¡збекистон Республикаси Олий ва ¢рта махсус таълим вазирлиги


Ishlaganda portlab ketishi va o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin bo‘lgan moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari


Download 1,08 Mb.
bet2/20
Sana12.10.2023
Hajmi1,08 Mb.
#1700648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA LABORATORIYALARIDA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI

Ishlaganda portlab ketishi va o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin bo‘lgan moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari.



  1. Reaksiya o‘tkazilayotganda portlash hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha tajribalar o‘tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaksiyalar esa maxsus kabinalarda yoki himoya ekranlari, qalqonlari bilan jixozlangan erlarda o‘tkaziladi.

  2. Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki engil yonuvchi moddalar bilan shunchaki aralashtirish mumkin emas, chunki bu o‘z-o‘zidan yonib ketish va portlashga olib kelishi mumkin.

  3. Yog‘li va parafinli hammomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib ketishidan saqlanish lozim, chunki yog‘ ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida qaynab ketib, qizigan yog‘ni atrofga sachratib yuboradi. Yog`bilan ifloslangan latta, sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda, o‘z-o‘zidan yonib ketishiga moyil bo‘ladi.

  4. Sulfat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, moboda to‘kilib ketsa, u soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas.



Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi
havfsizlik choralari



  1. Yonuvchi va ayniqsa tez olangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali olovda qizdiroish yoni alanga yaqinida saqlash qatiyan mumkin emas. Bunday moddalar suv, yoki havo hammomlarida elektr qizdirgichlar yordamida qizdiriladi va haydaladi. Bunday hammomlarning qizdiruvchi va tok o‘tkazuvchi qismlari yaxshilab himoyalangan bo‘lishi kerak.

  2. Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa turdagi tez alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi yo‘q so‘ruvchi shkafda o‘tkaziladi.

  3. Yongil alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo‘lgan suyuqliklarni qizdirishda pribor tagiga, avariya sodir bo‘lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun extiyotdan bo‘sh kyuvetalar qo‘yilish kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, yig‘ishtirish lozim.

  4. Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo‘ladi va ular inson organizmiga havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun bunday moddalar bilan olib boriladigan ishlar yopiq, so‘ruvchi shkaflarda olib boriladi.

  5. Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag‘darish mumkin emas. Ishlatilgan bunday modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to‘planib maxsus quduqlarga to‘kiladi.




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling