¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Vaxabov Davron Rustamovichning
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
Vaxabov Davron Rustamovichning “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida pensiya tizimini takomillashtirishning yo’nalishlari” mavzusi bo’yicha iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan desertatsiyasining maqsadi – iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish va
samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishining predmetini – O’zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish jarayonida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlar tashkil etadi. Tadqiqot ishining ob’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyati tanlangan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida mamlakatda pensiya tizimini institutsional-huquqiy asoslarini takomillashtirish, pensiya
jamg’armasi daromadlari manbaini barqarorlashtirish, pensiya imtiyozlarini qisqartirish, jamg’ariladigan pensiya tizimiga o’tishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi o’rganilgan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini izchillik bilan oshirish va turmush sifatini yaxshilash pensiya tizimini moliyalashtirish holatini baholash, takomillashtirish va uni moliyaviy barqarorligini ta’minlash bilan bog’liq muammolar kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan pensiya tizimi huquqiy-institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qonunlar, qonunosti hujjatlarni ishlab chiqishda, Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining o’rta muddatli moliyaviy barqaror strategik rivojlanish kontseptsiyasi va maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanishga karatilgan takliflar berilgan.
YuNITI-DANA. 2008. -639s., Polyak G.B. Gosudarstvennie i munitsipalnie finansi. Uchebnoe posobie.- M.: «YuNITI-DANA». 2008. -375 s., Polyak G.B. Byudjetnaya sistema Rossii. Uchebnik.- M.: «YuNITI-DANA». 2011. -703 s., Neshchitoy A.S. Finansi. Uchebnik. Moskva. Dashkov i K. 2008. -512 str., Neshchitoy A.S. Byudjetnaya sistema Rossiyskoy Federatsii. Uchebnik. M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya "Dashkov i K". 2012. - 336 s.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling