Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana05.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#232681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv

“Raqobat  to’g’risida”  va  “Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdorlar 

huquqlarining  kafolatlari  to’g’risida”gi  qonunlar  qabul  qilindi.  Bugungi  kunda 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  nafaqat  tovar  va  xizmatlar 

ishlab  chiqarishda  balki  aholi  bandligi  va  farovonligini  ta’minlashdagi  ijtimoiy 

ahamiyatidan  kelib  chiqqan  holda,  bu  sohani  qo’llab-quvvatlashning  samarali 

mexanizmlari  joriy  qilinmoqda.  Xususan,  ularni  qo’llab-quvvatlashda  amaldagi 

normativ-huquqiy  bazani  takomillashtirish,  bank  kreditlarining  maqbul  foizlarda 

berilishi  va  soliq  sohasidagi  imtiyozlarning  yanada  kengaytirilishi  kabi  chora-

tadbirlar  ular  faoliyatining  samaradorligini  oshirishda  muhim  amaliy  ahamiyat 

kasb  etmoqda.  Bu  borada  kichik  tadbirkorlik  sub’ktlarini  rag’batlantirish  va 

ko’llab-quvvatlashda  soliq  yuki  darajasini  optimallashtirish  iqtisodiy  faollikni 

oshirishda muhim omil sifatida qaralib, ular uchun yagona soliq to’lovi 5 foiz etib 

belgilandi.  Bunday  imkoniyatlar,  barqaror  o’sish  sura’tlarida  ham  o’z  ifodasini 

topmoqda.  Jumladan,  sohada  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  natijasida,  kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  YaIMdagi  ulushi  2016  yilda  56,9  foizni, 

sanoatda 45,3 foizni, qishloq xo’jaligida 98,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 

faoliyat  ko’rsatayotgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ktlari  soni 

218170  tani  tashkil  etib,  unda  iqtisodiyotda  jami  band  bo’lganlarning  78,2  foizi 

mehnat  faoliyati  bilan  band

3

.  Ushbu  ko’rsatkichlar  kichik  biznes  va  xususiy 



tadbirkorlikni  rivojlanishining  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarini  ham 

ifodalaydi.  Bu  esa  iqtisodiy  taraqqiyotining  makroiqtisodiy  jihatlarida  yaqqol 

ko’rinadi. Bunda aholining iqtisodiy faolligi muxim o’rin tutadi. 

                                       

3

  Ўзбекистон  Республикаси  Давлат  статистика  қўмитасининг  маълумотлари  асосида  муаллиф  томонидан 



тузилган.

 



 

 

 



 

 

 



 

 

30 



KBXT mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining 

muhim  omili  sifatida  uni  har  tomonlama  qo’llab-quvvatlash  va  rag’batlantirilishi 

natijasida  uning  YaIMdagi  ulushi  2000  yildagi  31,0  foizdan  2016  yilda  56,9 

foizgacha oshdi (2.1-rasm).  

 

  

 



Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining tegishli 

yillardagi ma’lumotlari asosida tuzildi.  

 


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling