¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
-rasm. Davlat pensiya turlari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat pensiya turlari
2.1.1.-rasm. Davlat pensiya turlari
1 . Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo’lganidan so’ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so’rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining
1
sentyabr. Davlat pensiya turlari Nogironlik pensiyasi
Yoshga doir pensiya Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi
30
turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Harbiy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi,ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi. Fuqarolar yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar — 60 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo’lgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda ega bo’ladilar. Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiyalari
to’g’risida”gi Qonuni
37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo’lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro’yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar: - yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro’yxati; - umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-sonli ro’yxati; 31
-umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko’rsatkichlarning 3-sonli ro’yxati. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to’g’risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy- mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga to’lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilganidan keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o’tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi. Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling