TAVSIYANOMA
Tavsiyanoma ham bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo bo‘lishga tavsiya etadigan rasmiy hujjat. Unda xodimning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlari, ishga munosabati va faollik darajasi, siyosiy savodxonligi va axloqi singari jihatlar aks etgan bo‘ladi. Eng muhimi, xodimni ma’lum lavozimga tavsiya etish bilan birga, ma’lum ma’noda uni kafillikka ham oladi. Uning mas’uliyatli tomoni ham shunda. Tavsiyanoma matn oxirida uni bergan kishi tomonidan imzolanadi. Namuna:
TAVSIYANOMA
Men, Tojiboyev Akram, 1937 yilda tug‘ilganman, hozirda Xalqaro «Navro‘z» xayriya jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi bo‘lib ishlayman.
Karimov Suyun Amirovichni 1981 yildan beri yaxshi bilaman. U chuqur bilimli, yuksak madaniyatli olim. O‘zining oila a’zolari, kasbdoshlari, mahalladoshlari bilan munosabatlarda samimiy, kamtar va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. U Bog‘ishamol tumanidagi Bog‘itemur mahallasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol qatnashadi.
S.A.Karimov o‘z shaxsiy manfaatlaridan xalq va davlat manfaatlarini ustun ko‘rishligini ko‘pchilik yaxshi biladi va tasdiqlaydi. U har qanday mas’uliyatli vazifani a’lo daraja bajarishiga to‘la ishonaman.
_______________ A.Tojiboyev
2002 yil 18 iyun
Do'stlaringiz bilan baham: |