41
Qonunchiligimizga kiritilgan mazkur o’zgartishlar fuqarolarning davlat
pensiya ta’minoti masalalarini hamda mehnatga oid munosabatlarni tartibga
soluvchi amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajriba
va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mosligini ta’minlash, pirovardida pensiya
ta’minotida ijtimoiy adolat printsiplarini kuchaytirish, yuqori ish haqi olib
ishlagan fuqarolarga mutanosib miqdorda pensiyalar tayinlash imkoniyatlarini
yaratish va pensiyalar miqdorini ustuvor tarzda oshirishga xizmat qiladi. Pensiya
ta’minoti – ijtimoiy himoyaning muhim yo’nalishlaridan biridir. Fuqarolarni
ijtimoiy himoya qilish, aholining manfaatlarini ta’minlash hukumatimiz olib
borayotgan siyosatning ustuvor yo’nalishini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: