збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Karton uchun emulsion grunt tayyorlash


Download 430 Kb.
bet20/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Karton uchun emulsion grunt tayyorlash
Karton oldin ikkala tomondan texnik jelatin yoki sifatli duradgorlik yelimi bilan yelimlanadi. Karton 4-5% li issiq yelim eritmasi bilan yelimlanadi. Yelim surtishdan oldin karton fanera yoki podramnikka mixlar bilan mahkamlanadi. Yelim keng cho`tka bilan surtiladi. Kartonning bir tomoni quriganidan so`ng ,ikkinchi tomoniga ham yelim surkaladi. Yelim quriganidan so`ng , emulsion grunt beriladi.
Tonli grunt olish uchun unga pigment qo`shish mumkin.
Masalan; yorqin oxra, qizil oxra va boshqalar.
Karton uchun emulsion grunt tayyorlash uchun bir oz suvga oldindan ruxli oq bo`yoq yoki bo`r va pigment yaxshilab aralashtiri-ladi (pigment rangli grunt olish uchun aralashtiriladi).
Oldindan tayyorlangan yelim suvda eritiladi, keyin bu eritmaga olif qo`shiladi va yelimli suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Olingan emulsiyaga suvda eritilgan oq bo`yoq yoki bo`r qo`shiladi va suyuqlik yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashma qizdiriladi va oq bo`yoq yoki bo`r yelim bilan teng aralashishi uchun aralashtiriladi.
Shuni esda to`tish lozimki, oq bo`yoq o`rniga bo`r ishlatilsa emulsion gruntga xos bo`lgan xususiyat so`ruvchanlikni kuchaytiradi.
Bunda bo`yoqlardagi moyni so`rib olib, bo`yoqlarning mustahkamligini kamaytiradi, bog`lovchisini yo`qotgan moy bo`yoq ning rangi xiralashadi.
Kartonga emulsiyali grunt 2-3 martadan quritib surkaladi. Karton osib qo`yilgan holda quritilsa, hammayog`i teng quriydi.


Xolstni podramnikka tortish .
Gruntlangan xolstni podramnikka tortishda uni namlamaslik kerak, chunki u quriganidan so`ng mayda yoriqlar hosil qilib,bo`yoqlarning bog`lovchilarini shimadi, bu esa bo`yoqlarning rangsizlanishigagina emas, balki ularni mustahkamligiga ham ta'sir qiladi. Gruntlangan yoki toza xolst oldiniga podramnikni burchaklarga vaqtinchalik mix bilan koqib chiqiladi (- rasm ), keyin xolstning o`rta qismidagi iplari podramnikka parallel holga kelganidan so`ng koqib chiqiladi.
Shundan keyin mixlar podramnikni o`rtasidan tortib o`ng va chap tomonga qarab tortib chiqiladi.
Xolst mahkamlangandan so`ng podramnikni burchaklaridagi mixlar sugirib tashlanadi.Xolstni podramnikka tortish uchun maxsus qisqichlardan foydalaniladi. (Rasm) Xolstni qoqishda kichik va o`rtacha podramniklarga mixlarning oraligi 3-4 smdan, kattalari uchun esa 6-8 smdan qo`yiladi. Xolst konussimon mixlarda qoqiladi.

Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling