¡збекистон Республикаси Олий ва ¢рта махсус таълим вазирлиги


Ariometrda zichlikni o‘lchash


Download 1.08 Mb.
bet17/20
Sana12.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1700648
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA LABORATORIYALARIDA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI

Ariometrda zichlikni o‘lchash.
Kerakli asbob va reaktivlar: stakan, xar xil zichlikdagi ariometrlar,neft mahsulotlari: benzin, kerosin, saralka.
Ishni bajarish tartibi:
Uchta stakan olinadi. Stakanlarning diametri ariometrdan katta bo‘lishi kerak, chunki zichlik o‘lchash jarayonida ariometr stakanlarning devorlariga tegmasligi kerak. Stakanning balandligi xam ariometr o‘lchash qismidan baland bo‘lishi kerak.Uchta stakanga uch xil neft mahsulotlari solinadi va sekin ariometr stakan ichiga devorlariga tegmasdan solinadi. Agar ariometr cho‘kib ketsa, demak zichligimiz past, olgan ariometrimiz yuqori zichlikda olingan xisoblanadi. SHuning uchun qo‘limizdagi ariometr zichligiga nisbatan kamroq zichlikdagi ariometr tanlab olinadi va yana mahsulotning zichligini o‘lchash yuqoridagi tartibda takrorlanadi. Ariometr belgilariga suyuqlik satxi to‘ђri kelsa o‘sha son suyuqlik zichligi deb qabul qilinadi va o‘lchash to‘xtatiladi. Agar ariometr belgilari suyuqlik satxidan yuqori qismida qolsa, tanlagan ariometrimiz mahsulot zichligiga nisbatan engil xisoblanadi va zichligi yuqoriroq ariometr tanlanadi.
Nazorat savollari:
1.Zichlik nimalarga qarab aniqlanadi.
2.Neft va neft mahsulotlarining zichligini o‘lchashda qanday usullar qo‘llaniladi.
3. Neft mahsulotlarning zichligi qaysi formuladan topiladi.

8 – TAJRIBA: FENOL FORMALDEGID SMOLALAR OLISH.


Ishdan maqsad: Polikondensatsiya usulida polimer olish navolakli va rezolli smolalar olish va xossalarini o‘rganish.
Kerakli asbob va materiallar:

  1. Fenol

  2. Formaldegid 40% eritmasi

  3. Xlorid kislota

  4. Urotropin (geksametil tetraamin)

  5. C2H5OH yoki atseton

Ishning nazariy asoslari
Polikondensatlanish - quyi molekulyar birikmalardan yuqori molekulyar birikmalarning xosil bo’lish jarayoni bo’lib bunda qo’shimcha moddalar (suv, ammiak, vodorod xlorid va boshqalar) ajralib chiqadi. Polikondensatsiyalanish reaksiyalarida zanjir sekin asta o’sa boradi: dastlab boshlang’ich monomerlar o’zaro reaksiyaga kirishadi, so’ngra xosil bo’lgan birikma o’sha monomerlarning molekulalari bilan navbatma navbat reaksiyaga kirishib, oxirida polimer birikma xosil qiladi. Polikondensatlanish reaksiyasiga plastik massalar tayyorlashda ishlatiladigan fenolformaldegid smolalarining xosil bo’lishi misol bo’la oladi. Reaksiya katalizator (kislota yoki ishqor) ishtirokida qizdirilganda boradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling