збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Download 430 Kb.
bet17/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Palitralar


Palitralar moybo`yoq, akvarel va temperada ishlash uchun mo`ljallangan bo`ladi.
Palitralar yog`ochdan, metall, fayans va plastmassadan yasaladi. Palitra qulay va yengil bo`lishi kerak. Katta palitralarning ung tomondagi pastki bo`r chagiga muvozanatni saqlab turishi uchun qo`rg`oshin plastinka kistiriladi. Bunday palitrada ishlaganda qo`l charchamaydi, barmoqlar kesilmaydi va qo`lda yaxshi turadi.
Yog`och palitralar mustahkam, yengil va yaxshi quritilgan (yongoq, noq) yog`ochdan yasaladi. Yog`och palitralar issiq olif yoki lak bilan yaxshi tuydirilgan palitralar moybo`yoqni moyini surib ketmay, sifatini yaxshi saqlab turadi.
Shakliga ko`ra palitralar ovalsimon ( - rasm), kvadrat, to`g`ri burchakli va figurali bo`ladi.
Ishlash jarayonida bo`yoqlar palitraning ustki qismiga qo`yiladi. Palitraning qolgan qismida bo`yoqlar aralashtiriladi.
Bo`yoqlar aralashmasi palitraning markazida tayyorlanadi. Lekin bunda issiq va sovuq tusli ranglar uchun bo`lak joy tanlash lozim. Ishlatib bo`lingandan so`ng palitra tozalanib qo`yilishi kerak. Palitra shpatel bilan tozalanib, latta bilan artiladi. Qotib qolgan bo`yoqlarni ehtiyotkorlik bilan palitrani qirmasdan tozalash kerak. Agarda qotib qolgan bo`yoqni pichoq yoki shpatel bilan tozalash qiyin bo`lsa, bo`yoqlarni qizdirib eritish kerak. Buning uchun palitraga kerosin yoki №2 Razbavitel shimdirilgan qog`ozni qo`yib yoqiladi. Qizdirilgan bo`yoq erib, oson tozalanadi.
Shuningdek palitralar oq shisha va polietilendan ham tayyorlanadi.
Palitralar quyidagicha o`lchamda bo`ladi. (sm-da):
497x373, 374x252, 376x228, 376x227, 163x169.
Tayanch so`zlar.
Ruxli oq bo`yoq, pigment, lessirovka, ultramarin, kraplak, moy, polimer, zig`ir moyi,pinen,bog`lovchi vositalar, suyultir-gichlar,skipidar, lak, dammar lak, reagent, molbert, plener, etyudnik, palitra.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Ruhli oq bo`yoqning xarakterli xususiyati nimalardan iborat?

  2. Neopolitan sarig`i qanday birikmadan tashkil topgan?

  3. Qadmiy bo`yoqlar qanday xususiyatlarga ega?

  4. Kobalt pigmentlarining kimyoviy tarkibi qanday birikmalardan iborat?

  5. Oxra bo`yoqlarining tarkibi qanday tuzilgan?

  6. Tarkibida organiq pigmentlar mavjud bo`lgan bo`yoqlarga qaysilar kiradi?

  7. Moybo`yoqlarning asosiy plenka hosil qiluvchi komponentlari nimalardan iborat?

  8. Moylar o`z xususiyatiga ko`ra necha guruhga bo`linadi?

  9. O‘simlik moylarining plenka hosil qilishining asosiy sababi nima?

  10. Moy bo`yoqlar uchun eritkichlar nimalardan va qanday nisbatda tayyorlanadi?

  11. Moy bo`yoqlarning suyultirgichlari haqida ma'lumot bering?

  12. Laklarning qanday turlari mavjud?

  13. Molbertlar qanday turlarga bo`linadi?

  14. Ko`targich mexanizmli statsionar molbert haqida ma'lumot bering.

  15. Palitralar qanday o`lchamda bo`ladi?


Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling