¡збекистон Республикаси Олий ва ¢рта махсус таълим вазирлиги
Download 1.08 Mb.
|
UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA LABORATORIYALARIDA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba va hisoblar quyidagi jadvalga qayd qilinadi. 3
- Nazоrat savоllari
- 14-Laboratoriya Elektralitik usulida nikel qoplamasini hosil qilish
Ishni bajarish tartibi
Monolit ko‘rinishdagi namunada korroziyani sinash uchun o‘lchamlari 50x30x5 mm bulgan plastina tayyorlanib, chang va turli zarrachalardan tozalash uchun distillangan suv bilan tozalab yuviladi. Plastinka quritiladi va sinov boshlanadi. Sinov tagi dumaloq yoki Erlenmeyer kolbasida bajariladi. Kolbaga 100 sm3 kimyoviy toza, zichligi 1,84g/sm3 bo‘lgan sulfat kislotasi solinadi. Plastinka kislotaga tushirilib, 2 soat qaynatiladi. Sinov tugagach, plastinka suvda qayta – qayta va bir necha martalab qaynatib tozalab yuviladi. Suvda qaynatish SO42- ionlari tugagincha davom ettiriladi. Kislotaga chidamlilik darajasi plasinkani sinovgacha bulgan va sinovdan keyinga massalarining nisbatini foiz miqdori bilan aniqlanadi: Bu erda: B‑ kislotaga chidamlilik darajasi, %; G1 – materialning sinovgacha bulgan massasi; G2 – materialning sinovdan keyin massasi. Massaning kamayishini plastinkaning 1sm2 yuzasidagi kamayishiga bog‘lasa xam buladi. Buning uchun plastinkaning yuzasi ulchanadi. Tajriba va hisoblar quyidagi jadvalga qayd qilinadi. 3-jadval
Hisobot tuzish. Ishni bajarish uchun topshiriq. Tajribaning qisqacha bayoni. Tadqiqot ishining natijalari xisobi (jadval ko‘rinishida) Tadqiqot natijalaridan chiqkan xulosalar. Nazоrat savоllari: 1.Nomеtallarning kislоtali muхitda kоrrоziyaga chidamliligiga ta’sir qiluvchi faktоrlar? 2.Kislоtali muхitda nomеtallarning kislotaga chidamlilik darajasi qanday fоrmula оrqali hisоblanadi? 3.Nometal materiallarning kislotaga chidamliligini oshirish uchun qanday chоra tadbirlar qo’llaniladi? 14-Laboratoriya Elektralitik usulida nikel qoplamasini hosil qilish Metallarni nikellash texnikada mashinasozlik, asbobsozlik, iste`mol mollarini dekorativ himoyalash vositalarini tayyorlashda keng ishlatiladi. Bu, nikel elektramanfiy metallar sinfiga kirsa ham ( Ni/Ni 2+=+0,23V), lekin oddiy atmosfera sharoitlarida passivlanish hisobiga u uzoq vaqt davomida o`z yaltiroqligini yo`qotadi. Nikel-temir galvanik juftligida nikel katodli qoplama hisoblanadi, u temirni himoya qoplami bilan qoplashi uchun temirda g`ovaklar bo`lmasligi kerak. Shuning uchun nikelli qoplama minimal g`ovaklilikka ega bo`lishi kerak. Bu shart bajarilishi uchun nikellashjarayoni to`gri borishi va nikel qatlamining qalinligi aniq bo`lishi kerak. Po`latda qoplamaosti qatlami bo`lmasa nikelli qoplama 12-36 mkm bo`ladi. G`ovaklilikni kichraytirish uchun po`lat ustiga avval mis qoplanadi, so`ng nikel qoplanadi. Bu sharoitlarda nikelli qoplamalar qalinligi ingichka bo`ladi. Nikel va misning yig`indisi qalinligi qoplanishi kerak bo`ladigan nikelli qoplamaning qalinligidan kam bo`lmasligi kerak, nikel tashqi qatlamining qalinligi yig`indisi qalinligining yarmidan kam bo`lmasligi kerak. Nikelli qoplama yaxshi polirovkalaishi mumkin, ko`zgu yaltirog`igacha yetkazilishi mumkin. Nikellash usulidan kimyoviy uskunalarni ishqoriy eritmalarning ta`sidan himoyalashda, polyarografiyada yuza qattiqligini oshirish va xromlashda qoplamaosti tayyorlashda faydalaniladi. Nikellashni elektrakimyoviy va kimyoviy usullarda olib borish mumkin. Kimyoviy usulga ko`ra nikel sulfatning metallgacha qaytarilishi natriy gipofosfat yordamida amalga oshiriliadi. NiSO4+NaH2PO2+H2O=Ni+Na2HPO3+H2SO4 Kmyoviy nikellashning asosiy afzalligi nikelni murakkab shakldagi maxsulot yuzasiga bir tekisda yotqizish imkoniyatining borligidir. Lekin bu usul qimmat, nikelni cho`ktirish asosan elektrakimyoviy usulda amalga oshiriladi. Elektrakimyoviy usul nikel tuzlarining suvli eritmalarini elektrolizga asoslangan. Ko`pincha asosiy komponentni NiSO4 7H2O bo`lgan nikelli elektrodlar ishlatiladi. Elektr o`tkazuvchanligi oshirish uchun natriy, magniy, ammoniy sulfatlari berladi. Nikelli anodlarni passivlanishini yo`qotish uchun natriy, kaliy, nikel xloridlari beriladi. Nikelning asosiy birikmalarini cho`kmaga tushishini oldini olish uchun elektrolitga qo`shiladi. Ko`pincha quydagi tarkibga ega bo`lgan elektrolit qo`shiladi: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling