Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/53
Sana05.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#232681
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv

Korporatsiya  -  bu  umumiy  kasbiy  yoki  tabaqaviy  manfaatlari  asosida 

birlashgan 

shaxslar 

jamiyati, 

uyushmasi 

yoki 


guruhidir. 

Xorijiy 


mamlakatlar  amaliyotida  ular  qatoriga,  odatda  hissadorlik  jamiyatlari  ham 

qo‘shiladi.  Tijorat  va  notijorat  korporatsiyalar  bo‘lish  mumkin.  Tijorat  va 




 

 

 



 

 

 



 

 

19 



notijorat korxonalariga hokimiyat, shahar, munitsipal, siyosiy  tashkilotlar hamda, 

xayriya,  diniy,  maorif  va    shunga  o‘xshash  muassasalar  kiradi.  Tijorat 

korporatsiyalari,  hissadorlik  jamiyatlari  kabi  ochiq  va  yopiq  turlarga 

bo‘linadilar.  Ochiq  korporatsiyada  qo‘shimcha  kapitalni  jalb  etish  uchun 

aksiyalar erkin sotiladi. Barcha yirik korporatsiyalar ochiq bo‘ladilar. 

Barcha  bozor  iqtisodiyoti  taraqqiy  topgan  davlatlarda  korporatsiyalar 

hamma  ishlab  chiqarish  sohalarida  nufuzli  o‘rin  egallaydilar.  Odatda 

korporadiyalar  katta  biznes  bilan  bog‘langan,  ammo  ular  orasida  kichik 

firmalar ham bo‘lishi mumkin. 

 

Korporatsiyalarning,  asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 



•bozor   kon’yunkturasini o‘rganish va  harakat strategiyasini aniq-lash; 

•ilmiy-texnikaviy  taraqqiyot  dasturlarini  amalga  oshirish  orqali 

erishilgan    fan-texnik taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish; 

•resurslarni   ia   korporatsiyaning   xo‘jaliklararo korxoialarida    ishlab    

chiqarilgan        narsalarni  markazlashtirilgan    holda    taqsimlash      va    o‘zining 

xususiy tijorat bo‘linmalari orqali tarqatish; 

   

• xo‘jalik   mexanizmini akomillashtirish  va boshqalar. 

   


Xolding  -  bu  mulk  egalari  tomonidan  bir  qanchaa  mustaqil  hissadorlik 

jamiyatlari  faoliyatini  nazorat  qilish  maqsadida  bunyod  etilgan  jamiyatdir. 

Xoldingga  birlashgan  korxonalar,  odatda,  qiz  korxonalar  deb  ataladi.  Xolding 

yoki bosh xolding kompaniyasi o‘zining qiz korxonalari aksiyalarining nazorat 

paketlarini  o‘zida  jamlash  yo‘li  bilan  moliya  kapitalini  to‘playdi.  Aksiyalardan 

olinadigan dvidendlar uning asosiy  daromadi hisoblanadi. Xolding kompaniyasi 

o‘z navbatida o‘z aksiyalarini chiqarib hissadrrlik jamiyati shaklida ham namoyon 

bo‘lishi mumkin. Xolding qatnashchisining omonati pul mablag‘lari, qimmatbaho 

qog‘ozlar, asosiy vositalar yoki boshqa moddiy boyliklar shaklida bo‘ladi. 

Xolding  kompaniyalarini  shakllantirish  jarayoni  mulkni  korxonaning 

integratsion  tarkibini  saqlab  qolgan  holda  davlat  tasarrufidan  chiqarishning  bir 



 

 

 



 

 

 



 

 

20 



vositasi  sifatida  qo‘llanilishi  mumkin.  Davlat  xoldingida aksiyalar nazorat paketi 

davlat  mulkiga,  qiz  korxonalar  aksiyalari  esa  bosh  xolding  kompyaniyasining 

mulkiga  aylanadi.  Davlat  o‘z  aksiyalari  paketi  doirasida  aksiyador  korxonalar 

faoliyatini  nazorat  qiladi.    Xolding  kompaniyasi    aksiyalarining  qolgan      qismi 

mehnat  jamoalari  a’zoliriga,  xolding  ta’minotchi  va  iste’molchilariga, 

banklarga,  xorijiy  investorlarga,  erkin  savdo  yoki  obuna  qilish  yo‘li    bilan  

fuqarolarga sotilishi mumkin. 

Quyidagi faoliyat sohalarida xolding kompaniyalari bunyod etilishiga ruxsat 

etilmaydi: 

    - ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari  savdosida; 

        - qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishi,  qishloq xo‘jaligi mahsulot-larini 

qayta  ishlash  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishining  moddiy  texnikaviy 

ta’minotida;  

 

  -umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishda; 



 

  -transportda  (temir  yo‘l,  quvurli  transport  va  faqat  xalqaro  va  tashish 

bilan   shug‘ullanuvchi korxonalaridan tashqari). 

 

Xolding  kompaniyalarini  tashkil  etishda  bundan  boshqa  cheklanishlar 



ham mavjud. 

 

Offshor  kompaniyasi  -  bu  imtiyozli  soliq  to‘lash  (yoki  butkul  to‘lamaslik) 



hududida  bunyod  etilgan  korxona  bo‘lib,  u  ro‘yxatga  olingan  joyda  barqaror 

turmaydigan 

shaxslarga 

tegishlidir. 

Ko‘pgina 

davlatlarda 

xorijiy 

investitsiyalarni  ko‘proq  jalb  etish  maqsadida,  kiritilgan omonatlar haqidagi 

axborotning  (qonunchilik  yoki      an’anaviy  kafolatlar    yo‘li              bilan 

konfidensialligini  (oshkor  etilmasligini)  ta’min  etuvchi  va  qator  imtiyozlar 

berish  tizimi  bunyod  etilgan  bo‘lib,  bu  tizim  xorijiy  tadbirkorlarga  ularning 

xususiy tadbirkorlik faoliyatini mazkur davlat hududiga olib borish sharti bilan, 

joriy  qilinadi.  "Offshor  zonasi"  deb  nom  olgan  bunday  xududlarga  G‘arbiy 

Yevropada  Gibraltar,  Irlandiya,  Genua,  Djersi,  Malta,  Olderna  orollari, hamda, 




 

 

 



 

 

 



 

 

21 



ba’zi 

bir 


qo‘shimcha 

shartlar 

bilan 

Lyuksemburg  va  Lixtenshteyn-  davlatlari;  yaqin  sharqda  -  Kipr,  Baxreyn, 



Birlashgan  Arab  amirliklari  va  Livan,  uzoq  sharqda  –  Gonkong,  Singapur, 

Labudan  oroli  (Malayziya);  Markaziy  Amerika  va  Karib  dengizida  -  Bagam 

orollari,  Britan,  Virgin  orollari,  Tyurke  va  Kokos  orollari,      Kaymanovlar 

orollari,  Niderland,  Antil  orollari,  Beliz,  Neviye,  Kosta-Rika,  Grenada, 

Panama, 

Antigua, 

Arube; 

Afrikada 

Liberiya, 



Mavrikiy 

va  boshqalar.  Turli  ma’lumotlarga  ko‘ra,  dunyoda  30-50  atrofida  offshor 

hududiy soliq gavanlari (bandargohlari) ma’lum. 

 

Sho‘’ba (qiz) korxonalar - bu korxonalar yuridik shaxs  tomonidai bunyod 



etilgan  bo‘lib  har  qanday  mulk  shakliga  ega  bo‘lishi  mumkii.  Ularning  

bunyod etilishi uchun quyidaga majburiy shartlarga rioya qilinishi kerak: 

          - bunyod etilayotgan qiz korxonaga mulkni yoki uning bir qismini berish; 

 

- qiz korxonaga beriladigan mulkka, mulk egasiniig yoki uning vakolatiga ega 



bo‘lgan idoraning roziligining bo‘lishi; 

 

- ta’sis  korxonasi  qiz  korxonaga beriladigan mulkka egalik qilmasligi. 



 

Qiz  korxonani  bunyod  etish  va  uni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  asosiy  korxonalar 

tashkil qilinishi tartibida o‘tkaziladi. Qiz korxonalar ta’sischi korxonalar kabi huquq 

va  imtiyozlardan  foydalanadilar  va  javobgarlikka ega bo‘ladilar. Ta’sischi va 

qiz korxonalar o‘rtasidagi munosabatlar ta’sis hujjatlari asosida tartibga solinadi. 

 

Har  qanday  shakldagi  mulkka  ega  bo‘lgan  korxonalar  o‘z  shahobchalarini 



(vakolatxonalarni) bunyod etishga xaqlidirlar. Ular yuridik shaxs bo‘la olmaydilar va 

ular rahbar tasdiqlagan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadilar.  

 

Xorijiy firmalar begona mamlakatda  amal qiluvchi korxonalar   bo‘lib,   ular  



xo‘jalik      faoliyati      bilan  xorijiy  yoki  qo‘shma  korxonalar  tashkil  etmasdan 

shug‘ullanishlari mumkin.  




Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling