29
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT PENSIYA
TA’MINOTI TIZIMINING HOZIRGI HOLATINING TAHLILI
2.1.Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimining me’yoriy-huquqiy
bazasining tahlili
O’zbekiston
Respublikasining
“Fuqarolarning
davlat
pensiyalari
to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda,
mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz qolganda
ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro’yobga chiqarish,
davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish,
qayta hisoblash va to’lash tartibini belgilaydi. Respublika hududidan tashqarida
yashab turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan
ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. Ish
stajiga ega bo’lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan
davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish
tartibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’yadi.
Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi: yoshga doir
pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: