¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
Ёшга доир
пенсиялар; 2100441; 71,3% Ногиронлик пенсиялари; 442010; 15,0% Боқувчисини йўқотганлик пенсиялари; 183660; 6,2% Болаликдан ногиронлик нафақалари; 219449; 7,5%
2.2.1.-rasm. O’zbekiston Respublikasida 2012 yil jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni 1 .
Quyidagi rasmda O’zbekiston Respublikasida 2012 yilga jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni berilgan. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, jami pensiya va nafaqa oluvchilar ichida yoshga doir pensiya oluvchilar katta ulushga ega, 2100441 nafar kishi (71,3 foiz)ni tashkil etgan, nogironlik pensiyalari oluvchilar
1 O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ma’lumotlari. 42
442010 nafar kishi bo’lib, 15,0 foizni tashkil etgan, boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari ni183660 nafar kishi oladi, mazkur fuqarolar 6,2 foizni tashkil etgan hamda bolalikdan nogironlik nafaqalari oluvchilar 219449 nafar kishi (7,5 foiz)dan iborat. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son Qarori qabul qilindi. Nizom O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining (keyingi o’rinlarda Jamg’arma deb ataladi) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlarini va boshqa to’lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to’lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo’naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo’yicha asosiy vazifalari, funktsiyalari va vakolatlarini belgilaydi. Jamg’arma idoraviy jihatdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarashli hamda o’z faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari - Moliya vaziriga, Jamg’armaning Kuzatuv kengashi raisiga hisob beradi. Jamg’arma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. Jamg’arma o’z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Jamg’arma tizimiga: Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari; Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari; Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi; bosh,
43
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari kiradi. Jamg’arma ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo’limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, tibbiy- mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika budjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling