Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv
Manba: Samarqand viloyatida kuzatilgan 135 ta oila xo‘jaligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 2.2.1-rasm. Tadbirkorlik bilan band bo‘lgan oilalar daromadining tarkibiy tuzilishi, (foiz hisobida)
Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyatida band bo‘lgan oilalarning jami daromadida 11,8 foizini ish haqi daromadlari, 3,9 foizi ijtimoiy to‘lovlar hisobiga olingan daromadlarga to‘g‘ri keladi. Oila xo‘jaligi daromadlarining 84,3 foizi mulk, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik maxsulotlarini sotish hisobiga olingan daromadlar tashkil etadi. Yuqoridagi tahlillar, uy xo‘jaligida bandlikning o‘sishini oilaviy tadbirkorlikning turli xil shakllarining rivojlanishi va bu davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishi, hamda ushbu faoliyat kelajakda iqtisodiyotning muhim sohasiga aylanishidan dalolat berib turibdi. Shu munosabat bilan, shahar va qishloqlarda quyidagi yo‘nalishlar hayotga tadbiq etilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
40 mamlakatimizda an’anaviy xizmatlar turlarini rivojlantirish, ayrim bugungi kun talabiga javob beradigan, ammo unitilib ketilgan xizmat turlarini izlab topish va ularni tiklashni rag‘batlantirish; milliy hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi oilaviy korxonalarni imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash ko‘llamini kengaytirish zarur.
Xulosa qilib aytganda, axolining muxim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bo‘lgan xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish oilaviy tadbirkorlikni xususan, kasanachilikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Chunki uy mexnatidan foydalangan xolda ishlab chiqarish, kasanachilik va hunarmandchilikning qaror topishi mamlakatimizda juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Eng avvalo, u bozor iqtisodiyotining asosiy xarakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan mulkdorlar sinfini barpo qiladi. Ikkinchidan, mamlakatimizning bozorini iste’mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini qisqartiradi va uning faol qismini uy mexnatiga jalb etish imkonini beradi. To‘rtinchidan, esa eng muhim bo‘lgan muammoni, ya’ni oila daromadlarini oshirishda asosiy manbaga aylanishidir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling