¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/44
Sana08.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#246935
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish

xarajatlarining tahlili

1

 

(mlrd. so’m) 

№ 

Ko’rsatkichlar  

O’lchov 

birligi  

YILLAR 

2008 

2009 

2010 

2011 

2012 

1. 


Jami daromadlar  

mlrd. so’m 

2551,6 

3343,4 


4737,6 

6156,0 


7785,3 

 

YaIT stakasi 



foizda 

23,5 


23,6 

24,8 


24,8 

24,8 


1.2.  YaIT stakasi 

mlrd. so’m 

1710,7 

2164,8 


2926,9 

3737,6 


4799,2 

 

Sug’urta badali  stavkasi 



foizda 

2,5 


3,5 

4,0 


4,5 

5,5 


1.3.  Sug’urta badallari   

mlrd.so’m 

185,2 

303,7 


484,4 

697,1 


1110,2 

1.4.  Mahsulotlar, ishlar , xizmatlar 

sotishdan ajratmalar 

mlrd. so’m 

532,7 

716,6 


1006,4 

1265,5 


1401,5 

 

Ajratma  stavkasi  



foizda 

1,0 


1,0 

1,5 


1,5 

1,6 


1.5.  Boshqa daromadlar 

mlrd. so’m 

123,0 

158,3 


310,9 

455,8 


474,4 

2. 


Jami xarajatlar 

mlrd. so’m 

2985,9 

4016,5 


5006,2 

6030,6 


7551,5 

2.1.  Ishlamaydigan pensionerlar 

mlrd. so’m 

2739,2 


3677,2 

4736,9 


5803,5 

7246,0 


2.2.  Ishlamaydigan pensionerlar 

mlrd. so’m 

128,8 

159,4 


252,4 

222,5 


290,9 

4. 


Taqchillik  / ortiqcha  

mlrd. so’m 

-434,3 

-673,1 


-268,6 

125,4 


233,8 

5. 


YaIM ga  daromadlari 

foizda 

8,1 

8,0 


8,0 

8,0 


8,1 

6. 


YaIM ga  xarajatlari 

foizda 

7,8 

7,8 


7,9 

8,0 


8,3 

7. 


Yil oxiriga  qoldik 

mlrd. so’m 

637,3 

784,6 


799,3 

619,8 


164,8 

                                                           

1

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi  ma’lumotlari. 




 

48 


 

    Quyidagi  jadvalda    O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasining  daromadlari  va  xarajatlarining 

tahlili  berilgan.  Pensiya  jamg’armasining  asosiy  daromadlari  yuridik  shaxslar 

tomonidan shakllantirilgan mehnat haqi fondiga nisbatan yagona ijtimoiy to’lov 

shaklidagi daromadlar hisoblanadi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining 

daromadlari  tizimida  oldingi  yildagi  yil  boshiga  qoldiq  qismi  biroz  ko’paygan, 

bu esa fond mablag’laridan tejamkorlik asosida foydalanilayotganligidan dalolat 

beradi.  

    Respublikamizda yagona ijtimoiy to’lov stavkasi  2008 yilda 23,5 % ni, 2009 

yilda  23,6  %  ni,  2010-2012  yillarda  24,8  %  ga  teng  bo’lgan.  Pensiya 

jamg’armasi  daromadlarning  asosiy  ulushini  yuridik  shaxslar  ish  haqi  fondiga 

nisbatan 

yagona  ijtimoiy 

to’lov  tushumlari  tashkil  etmoqda.  Jami 

daromadlarning 2008 yilda 67,0 % ni, 2009 yilda 64,7 % ni, 2010 yilda 61,7 % 

ni, 2011 yilda 60,7 % ni, 2012 yilda 61,6 % ni tashkil etgan.  

    Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasining  xarajatlari    2008  yilda  2985,9 

mlrd.  so’m  bo’lgan  bo’lsa,  2009  yilda  4016,5  mlrd.  so’mga  etgan,  2010  yilda 

5006,2 mlrd. so’mni tashkil etgan, 2011 yilda 6030,6 mlrd. so’m bo’lgan, 2012 

yilda  7551,5  mlrd.  so’mga  ko’tarilgan.  Budjetdan  tashqari  Pensiya 

jamg’armasining  xarajatlarida  ishlamaydigan  pensioner-larga    pensiya 

xarajatlari    2008  yilda  91,7  %  ni, 2009  yilda 91,5  %  ni, 2010 yilda  94,6  %  ni, 

2011 yilda 96,2 % ni, 2012 yilda 95,9 % ni tashkil etgan.

 

Jamg’arma mablag’lari: 



       a) ishlamaydigan fuqarolarga: 

  davlat pensiyalarining barcha turlari; 

  dafn marosimi uchun nafaqalar; 

  davlat  pensiya  ta’minotiga  huquqi  bo’lmagan  keksa  va  mehnatga 

layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar; 

  qonun 

hujjatlariga 

muvofiq 


Jamg’arma 

mablag’laridan 

moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni 

to’lash uchun; 




 

49 


 

        b) ishlaydigan fuqarolarga: 

o  davlat pensiyalarining barcha turlari; 

o  dafn marosimi uchun nafaqalar; 

o  16  yoshgacha  bo’lgan  nogiron  bolaning  ota-onalaridan  biriga 

(vasiyga,  homiyga)  bir  oyda  qo’shimcha  dam  olish  kuni  uchun 

to’lovlar; 

o  qonun 

hujjatlariga 

muvofiq 


Jamg’arma 

mablag’laridan 

moliyalashtiriladigan  kompensatsiya  to’lovlari  va  boshqa  to’lovlar 

uchun sarflanadi. 

      Ishlamaydigan  va  ishlaydigan  fuqarolarga  pensiyalar,  ijtimoiy  nafaqalar  va 

kompensatsiya  to’lovlari  va  boshqa  to’lovlarni  moliyalashtirish  uchun 

Jamg’armaning 

hududiy 


bo’linmalari 

tomonidan 

G’aznachilikning 

bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi.  

    O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovning  2009  yil  30  dekabrda 

qabul qilgan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish 

chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  Farmoni  ushbu  mexanizm  samaradorligini 

oshirishni ko’zda tutadi.  Mazkur hujjatda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy 

tuzilmasini  yanada  takomillashtirish,  pensiyalar  va  ijtimoiy  nafaqalarni 

budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasidan  o’z  vaqtida  moliyalashtirish hamda 

ularni  to’liq  hajmda  to’lash,  shuningdek,  mamlakatimiz  fuqarolarining  pensiya 

ta’minotiga  yo’naltiriladigan  mablag’lardan  maqsadli  foydalanilishi  ustidan 

nazoratni  kuchaytirishga  xizmat  qiladigan  qator  yangiliklarni  joriy  etish 

belgilangan.  

    Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan 

tashqari Pensiya jamg’armasi zimmasiga qo’shimcha vazifalar yuklangan. Yangi 

tuzilma  fuqarolarga  pensiyalar,  ijtimoiy  nafaqalar,  kompensatsiya  va  boshqa 

to’lovlarni  tayinlash,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  pensiyalar  hamda 

boshqa to’lovlarning miqdori qayta hisoblab chiqilishini ta’minlaydi.  

   Aholining  jinsiy  tarkibi  —  aholi  tarkibidagi  erkaklar  va  ayollarning  son 

jihatdan  nisbati,  demografik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  bilan  belgilanadi. 



 

50 


 

Ko’pgina  mamlakatlarda,  ikkita  eng  yirik  mamlakatni    (Xitoy  va  Hindistonni) 

istisno  etganda  ayollar  soni  erkaklar  sonidan  ustunlik  qiladi.  Barcha 

mamlakatlarda ayollar hayotining davomiyligi erkaklarnikiga nisbatan uzoqroq. 

     “BMT  ma’lumotlariga   ko’ra,  keyingi   50  yil   ichida   o’rtacha   umr  ko’rish  

20  yilga    uzaydi.  1950  yilda  dunyoda    60  yoshdan    katta    kishilar  soni  214 

million,  2000 yilda  612   millionga  to’g’ri kelgan bo’lsa, 2025 yilda  esa  11 

millionni  tashkil    etadi.    Bu  yillar  keksalar    soni  besh    marta    o’sgani    holda,  

sayyoramizning  aholisi  miqdori   uch barobar   ko’payadi.  65 yoshdan  oshgan  

aholi    soni    yildan-yilga    ortib    bormoqda.  Ayni    paytda,    35  mamlakatda  

aholining    20-26  foizi  60  yoshdan    oshgan.  “Aholi    va  ijtimoiy    himoya  

muammolari  milliy  instituti”ning tahlillariga ko’ra, demografik holatni  bunday  

davom etishi  2055 yilda  aholi  sonini  89,9 mln. kishini  tashkil  kiladi va 65 

yoshdan  katta  keksalar  bularning 40,5 foizini   qamrab oladi”

1



     O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo’mitasi  ma’lumotlariga  ko’ra, 



o’rtacha umr ko’rish darajasi 73 yil hisoblandi. Erkak kishi 60 yoshda pensiyaga 

chiqqanda  –  o’rtacha  13  yil  pensiya  oladi.  Ayol  kishi  54  yoshida 

pensiyaga chiqqanda – o’rtacha 18 yil pensiya oladi (-jadval).     Mamlakatimiz 

aholisi sonining yildan-yilga  o’sib  borayotganligini qayd etish muhimdir. Biroq  

aholi sonining o’sishi  uning  munosib turmush  darajasini ta’minlash va pensiya 

ta’minoti  borasida  ham    muayyan  mas’uliyatni  keltirib  chiqaradi.  Bulardan 

asosiysi – yaxshi  hayot   kechirish uchun  pensiya olib, etarli  daromad  hajmiga  

ega bo’lishi kerak. 




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling