Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги
Download 0.72 Mb.
|
Elmurodov shahriyor 2 bob sa
Bob yuzasidan xulosa
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYaLAR FOYDALANILGAN ADABIYoT RO‘YXATI Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining buyuk davlatga aylanishida ta’lim - tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, yoshlarni zamonaviy ilm - fan, madaniyat, texnika yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish muhim ilmiy – amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston taraqqiyotini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlarga ega, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatli kadrlar hal etadi. Istiqlolga erishgan Respublikamizda huquqiy va demokratik jamiyat qurish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bir vaqtda ma’naviy jihatdan barkamol yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish hamda uni Vatanni sevishga, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab avaylashga, atrof - muhit tozaligini ta’minlashga o‘rgatish muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Modomiki, kelajagimiz yoshlar qo‘lida ekan, bolalarni maktabgacha bo‘lgan davridanoq tabiat bilan yaqindan tanishtirib borish, uni asrab avaylash, jonivorlarga mehr-shafqat uyg‘otish kabi xislatlarni yuzaga keltirish, shu orqali bolalarning atrof-muhit to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish, dunyoqarashini o‘stirish, hayotiy tajribalarini mustahkamlash va takomillashtirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, nutq madaniyatini, ma’naviy hissiyotlarini taraqqiy toptirish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan bolalarga inson umri tabiat bag‘rida kechishini, inson va tabiat, atrof-muhit shu jumladan, hayvonot olamining o‘zaro bog‘liqligini, ularning bir - biriga ta’sir ko‘rsata olishini hamda bu ta’sirlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini anglatish, shu orqali bolalar o‘rtasida axloqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, yosh qalblarga ona tabiatga mehr - muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish bugungi kunning dolzarb pedagogik muammoalaridan biridir. Fan va texnikasning jadal sur’atlarda rivojlanishi, tabiiy zahiralardan tejab – tergab foydalanish xolatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada murakkab ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ularni hal qilish uchun yoshlarni tabiat qonunlarining bilimdoni, ekologiyaga oid muammolarni hal eta oladigan mutaxassislar qilib tayyorlash zarur bo‘lib qoldi; jamiyatning tabiatga ta’siri kundan – kunga oshib borayotgan hozirgi kunda ekologiya muammolariga qiziquvchilar safi borgan sari kengayib bormoqda. Xavfli ekologik muammolarni kelib chiqish sabablarini aniqlab, tabiat qonunlari asosida o‘z hayot faoliyatini boshqara oladigan kishilarni tarbiyalash, dolzarb pedagogik masalalardan biri. Bu muammo ko‘p jixatdan bolalarda yoshligidanoq tabiatga mehr va yuksak ma’naviy – axloqiy tushunchalarni shakllantirishga bog‘liq. Yosh avlodni tabiatni muxofaza qilish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga axloqiy munosabatda bo‘lishida maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalarini o‘rni nihoyatda kattadir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlodni manaviy –axloqiy yuksalishini taxlil qilar ekan: “Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tatqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyyalarining 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrida olar ekan. Bolaning ongi asosan 5 - 7 yoshda shakllanadi aynan ana shu darvda uning qalbida oiladagi muxit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi”.1 Shu munosabat bilan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning axloqiy tarbiyasida ularni hayvonot olami bilan tanishtirishda bolalarda ijobiy axloqiy munosabatlarni shakllantiruvchi tabiat olami unda yashovchi hayvonot turlari, ularni asrash va mehr ko‘rsatish uchun faol harakat qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muximdir. Bunday tuyg‘uni tarbiyalash ishini ilk bolalik yoshidan boshlash kerakligi sababli mazkur muammo o‘ta dolzarb sanaladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling