- ,,Dars ila tarbiya orasida biroz farq bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrulmaydirg’on, birining vujudi biriga bog’langan jon ila tan kabidur”.
- А.Авлоний.
E.G’.G’oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir" Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir - "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi
- I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar"
Inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi - -yondoshlik assosiasiyasi,
- -o’xshashlik assosiasiyasi
- -qarama-qarshilik assosiasiyalar
- yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’cha bolasi
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi - Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |