збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Download 430 Kb.
bet42/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Batal janri
Tasviriy san'atning bu janri urush, jang, bosqinchilik va urush davri hayotining epizodlariga bag`ishlanadi.
Batal janri birinchi navbatda rangtasvir uchun xarakterlidir. U tarixiy va mifologik janrning tarkibiy qismi bo`lishi bilan birga, hozirgi davr armiya va flotining hayotini ham tasvirlashi mumkin. Batal janri boshqa janrlarning elementlarini ham o`zida jamlay oladi. Masalan, unda portret, manzara, animal va natyurmort (qurollar va urush davrining boshqa atributlari) janri elementlari ham o`z aksini topishi mumkin.
Batal janrining shakllanishi Uyg`onish davri (Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Titsian, Tintoretto)dan boshlanib, XVII-XVIII asrlarga kelib gullab yashnadi (D. Velaskes, Rembrandt, N. Pussen, A. Vatto). Ayniqsa XIX asr yarmidagi romantizm davrida urush daxshatlari juda ko`p aks ettirildi. (F. Goyya, T. Jeriko, E. Depakrua). Batalist - rassomlar o`z asarlarida ozodlik kurashi, adolatli urushni, jasorat, g`alabani aks ettirishi bilan birga urushning dahshatlarini, uning oqibatlarini ochib tashlab, la'natlaydilar. (P. Pikasso "Gernika", V. Vereshagin kartinalari, M. Grekov, A. Deyneka, Ye. Monsinko, G. Korjev asarlari va boshqalar).
O`zbekiston tasviriy san'atida batal janri yetakchi o`rin egallaydi. Tarixiy va batal janrida tinmay izlanishlar olib borib, ajoyib asarlar yaratgan rassomlardan biri bu Malik Nabiyevdir. M. Nabiyevning "Qo`zg`olon bostirildi", "Spitamen qo`zgoloni", "Muqanna qo`zg`oloni", "Samarqand qo`zg`oloni" kabi asarlari o`zining mukammalligi, tarixiy jihatdan ishonarliligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi davrda rassomlar ijodida ham batal va tarixiy janr asosiy o`rin egallib turibdi. E.Masharipov va A. Aliqulovlarning "Amir Temurning To`xtamishxon ustidan g`alabasi" (1996), Z.Faxriddinovning "Zafar" (1997), M. Nuriddinovning "Said Baraka Amir Temurni hokimiyat ramzi-nog`ora va g`alaba bayrog`i bilan taqdirlamoqda" singari asarlari bunga misol bo`la oladi. Bu asarlarda rassomlarning kompozitsion yechimga va tarixiy maishiy vositalarga alohida diqqat va bilim bilan yondoshganliklari sezilib turibdi.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling