¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Vahobov Abdurahim Vosiqovichning
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
Vahobov Abdurahim Vosiqovichning “Bozor munosabatlari tizimidagi
ijtimoiy fondlar» nomli monografiyasida O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida faol va manzilli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, budjetdan tashqari ijtimoiy fondlar tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va ulardan samarali foydalanishga e’tibor karatilgan. 9
O’zbekistonda shakllangan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi islohotlarning o’ziga xos “O’zbek modeli”ning asosiy tamoyilidir. Kuchli, maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini yaratish mamlakatda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikkka erishishning omili bo’ladi. Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, iqtisodiyot barqarorlashib borgan sari asta-sekin aholini yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolat berish va aholining faqat muxtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash mexanizmi yaratilishiga bosqichma-bosqich o’tildi. Aholining hamma qatlamlarini yoppasiga ijtimoiy himoyalash tizimini asta-sekin turli ijtimoiy qatlam va guruhlarga tabaqalashtirish bilan almashtirildi, aholini adresli ijtimoiy ximoyalash tizimi shakllandi. Bu tizimga budjet mablag’lari hisobidan aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlariga nafaqa to’lash, qonuniy ravishda belgilangan eng kam mikdoridagi ish haqi, pensiya to’lash uchun sarflash, aholining muayyan toifasiga bepul va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni ta’minlash, qator ijtimoiy xizmatlarni maksimal darajada iste’molchilarga to’g’ridan-to’g’ri etkazib berish ko’rsatilgan. Mazkur monografiyada ijtimoiy fondlarning manzilli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi funktsional roli nazariy jihatdan ilmiy asoslangan, ijtimoiy fondlarning vujudga kelish sabablari va pensiya ta’minotining ob’ektiv zaruriyati tadqiq qilingan. O’zbekistonda ijtimoiy fondlar mablag’larining ishlatilish xususiyatlari tahlil etilib, ularning funktsional vazifalaridan kelib chiqqan xolda, fondlar mablag’laridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chikilgan. Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini himoyalash vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari ilmiy izlanishning 10
nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Tadqiqot ishida guruhlash, tahlil, monografik kuzatish uslublaridan foydalanildi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling