¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
II bob bo’yicha xulosalar Tadqiqot ishi natijasida ikkinchi bob yuzasidan quyidagi xulosalar tayyorlandi. 1. Qonunchiligimizga kiritilgan o’zgartishlar fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti masalalarini hamda mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajriba va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mosligini ta’minlash, pirovardida pensiya ta’minotida ijtimoiy adolat printsiplarini kuchaytirish, yuqori ish haqi olib ishlagan fuqarolarga mutanosib miqdorda pensiyalar tayinlash imkoniyatlarini yaratish va pensiyalar miqdorini ustuvor tarzda oshirishga xizmat qiladi. 2. Ijtimoiy himoya tizimiga oid huquqiy
asoslarning takomillashtirilayotganligi ijtimoiy sohaga
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag’lar salmog’i va samaradorligining ortishiga xizmat qilmoqda. Bundan ko’zlangan pirovard maqsad ham fuqarolar manfaatlarini yanada himoya qilish va xalq farovonligini oshirishdir. 3. O’zbekistonda davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi: yoshga doir pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. 4. Mamlakatimiz qonunchiligida aholining huquq va manfaatlarini himoyalashni mustahkamlashga qaratilgan qator imtiyozlar belgilangan. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining ayrim moddalariga kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega fuqarolar toifasi 59
ham nazarda tutilgan. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. 5. Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib, quyidagilardan tarkib topadi: pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qo’shiladigan ustama haqidan. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi, 6. Chet elda ishlagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta badallarining miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 7. Ijtimoiy siyosatni adolat tamoyillaridan kelib chiqib amalga oshirishda uning huquqiy asoslarining zamon talablariga mos bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Pensiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, ilg’or xalqaro tajriba hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga moslashtirish, shuningdek Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirishda fuqarolarning qo’shgan shaxsiy hissasi bilan tayinlangan pensiyalar miqdori o’rtasidagi uzviylikni ta’minlashdan iborat. 8. Respublikamizda ayollar o’rtacha 74,4 yil, erkaklar 70,5 yil yashaydi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, o’rtacha umr ko’rish darajasi 73 yil hisoblandi. Erkak kishi 60 yoshda pensiyaga chiqqanda–o’rtacha13 yil pensiya oladi. Ayol kishi 54 yoshida pensiyaga chiqqanda – o’rtacha 18 yil pensiya oladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling