Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.82 Mb.
bet77/83
Sana08.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#235639
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu

1. O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar;

2. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar.

Dissertant ikkinchi metodni dominat sifatida qabul qiladi (13-bet).

Ishning uchinchi bobi «Ona tilidagi lug‘aviy sinonimlarni o‘rganishga doir mashqlar tizimi va dars ishlamalari» deb nomlangan bo‘lib, bu bo‘limda «Sinonimlar» mavzusiga oid mashqlarning xarakter xususiyatlari o‘z ifodasini topgan. Bajariladigan mashqlarni reseptiv va produktiv guruhlarga ajratadi.

Ishning xulosa qismida esa, tadqiqotchi o‘quvchilar nutqini sinonim so‘zlar hisobiga boyitish, ularni sinonim so‘zlarning uslubiy bo‘yog‘ini farqlash va nutqda unumli foydalanishga o‘rgata borish zarurligi hamda «ma’nodosh so‘zlar»ga oid materiallarni induktiv usulda berish degan g‘oyani beradi (16-bet).

Dissertasiya yuzasidan e’lon qilingan materiallar uning mazmuniga to‘laligicha mos keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan ijobiy tomonlar bilan bir qatorda, bizningcha, juz’iy xarakterdagi kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, avtoreferatning 12-betda dars samaradorligini oshirish yo‘llari to‘g‘risida to‘xtalgan bo‘lib, bunda nima uchundir ko‘rgazmali qurollardan, kompyuter, televideniye materiallaridan foydalanish masalalari e’tibordan chetda qolgan. Ishning 13-betida prof. A. G‘ulomovning o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar to‘g‘risidagi fikrlari keltirilib, ulardan ikkinchi guruhni dominanta sifatida ko‘rsatilishiga qo‘shilish qiyin. Bizningcha, ularni birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Ishning 14-betda reseptiv, produktiv mashqlar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan. Bu metodlar barchaga ma’lum bo‘lib, yangi pedagogik

texnologiya ta’lim jarayonida shulardan qaybiri yetakchi o‘rin egallashi ko‘rsatilib, isbotlab berilganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Bu ko‘rsatilgan juz’iy kamchiliklar ishning qiymatiga ta’sir etmaydi. Ish davr talabidan kelib chiqib, yuqori saviyada yozilgan. U nomzodlik dissertasiyasi oldiga qo‘yilgan talablarga javob beradi.
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand

Davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi

kafedrasi professori: O‘rinboyev B.O‘.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling