimoiy faoliyatidan xabardor etuvchi ma’lumotnomaga o‘xshash hujjat. Uning ma’lumotnomaga yana o‘xshash tomoni shundaki, tavsifnoma ham xodimga zarur holatlarda, masalan, xodim o‘qishga kirayotganda, yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda beriladi. U ham dastlab kimga (ismi, familiyasi va otasining ismi) berilayotgani, uning millati, ma’lumoti, lavozimi, agar bor bo‘lsa, darajasi va unvonini aks ettirgan ma’lumot bilan boshlanadi va yangi qatorda o‘rtadan Tavsifnoma deb yoziladi. Shundan so‘ng yangi qatordan asosiy matn beriladi, imzo chekiladi, sana qo‘yiladi va muhr bosiladi. Tavsifnomaning ma’lumotnomadan yana farqi shundaki, unga ba’zan tashkilot yoki muassasa rahbari bilan birga jamoat tashkilotlari rahbarlari imzo chekishlari ham mumkin. Namuna: Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri, prof. S.A.Karimov- ning ilmiy-pedagogik va jamoatchilik faoliyatiga Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling