Ishni bajarish tartibi: 50 ml tubi dumaloq kolbali 7,5 gr fenol va 5ml 40%li formaldegid eritmasi solinadi. Aralashma fenol eriguncha chayqatiladi. SHundan keyin 2-3 tomchi kons. KCl tomiziladi. Kolbaga qaytar sovutgich o‘rnatilgan tiqin bilan berkitilib suv xammomida 90-1000 C da suv va smola qatlamlari ajralguncha qizdiriladi. Aralashma tarozida tortilgan chinni idishga quyiladi. Tindirishdan keyin yuqorigagi suv qatlami to‘kib tashlanadi va smola iliq suv bilan neytral reaksiyagacha yuviladi. CHinni idishga solingan smolalar quritish shkafida 180-2000 C temperaturada quritiladi. Mahsulotning chiqishini o‘rganish uchun 1gr olingan modda tuyiladi. Probirkaga joylanib 10ml C2H2OH yoki atseton ustiga quyiladi va qizdiriladi. Xar 5-10 minutdan 1-1,5 soat davomida aralashma aralashtiriladi. CHiziqli tuzilishga ega bo‘lgan smolalar erib ketadi. Navolanli uchlamchi tuzilishga ega bo‘lgan smolalarni polimerga aylanishi uchun maydalangan smolaga 10-15gr urotropin quyiladi va aralashma 1600 gacha qizdiriladi. Sovugandan keyin probirkaga solinadi. Polimer maydalanadi va uning spirt yoki atsetonda erishi tekshiriladi.
Rezolli smalalar olish uchun tubi dumaloq kolbaga 5 gr fenol 10ml 40% li formaldegid eritmasi va 0,5 NaOH eritmasi solinadi. Kolba xavo sovutgichi o‘rnatilgan probirka bilan berkitiladi. Aralashma asbest to‘r ustida asta sekin temperaturani ko‘tarib qizdiriladi. Qizdirish qizil rangli qovushqoq massa xosil bo‘lguncha 1 soat davom ettiriladi. Qaynar qovushqoq massa xosil bo‘lgandan keyin o‘lchab tortilgan chinni idish yoki tigelga quyiladi. Reaksiyani oxiriga etkazish uchun chinni idish quritish shkafida polimer qotguncha 100-1200 C da tutib turiladi. Sovutishdan keyin tarozida tortish bilan polimerning chiqishi aniqlanadi. Polimerdagi fazoviy strukturani o‘rgatish uchun polimer bo‘lakchalaridan bir necha marta katta bo‘lmagan bo‘lakchalarni probirkaga solib spirtda yoki atsetonda eruvchanligi o‘rganiladi.
Nazorat savollari:
1.Texnik 100 gr CaC2 dan 75gr CH3COOH olinadi. CN3COOH ning chiqishini aniqlang.
2.Polikondensatsiya usulida polimer navolak smolasini olishning fizik-kimyoviy xususiyatlari
3.Navolakli va rezolli smolalarning axamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |