¡збекистон Республикаси Олий ва ¢рта махсус таълим вазирлиги


Download 1.08 Mb.
bet10/20
Sana12.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1700648
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA LABORATORIYALARIDA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI

NiSO4 7H2O 175-200 (g/dm3) NaCl 20(g/dm3)
Na2SO4 10H2O 80-160 (g/dm) H3BO3 20(g/dm3)
Elektroliz vaqtida qoplama yotqizilish kerak bo`ladigan maxsulot katod bo`ladi (po`lat plastinka, anod sifatida nikelli plastinka ishlatiladi). Elektrodlarda quyidagi jarayonlar bo`ladi:
Katod: Ni2++2e=Ni0 Anod: Ni0 -2e=Ni2+
2H++2e=H2 2OH2e=1/2O2+H2O
Nikellash jarayonining samaradorligini asosiy ko`rsatkichi sifatida nikelni tok bo`yicha unumi hisoblanadi.
Tok bo`yicha unum –bu amalda olingan maxsulotni (nikelni) maxsulotning nazariy massasiga nisbatidir, u Faradey qonunidankelib chiqadi:

Bunda:   –tok bo`yicha unum (%),
Ga –amalda olingan maxsulot massasi (g),
Gn –maxsulotni nazariy massasi (g),
Faradey qonuniga ko`ra
Gt=I E=QE
Bunda: I –tok kuchi (A),
 jarayonning davomiyligi (soat),
Q –elektrolitdan o`tkan elektr to`qining miqdori (A soat)
E –maxsulotning eletrakimyoviy ekvivalenti (g/A soat)
Nikel uchun ENi=1,095 g/A soat

Tok bo`yicha unum elektralit xaroratiga, eritma pHga bog`liq bo`ladi. 20-250 da tok zichligi 0,5-1,0 A/dm2 bo`lganda tok bo`yicha unum 95% bilan sifatli qoplamalar hosil bo`ladi. 40 oC gacha qizdirilganda va aralashtirilganda tokning katodli zichligi 2,5 A/dm2gacha ortishi mumkin. pH=6 bo`lganda elektrolitlar nikel gidroksid cho`kmasi tushadi, pH=4 da qoplama yaltiroq bo`ladi, lekin g`ovaklar ko`p bo`lgani uchun mustahkam bo`lmaydi. pH qiymati kamaygani sayin (kuchli kislotali eritmlarda) nikel tok bo`yicha unumi vodorod unumi ortgani tufayli keskin tushib ketadi.
Yaltiroq nikellash uchun elektrolitga 2,6 (2,7) disulfonaftalinli kislotaning natriyli tuzi kiritiladi. Paratouolsulfamid va kumarin qo`shimchalari, saxarin va propinol yoki butindial qo`shimchalari yanada yaxshiroq natija beradi; bu elektrolitlarda cho`kmalar ko`zguli yaltiroqlikda hosil bo`ladi, bunda yuzaning tozaligi ortadi, chunki elektrolit tekislaydigan hossalarga ega.
Nikelli elektrolitning aralashmalarga sezgirligi yuqori. Elektrolitda temirning borligi qoplamaning qatlamlanishiga va yorilishiga olib keladi. Mis varuxning aralashmalari nikelli qoplamaning dog`li, kulrang yo`l-yo`lli, qora cho`kmalarini hosil bo`lishiga olib keladi.
Elektrolitni organik birikmalar bilan ifloslanishi, zarrachalarning bo`lishi, elektroliz rejimidan og`ish – nuqtali g`ovaklilikka (pitting) sabab bo`ladi. Bu qoplama yotqiziladigan yuzaga vodorod pufaklarini yopishishi bilan bog`liq, ular asosning yuzasini ekranlaydi va nikelni bu yerda cho`kmaga tushushini oldini oladi. Pittingni yo`qotish uchun elektrolit aralashtirilib turilishi yoki vodorod peroksidi kiritilishi zarur (1 dm3 elektrolitga 1sm3 10% eritmasi).

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling