Tadqiqot ob’ekti va predmetining belgilanishi. O’zbekistonda pensiya
ta’minotining huquqiy jihatlarini o’rganish tadqiqot ishining ob’ekti hisoblanadi.
Fuqarolarning pensiya ta’minoti jarayonlari tadqiqot ishining predmeti
hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi – O’zbekistonda
pensiya ta’minoti tizimini huquqiy asoslarini ilmiy o’rganish va zamonaviy
talablar asosida uni takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflarni taqdim
etishdan iborat. Muallif qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni
hal qilishga intilgan:
Davlat budjetining ijtimoiy himoya funktsiyasini o’rganish;
pensiya ta’minoti tizimining nazariy jihatlarini o’rganish;
pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini o’rganish;
O’zbekistonda fuqarolarning pensiya ta’minoti jarayonlarini tahlil
qilish;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish;
xorijiy davlatlarda pensiya ta’minotining o’ziga xos xususiyatlarini
aniqlash;
O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini huquqiy asoslarini
takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |