Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги
Hayvonot olami orqali bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning tarixiyligi
Download 0.72 Mb.
|
Elmurodov shahriyor 2 bob sa
1.2. Hayvonot olami orqali bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning tarixiyligi
Maktabgacha yoshidan bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash barcha zamonlarda ham o‘ta dolzarb muammolardan hisoblanadi. Axloq insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo‘lib, uni barcha xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go‘zalligi ortadi. Shu sababdan ham axloq tarbiyasi uzoq tarixga ega. Axloq, odob xalq pedagogikasini asosini tashkil etadi. Xalq pedagogikasida xalqning ta’lim tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning iymon – e’tiqodi, dunyoqarashi, an’analari o‘z aksini topgan. Xalq pedagogikasida dehqonchilik, chorvachilik, hayvonlar dunyosiga oid fikrlarga alohida ahamiyat qaratilgan. Xalq pedagogikasining maqsadi: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. Bu muammoni hal etishda hayvonot olamidan o‘rinli foydalanilgan (Ot, qo‘y, tuya, qushlar burgut, laylak). Shu nuqtai nazardan O‘rta Osiyo xalqlari axloqshunoslik soxasida boy an’anaga ega. Payg‘ambar Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobi umuminsoniy qadriyat sifatida dunyoga keldi. “Avesto” – olam va odamiyatni, shaxs va shaxsiyatni, keng ma’nodagi insonni va insoniyatni komillikka da’vat etuvchi, yetuklikka chiqaruvchi, ulkan va noyob qadriyat; unda, harakatdagi Dunyo, butun mavjudot, tabiat, jonsiz va jonli olamga inson munosabatlarini ma’naviy – ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi kishini qurshab olgan olamni uning taraqqiyot omillarini o‘rganishga, cheksiz tafakkur orqali barkamollashtirish g‘oyasini o‘zida mujassam etadi. Insonga xos bo‘lgan poklik, ezgu niyat, pokiza tuyg‘u, hayvonot olamini, tuproqni muqaddas bilish, Vatanni anglash singari olijanob fazilatlarni yuksak axloqiy me’yorlar orqali ifoda etadi. Zardushtiylar tasavvurida o‘z faoliyatida hayotiy ne’matlar axloq – odob sari intilib ezgu amallarni bajargan inson komil hisoblangan. Uning abadiyligi ham yaxshi hayotiy ehtiyoj va yaxshi hayotiy orzularning tantanasi sifatida tushunilgan. “Avesto” ko‘p asrlik xalqlar faoliyati davomida to‘plangan xalq og‘zaki ijodining adabiy yodgorliklar qomusi. Unda Kayumars, Yima, Gershasp, Ava boshqa afsonaviy qahramonlar haqidagi materiallarga ham keng o‘rin berilgan. Bu vatanimiz qadimiy tarixini o‘rganishda va yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. “Avesto” xalklar orzusi - adolatli tuzum va baxtiyor mamlakatlar, xalq jasorati va faolligida, xaqiqatiylikning nohaqlik, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi haqidagi asar. “Avesto” bizning eramizgacha ming yillar avval O‘rta Osiyo tuprog‘ida yashagan xalqlar, ularning kelib chiqish tarixi, qabilalar, urug‘lar, ularning falsafiy dunuyoqarashlari to‘g‘risidagi asar hamdir. “Jamshid” Xorazmning birinchi podsholaridan. U hayvonlarni ishga o‘rgatib, insonning yaratgan, insonlarni harbiy, dehqon, hunarmand, ilmli kishilardan iborat to‘rt guruhga bo‘lgan ilk podshodir”2. U ilm, hikmat orqali giyohlar sirini o‘rgangan va giyohlardan mushk-anbar, sabur olib, kasallik hamda dardu balolardan qutqarish, chorasini topgan, ajal yo‘liga g‘ov qo‘yish tufayli, tabiblik hunarini bunyod etgan; “Avesto”ni III, IX va XII boblarida tana tuzilishi, uni parvarishlash va gigienasi haqida ma’lumot berilgan. Issiq sharoitda murdani tanasi buzilishi, aynishi, bu esa atrof-muhitga, odamlarga xavf tug‘dirishi haqida fikr bayon etilgan. IV bobida ta’lim - tarbiya va bilim berishni to‘g‘ri XIII bobi itlar, ularning nasllari, odati xulq - atvori, insonga vafodorligi, foydasi, itlarni parvarish qilish, kasalliklari va davolashga bag‘ishlangan. Asarning XIV-XV boblari go‘dak, hayvon va itlarga ozor berilmaslik, o‘ldirmaslik, ularni asrash choralari to‘g‘risida; XXI bobda esa turli xil suvlar va ularni foydasi haqida yozilgan. Demak, “Avesto” faqat zardushtiylar diniy aqidalari to‘g‘risidagi kitob bo‘lmay, balki O‘rta Osiyo va qo‘shni mamlakatlar tabiiy zahiralari, hayvonot dunyosi haqida keng ko‘lamdagi ma’lumot beruvchi manba hamdir. “Avesto” O‘rta Osiyo tibbiyoti va Fan tarixini o‘rgatishning asosiy manbai. Islom ta’limotida ham hayvonot olamiga alohida e’tibor qaratilgan. Qur’oni Karimning ko‘pgina oyatlarida musulmonlarga Alloh taolloning hayvonot olamini nima uchun yaratilganligi, undan maqsadi, ularga qanday munosabatda bo‘lish zarurligi, mufassal tushuntirib berilgan. Hayvonot olamini avaylab asrash, nobud qilmaslik, hayvonlarni boqish, sug‘orish, parvarish qilish har bir musulmonning vazifasi ekanligi kalimai sharifda tushuntirilgan. Bu ilohiy kitobda inson hayvonot dunyosidan qanday foyda olish mumkinligi, hayvonlarni qanday tarbiya qilish kerakligi ham tushuntirilgan. Islom dinida ba’zi turdagi hayvonlarni oq vilish, ma’n qilingan. Qur’oni Karimdagi “Maida” surasining uchunchi, to‘rtinchi va beshinchi oyatlarida xarom o‘lgan hayvonlardan tashqari so‘yilgan chorva mollarini is’temol qilish halol ekanligi haqida shunday deyilgan: “Sizlarga o‘laksa, qon, to‘ng‘iz go‘shti, Allohdan boshqa birovning yo‘lida so‘yilgan narsa, bo‘g‘ilib o‘lgan, urinib o‘ldirilgan, baland joydan qulab o‘lgan; boshqa hayvon bilan suzishib o‘lgan va yirtqich hayvon tishlab o‘ldirgan jonivorlar harom qilinadi. Magar (bu jonivorlarni joni chiqmasdan turib) so‘yib yuborishga ulgurib qolgan bo‘lsangiz, u haloldir. Yana butlarga atab so‘yilgan hayvonlar (go‘shtini ist’emol qilish) va (faol) cho‘plardan qismatingizni so‘rashingiz (ham sizlarga havrom qilinadi). Zotan ishlaringiz itoatsizlikdir... Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilinadi.”3 “Alloh sizlar uchun halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom demanglar (Alloh belgilangan chegaradan) tajovuz qilmanglar! Albatta, Alloh tajavvuzkor kimsalarni sevmas. Islomda haj ibodatini ado qilish niyatida ihrom bog‘langan, ya’ni maxsus libos kiygan kishi hayvonlarni ov qilishi, ularni so‘yishi, ularni turgan joyini ovchiga ko‘rsatib berishi, ularning go‘shtini yeyish qat’iyan man qilinadi. Bu xususida “Moida” surasi 96-oyatida shunday deyiladi: “Ey, mo‘minlar, irhomda bo‘lgan chog‘ingizda biron ovni o‘ldirmang!...” ... modomiki ihromda ekansizlar, sizlarga quriqlik ovi harom qilinadi.”4 Qur’oni karimda mollarni semirtirib so‘yishni ta’qiqlaydi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling