¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги


Qosimova  Gulyora  Axmatovnaning


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/44
Sana08.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#246935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish

     

Qosimova  Gulyora  Axmatovnaning  “Ijtimoiy  siyosatning  asosiy 

yo’nalishlari»  nomli  monografiyasida  respublikamizda  amalga  oshirilayotgan 

ijtimoiy  siyosatning  mohiyati  va  uning  o’ziga  xos  xususiyatlari  ochib  berilgan. 

Shuningdek,  unda  ijtimoiy  siyosatning    vazifalari,  asosiy  yo’nalishlari,  pensiya 

va  nafaqalarning  Davlat  budjetidan  amalga  oshiriladigan  moliyaviy  ta’minoti 

kabi  masalalar qamrab  olingan.  Ijtimoiy  siyosat  -  aholining  turmush  darajasini, 

«inson  kapital»ini  rivojlantirish,  ijtimoiy  xizmatlar  ko’rsatish  va  ijtimoiy 

infrastrukturani  rivojlantirishni  tashkil  etish  munosabatlari  bo’yicha  davlat 

siyosatining  bir  bo’g’ini  ekanligi  ko’rsatilgan.  Ijtimoiy  siyosat  fuqarolarning 

konstitutsion  huquqlari  asosida  amalga  oshirilishi,  moliyaviy  dasturlar, 

me’yorlar,  normativlar,  standartlar,  qonunlar,  grantlar  ijtimoiy  siyosatning 

amalga oshirish vositalari bo’lib hisoblanishi o’rganilgan. 

     Respublikamizda  milliy  boylikning  bir  qismi  davlat  qo’lida  bo’lganligi 

sababli, shu mablag’lar hisobidan aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi, aholi 

daromadlarini  oshiriladi.  Lekin  ijtimoiy  siyosat  hozirgi  real  vaziyatni,  albatta 

hisobga  olishi  kerak.  Chunki  ijtimoiy  siyosat  ijtimoiy  tizimdagi  o’zgarishlarga 

moslashuvchan  bo’lgandagina  bunday  siyosat  faol  bo’ladi.  Shu  bois  malakali 

kadrlar tayyorlash masalalariga, pensiya ta’minotiga, inflyatsiya ta’siridan aholi 

                                                           

1

 Tursunov I., Shoyimxonov 3. Ijtimoiy ta’minot huquqi. Darslik. -T.: “TDYuI”. 2003.- 230 b. 




 

 



xarid qobiliyatini himoya  qilish, narx  oshishidan  aholi ko’radigan  zararni  aholi 

daromadini oshirish orqali qoplash mumkin.  

   Istiqlol  yo’lining  dastlabki  murakkab,  iqtisodiy  tanglik  yillarida  odamlarning 

turmush  darajasini  mo’’tadillashtirish  maqsadida  aholini  ijtimoiy  hayotning 

davlat  yo’li  bilan  boshqarishning  ko’pdan-ko’p  usullari  va  uslublaridan 

foydalanildi.  Jumladan  ish  haqi,  pensiyalar,  stipendiyalar,  nafaqalar  miqdori 

oshirildi, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi bevosita pul to’lovlari, imtiyozlar va 

turli dotatsiyalar shaklidagi to’lovlarni joriy qilish usullari keng qo’llanildi. Eng 

avvalo,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o’tish  jarayonida  mamlakat 

iqtisodiyotiga  keskin  salbiy  ta’sir  ko’rsatadigan  og’ir  oqibatlarni  imkon  qadar 

kamaytirish,  ijtimoiy  muhofazaga  birinchi  galda  muhtoj  bo’lgan  aholi  toifalari 

— ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, etimlar, nogironlar, 

talabalar  va  pensionerlarning  manfaatlarini  har  tomonlama  himoya  qilish  

masalalari o’rganilgan.  

    O’zbekistonda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  markazida  ijtimoiy 

siyosat  masalasi  turadi.  Bu  siyosatning  zaruriyati  mamlakatda  amalga 

oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi mumkin 

bo’lgan  mushkullik-larni  engillashtirish  bilan  bog’liqdir.  Bundan  tashqari,  har 

qanday  jamiyatda  shunday  shaxslar  toifasi  doimo  mavjudki,  ular  ob’ektiv 

sabablarga  ko’ra  (yoshi,  sog’lig’ining  yomonligi,  mamlakatdagi  ishsizlik 

darajasi)  ishlab  chiqarishda  ishtirok  eta  olishmaydi.  Shuning  uchun  ularni 

ijtimoiy  jihatdan  himoyalashni  davlat  o’z  zimmasiga  olishi  zarur,  ya’ni 

yaratilgan  milliy  daromadning  bir  qismi  ular  foydasiga  qayta  taqsimlanishi 

kerakligiga e’tibor qaratilgan. 




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling