Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning axoli farovonligini


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/53
Sana05.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#232681
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv

2.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning axoli farovonligini  

oshirishdagi roli 

 

Xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  axoli  daromadini  shakllantirishda 

muxim rol uynaydi. Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida aholi bandligi 

va  farovonligini  oshirishning  eng  muhim  yo’nalishi  sifatida  kichik  biznes  va 

oilaviy  tadbirkorlik,  xizmat  ko’rsatish  va  kasanachilik  sohalarini  qo’llab-

quvvatlash  va  rivojlantirishni  rag’batlantirish  ustuvor  yo’nalishlarda  belgilab 

qo’yilgan. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish respublika hukumatining doimo 

diqqat  e’tiborida  bo’lib  kelmoqda.  Bu  esa  xar  bir  oilaga  kichik  va  xusuiy 

tadbirkorlikni  joriy  qilishni  va  axoli  daromadlari  tarkibida  uning  ulushi  oshib 

borishini taqozo etadi.  

Bu  masalani tahlil qilishda eng avvalo biz  xususiy mulk to’grisida tuxtalib 

o’tishni joiz deb topdik. 

 

O’zbekistonda  xususiy  mulk  kichik  va  o’rta  korxonalar,  dehqon  va  fermer 



xo’jaliklari, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar va nixoyat 

oilalarning  mulkidan  tashkil  topadi.  Bu  mulk  tarkibi  ikki  xil  mulkni  o’z  ichiga 

oladi.  Biri  tadbirkorlik  faoliyatiga  xizmat  qilib  kapital  xosil  qiladi,  puldan  pul 

chikarib  olishga  xizmat  qiladi.  Ikkinchisi  esa  iste’molga  qaratilgan  mulk  bo’lib, 

oilaning extiyojini kondirishga xizmat qiladi. 

 

Birinchi  turdagi  xususiy  mulkning  obyekti  -  ishlab  chiqarish  vositalari  va 



ularga  muljallangan  pul  mablaglari  bulsa,  ikkinchisi  mulkning  obyektga  iste’mol 

buyumlari va aќoli iste’mol fondiga xizmat qiluvchi pul jamgarmalaridir. Aytilgan 




 

 

 



 

 

 



 

 

37 



ikki  turdagi  mulklar  aloxida  -  aloxida  shaklda  bulsada,  ularning  tadbirkorlar 

ixtiyorida  kushilib  ketishi  yuz  beradi,  chunki  tadbirkorlar  bir  tomondan,  kapital 

soxiblari bulsalar, ikkinchidan, iste’molchilardir, ya’ni iste’molga karatilgan mulk 

soxiblari ќam xisoblanadilar.  

 

Bugungi  kunda  bozor  munosabatlari,  xar  bir  oila  xo’jaligida  tadbirkorlikni 



rivojlantirishni talab etmoqda. Vaќolanki, ish ќaqi oila daromadlarining 35 foizini 

tashkil  qiladi.  Endi  oila  daromadlarining  aksariyat  qismi  tadbirkorlik  evaziga 

qoplanadi.  Bunga  qonuniy  asos  bo’lib,  Uzbekiston  Respublikasi  «Tadbirkorlik 

faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida» (2000 yil 25 may) qonuni, O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  «Tadbirkorlik  subyektlarini  ќuquqiy  ximoya  qilish 

tizimini  yanada  takomillashtirish  chora  tadbirlari  to’g’risida»  (2005  yil  14  iyun), 

«Mikrofirmalar  va  kichik  korxonalarni  rivojlantirishni  rag’batlantirish  borasidagi 

qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida»  gi  (2005  yil  20  iyun)  Farmonlari  xizmat 

qiladi.  Agar,  Respublikamiz  aholisining  umumiy  daromadlariga  va  tadbirkorlik 

faoliyati  natijasida  olayotgan  daromadlariga  e’tibor  bersak  u  quyidagicha 

ekanligini ko’rishimiz mumkin (2.2.1-jadval). 


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling