¡збекистон Республикаси Олий ва ¢рта махсус таълим вазирлиги
Download 1.08 Mb.
|
UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA LABORATORIYALARIDA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-usul. Ishni bajarish tartibi
Ishning maqsadi:metallarni elektrokimyoviy nikellash jarayoni bilan tanishish, tok bo`yicha unumni va qoplama qalinligini hisoblash.
Tajriba uskunasining sxemasi Elektrokimyoviy nikellash uchun mo`ljallangan tajriba uskunasi sozlagichdan, elektrolizyordan va kalonometrdan tashkil topgan. Sozlagichning old qismida (1) o`chirgich (2), kuchlanish boshqaruvchisi (3), voltmeter (4), ampermetr (5), doimiy tok klemmalari joylashgan (6). Elektrolizyor (7) hajmi 0,5-0,7 dm3 bo`lgan, plastmassa qopqoq (8) bilan yoqpilgan shisha stakan bo`lib, unga tok o`tkazuvchan katodli (11) va anodli (12) qisgichlar o`rnatilgan. Anod sifatida nikelli plastinkalar ishlatiladi, katod o`rnida nikellanishi kerak bo`lgan po`lat plastinka olinadi. Elektrolizyor nikel sulfat elektrolit bilan to`ldirilgan bo`ladi. Kulometr ham xuddi shunday tuzilgan, lekin anod va katodlar o`rnida mis plastinkalar ishlatiladi, elektrolit sifatida mis sulfat olinadi. Elektrolizyor va kulonometr ketma –ket sozlagichning doimiy tok klemmalariga ulanadi. 9- rasm. Metallarni elektrokimyoviy nikellash uchun tajriba uskunasining sxemasi 1-sozlagich; 2-o`chirgich; 3-kuchlanish boshqaruvchisi; 4-voltmetr; 5-ampermetr; 6-doimiy kuchlanish chiqish klemmalari; 7-elektrolizyor; 8-qopqoq; 9-katodli qisgich; 10-anodli qisgich; 11-katod; 12-anodlar; 13-kulonometr. 1-usul. Ishni bajarish tartibi Nikellashga berilgan po`lat plastinka avval qumqog`oz bilan, keyin filtr qog`oz bilan tozalanadi, so`ng organic erituvchilar yoki ishqor eritmasi yordamida yog`sizlantiriladi, so`ng pasta bilan (mel va so`da aralashmasi) artiladi va suv bilan yuviladi. Shundan so`ng plastinka mis bilan qoplanadi, buning uchun u 1-2 minutga mis sukfat solingan vannachaga solinadi. So`ng plastinka suv bilan yuviladi, quritiladi va analitik tarozida tortib olinadi. Tayyorlangan po`lat plastinka elektrolizyorning katodli qisgichiga qotiriladi. Misli katod kulometrning katodli qisgichiga qotiriladi. Bunda katodli plastinkalar anodlisi bilan parallel o`rnatilgan bo`ladi. Elektrolizyor va kulometrning chiqish qismi ketma –ket ulanadi, biriktiruvchi simlarning uchlari sozlagichning chiqish klemmalariga biriktirlgan bo`ladi. Elektrolizyor va kulometrga elektrolitlarning eritmalari solinadi, bunda elektrod plastinkalar eritmalarga to`rtdan uch qismga tushirilgan bo`ladi. Elektrodli qopqoqlar stakanga joylashtiriladi, sozlagichning o`chirgichi yoqiladi, kuchlanish boshqaruvchisi yordamida tok kuchi o`rnatiladi, bunda elektrolizyordagi tokning katodli zichligi 0,5-1,0 A/dm2 bo`lishi kerak. Nikellash jarayoni 0,5-1,0soat ichida davom etadi. Jarayon tugagach sozlagich o`chiriladi, elektrolizyor va kulometrning katodli plastinkalari uziladi, suv bilan yuviladi, quritiladi va tarozida tortiladi. Dastlabki va so`nggi o`lchashlarning farqiga qarab po`lat plastinkaga o`tirgan nikel massasi, hamda kulometrning katodida o`tirgan misning massasi topiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling