- Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
- Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug’ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, "oltin qo’llar", ziyrak ko’zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega bo’lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.
- Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi
Obrazli xotira - izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo’linadi
- Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo’lishi ko’zga tashlanadi.
- "eydos" yunoncha "obraz“
- Xotiraning bu turi, ya'ni eydetik obrazlar o’z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta'riflab berildi
- A.R. Luriya tomonidan ko’p yillar davomida o’rganilgan
So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi - So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi.
- Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi
- faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi
Do'stlaringiz bilan baham: |