Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana05.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#232681
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv

Иқтисодий 

салоҳият 

Бозор 

фаоллиги  

 

Ижтимоий 



фаоллик 

 

Рақобатбард



ошлик 

Молиявий 

барқарор 

лик 

Тадбиркорли

к фаоллиги 

кўрсаткичлар

и

 

тизими

 

 

2.1-расм. Тадбиркорлик фаоллиги кўрсаткичлари тизими 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

44 



doirasini  baholash  uchun  ma’lum  mezonlar  ishlab  chiqishni  taqozo  etadi.  Ushbu 

yendashuv  kichik  korxonalarning  samaradorligini  oshirish  va  bozor  iqtisodiyeti 

sharoitida xo‘jalik yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy nufuzini 

oshirishga  qaratilgan  marketing  tadbirlarini  olib  borish  orqali  korxona  faoliyati 

nufuzi to‘g‘risida aniq ma’lumot olish imkoniyatini beradi. 

 

Tadbirkorlikning  ijtimoiy  nufuzi  deganda,  uning  o‘z  manfaatlari  uchun 



emas,  balki  jamoatchilik  va  iste’molchilar  manfaatlari,  hudud  va  boshqa  ijtimoiy 

manfaatlarini inobatga olgan holda, iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishi, iqtisodiy nafliligi 

nazarda  tutiladi.  Tadbirkorlarning  iqtisodiy  nafliligi  deganda  esa,  mazkur 

korxonaning  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik  salohiyatini  ro‘yebga  chiqarish 

evaziga  ko‘radigan  daromadi  hisobidan  turli  ehtiyejlarni  qondira  olish  xususiyati 

tushuniladi. 

 

Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarga asoslanib, biz kichik biznes sub’ektlari 



faoliyatining  sifat  darajalarini,  ularning  iqtisodiy  naflilik  holati  va  darajasini 

miqdoriy  o‘lchash  yo‘li  bilan  aniqlashni  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaymiz. 

Faoliyatni  yuritish  va  boshqarishda  mavjud  ko‘rsatkichlardan  foydalana  olish 

xususiyati  va  ehtiyejlarning  qondirilishi  ko‘lami  bo‘yicha  korxonalar 

daromadlarini quyidagi iqtisodiy naflilik holatiga qarab ajratamiz: 

  iqtisodiy nochor faoliyat



 

korxona  egasining  manfaati  darajasidagi  naflilik,  ya’ni  iqtisodiy  yetuk 



faoliyat; 

  korxona  egasi  va  yellanma  ishchilar  manfaati  darajasidagi  naflilik,  ya’ni 



iqtisodiy rivojlangan faoliyat; 

 



ijtimoiy naflilik, ya’ni istiqbolli faoliyat; 

 



qo‘shilmagan naflilik, ya’ni noqonuniy tadbirkorlik yo‘li bilan olib borilgan 

faoliyat. 




 

 

 



 

 

 



 

 

45 



 

Har  bir  erishilgan  darajaning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  tasniflari  mavjud  bo‘lib, 

ular  kichik  biznes  faolligini  oshirishda  tahliliy-me’eriy  ko‘rsatkichlar  orqali 

faoliyatning mezoni sifatida baholash imkonini beradi. 

 

Tadbirkorlik  faolligini  oshirish  ob’ektiv  zarurat  ekanligini  ikkita  talab: 



birinchidan, ishlab chiqarishning rivojlanishi, ijtimoiy boylik va turmush darajasi, 

ma’lumot va madaniy saviya o‘sishi natijasida insonlarning ehtiyeji doim kengayib 

borishi bo‘lsa, ikkinchidan, texnika-texnologiyaning rivojlanish jarayenida mehnat 

unumdorligi  va  ishlab  chiqarish  samaradorligining  o‘sishi,  mahsulot  sifatining 

yuqori  bo‘lishini  faqat  insonlar  uchun  tegishli  shart-sharoit  yaratilgandagina 

ta’minlash mumkinligi taqozo etadi. 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasining  ko‘rsatishicha,  kichik  biznesning 

samarali rivojlanishiga erishish uchun zarur tadbirkorlik faolligi ta’minlanishining 

tashkiliy-iqtisodiy  asoslarini  takomillashtirish zarur.  Fikrimizcha, tadbirkorlikning 

rivojlanishiga  ta’sir  qiluvchi  beshta  omil  mavjud,  shu  jumladan,  ro‘yxatdan 

o‘tkazish, davlat nazorati, banklar, soliqlar, eksport–import. Ushbu jarayenlarning 

mukammal  ravishda  amal  qilishi  tadbirkorlikni  rivojlantiradi  va  tadbirkorlik 

muhitini  yaxshilash  imkonini  beradi.  Bozor  iqtisodiyeti  sharoitida  bozor 

iqtisodiyeti institutlari faoliyatlarining qanchalik takomillashib borishi tadbirkorlik 

faoliyatida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  muammo  va  qarshiliklarning 

kamayishiga  xizmat  qiladi.  Bunday  institutlarning  faoliyatlari  tadbirkorlik 

faolligini  oshirish  imkonini  beradigan  mexanizm  bo‘lib  harakatga  keladi. 

Biznesning muvaffaqiyati ustun darajada, yuksak professional darajadagi mustaqil 

auditni, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini rivojlantirishga bog‘liq. 

Mamlakatimizda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  iqtisodiy 

ko‘rsatkichlari  jahon  mamlakatlari  darajasiga  yaqinlashib  borayetganligi  ushbu 

sohaga  jiddiy  e’tibor  va  faoliyat  ko‘rsatish  uchun  zarur  shart-sharoitlar 

yaratilganligidan dalolat beradi (2.3.1-jadval). 


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling