збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Download 430 Kb.
bet43/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Mifologik janr
Afsona, ertak va qadimgi hikoyalar asosidagi syujetlarga ishlangan kartinalar mifologik janrga mansub bo`ladi. Dunyo xalqlarining ertak va afsonalari badiiy ijodning muhim manbai hisoblanadi. Mifologik janr yunon-rim afsonalariga ishonish yo`qolib, ma'naviy - allegorik mazmunga ega bo`lgan xiqoyalarga aylanganidan so`ng kuyiantik va o`rta asr san'atida tugiladi. Afsonaviy janr Uyg`onish davrida shakllanadi va S. Bottichelli, A. Mantenya, Jorjone, Rafael asarlari antik davr afsonalari asosida yaratiladi. XVII asr va XIX asr boshlarida afsonaviy janr kartinalari haqidagi tasavvur ancha kengayadi. Ular yuksak badiiy idealni ko`rsatishga (N.Pussen, P. Rubens), hayotbilan yaqinlashishga (D. Velaskes, Rembrandt), bayramona go`zallikni yaratishga xizmat qiladi. XIX asrga kelib afsonaviy janr yuqori ideal san'atning normasiga aylanadi (I.Martos xaykallari). XIX-XX asrlarda antik mifologiya asarlari bilan bir qatorda hind afsonalari mavzulari ham ommaviylashib ketadi. XX asr boshlarida simvolizm va modern mifologik janrga qiziqishni kuchaytiradi. (M. Deni, M.Vrubel).
Mifologik janrda juda go`zal kartinalarni yaratgan rassomlardan biri bu V.M. Vasnetsovdir.
U ertak va afsonalar asosidagi syujetlarga juda ko`plab kartinalar yaratgan. Uning dastgohli kartinalarida mifologik mavzu va obrazlar turlicha jaranglagan. Masalan, Uch bahodir", "Slavyanlarni skivlar bilan jangi" asarlarida qahramonlik aks etsa, "Alyonushka", "Shox Ivan kulrang bo`ri ustida" asarlarida obrazlar shoirona va lirik jaranglaydi. V.M. Vasnetsov milliy ahamiyatga ega bo`lgan badiiy vazifalarni hal qilishga harakat qilgan. V.M. Vasnetsovning "Uch bahodir" asarida hech qanaqa aniq harakat yo`q, lekin undagi ichki kuch va ichki dinamika seziladi. Kartinaning chiziqli ritmi o`ta talabchan va monolit, u tasvirni yaxlitlashtira olgan. Kartinaning rang gammasi o`ta boy va go`zal palitrasi jarangdor va tiniq , qizil, qora, oq va yashil ranglar kontrastlari juda ta'sirchan chiqqan.
Hozirgi davrda mifologik janr kartinalari turli yo`nalishlarda, Ayniqsa modern va avngard uslubida yaratilyapti. Bu janrda yaratilgan asarlar inson kalbida o`z o`tmishi, vatani va halqiga, uning udumlariga nisbatan mehr- muhabbat uyg`otadi.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling