збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги
Kuydirilgan va natural umbra
Download 430 Kb.
|
Rangtasvir matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- (porxovskiy)
- Arxangelsk jigarrangi
- Qora bo`yoqlar Uzum qorasi
Kuydirilgan va natural umbra
Natural umbra tarkibida 25 – 30% temir va 7 – 10% marganetsli temir rudasi mavjud. Kuydirilgan umbra natural umbrani 400-6000 da toblash natijasida olinadi. Natural umbra yashil tus beruvchi tamaqi jigarrangga ega. Kuydirilgan umbra esa chuqur jigarrang tonga ega bo`lgan bo`yoq. Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari: a) rang qatlam qilib qo`yilsa o`zlarining tonini chuqurligi va to`yinganligi bilan ajralib turadi. b) lessirovkalik xususiyatiga ega. v) umbra tarkibida marganets bo`lganligi sababli sikkativlik xususiyatiga ega, bu esa ko`rishni tezlashtiradi; g) natural umra bilan ishlaganda, boshqa bo`yoqlar qo`shilmasligi kerak, aks holda aralashmaning rangi bo`ziladi. Jigarrang Van-Dik(porxovskiy) Bu bo`yoq Porxov shaxri atrofidagi torfdan tayyorlanadi. Pigment tarkibida juda ko`p (85-92%) organiq qo`shimchalar,temir oqsidlari,alyuminiy va fosfor mavjud.Bo`yoq to`q jigar rangga ega, ruxli oq bo`yoq bilan aralashtirilsa kul rang hosil bo`ladi. Bo`yoqning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, bo`yoq juda plastik bo`lib, xolst ustiga oson «o`tiradi». Arxangelsk jigarrangi Bu pigment temir gidroksidi va ozroq marganetsdan iborat. Bu bo`yoq issiq tonli to`q jigarrangga ega. Bo`yoq jigarrang mars va to`q oxra oraligida turadi. To`q intensiv rang hisoblanadi: Xarakterli xususiyatlari: a) bo`yoq yarim lessirovkalik xususiyatiga ega. b) quriganda biroz qorayib, toni sovuqlashadi, lekin chuqurlik va rang to`yinganligiga ega bo`ladi. v) grunt ustiga oson yopishadi, ingichka qatlamlar quyishga qulay. Qora bo`yoqlar Uzum qorasi Pigmentni o`zumni yosh tanalarini havosiz joyda ko`mirga aylantirish yoki o`zum danagi va qobiqlarini ezish orqali olinadi. Uzum qorasi – oq bo`yoq qo`shilganda sovuq tonli va ko`kishroq tus beradi. Xarakterli xususiyatlari: a) bo`yoq kuydirilgan suyak va gaz sajasi orasidan joy egallaydi. b) qoplovchilik xususiyatiga ega. Uzum qorasi bo`yogi yorug`likka chidamli bo`lib, yorug`lik ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Bo`yoq vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Bu bo`yoq qadimdan ma'lum. Shungit Pigment tarkibida loy bilan birga toshkumir mavjud. Bu bo`yoq sovuq tusli va kam to`yinganroq, shuningdek oq bo`yoq qo`shilsa neytral kul rangga kiradi. Xarakterli xususiyatlari: a) yuqori qoplovchiliq xususiyatiga ega. b) yorug`likka o`ta chidamli. Vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rngini o`zgartirmaydi. Bo`yoq qadimdan ma'lum. Gaz sajasi Gaz sajasining asosiy tarkibiy qismi uglerod (88,0-99,0%), boshqalari esa saja olinadigan materialning kuyganidan qolgan maxulotlari hisoblanadi. Bu bo`yoqni ishlab chiqarish uchun xom ashyo asosiy qismini metan tashkil qiluvchi tabiiy gaz hisoblanadi. Sajani moylarni yoqish yo`li bilan ham olish mumkin. Gaz sajasi juda to`yingan rangli qora bo`yoq, oq bo`yoq qo`shilsa sovuq ton beradi. Oqartirilgan ko`rinishida juda katta intensivlikka ega bo`ladi. Gaz sajasining xarakterni xususiyatlari: a) bu bo`yoq o`ta ingichka dispersli pigment hisoblanib u qatlamdan yonidagi boshqa bo`yoq qatlamiga ham ta'sir etadi va uni to`qlashtirishi yoki kir qilishi mumkin. b) Hamma ijodiy ishlarda uni qo`llash tavsiya etilmaydi. Yuqorida aytib o`tilgan qora bo`yoqlardan tashqari quyidagi bo`yoqlar ham mavjud: uxolov qorasi, podolsk, zvenigorod qorasi. Ular bituminoz loyidan olinadi. Shuningdek tioindigo qorasi, sintetik yo`l bilan tayyorlanadi. Oq bo`yoq qo`shilsa ko`k tus beradi. Download 430 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling