Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv
Korporatsiya - bu umumiy kasbiy yoki tabaqaviy manfaatlari asosida
birlashgan shaxslar jamiyati, uyushmasi yoki
guruhidir. Xorijiy
mamlakatlar amaliyotida ular qatoriga, odatda hissadorlik jamiyatlari ham qo‘shiladi. Tijorat va notijorat korporatsiyalar bo‘lish mumkin. Tijorat va
19 notijorat korxonalariga hokimiyat, shahar, munitsipal, siyosiy tashkilotlar hamda, xayriya, diniy, maorif va shunga o‘xshash muassasalar kiradi. Tijorat korporatsiyalari, hissadorlik jamiyatlari kabi ochiq va yopiq turlarga bo‘linadilar. Ochiq korporatsiyada qo‘shimcha kapitalni jalb etish uchun aksiyalar erkin sotiladi. Barcha yirik korporatsiyalar ochiq bo‘ladilar. Barcha bozor iqtisodiyoti taraqqiy topgan davlatlarda korporatsiyalar hamma ishlab chiqarish sohalarida nufuzli o‘rin egallaydilar. Odatda korporadiyalar katta biznes bilan bog‘langan, ammo ular orasida kichik firmalar ham bo‘lishi mumkin.
Korporatsiyalarning, asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: •bozor kon’yunkturasini o‘rganish va harakat strategiyasini aniq-lash; •ilmiy-texnikaviy taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish orqali erishilgan fan-texnik taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish; •resurslarni ia korporatsiyaning xo‘jaliklararo korxoialarida ishlab chiqarilgan narsalarni markazlashtirilgan holda taqsimlash va o‘zining xususiy tijorat bo‘linmalari orqali tarqatish;
Xolding - bu mulk egalari tomonidan bir qanchaa mustaqil hissadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida bunyod etilgan jamiyatdir. Xoldingga birlashgan korxonalar, odatda, qiz korxonalar deb ataladi. Xolding yoki bosh xolding kompaniyasi o‘zining qiz korxonalari aksiyalarining nazorat paketlarini o‘zida jamlash yo‘li bilan moliya kapitalini to‘playdi. Aksiyalardan olinadigan dvidendlar uning asosiy daromadi hisoblanadi. Xolding kompaniyasi o‘z navbatida o‘z aksiyalarini chiqarib hissadrrlik jamiyati shaklida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Xolding qatnashchisining omonati pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, asosiy vositalar yoki boshqa moddiy boyliklar shaklida bo‘ladi. Xolding kompaniyalarini shakllantirish jarayoni mulkni korxonaning integratsion tarkibini saqlab qolgan holda davlat tasarrufidan chiqarishning bir
20 vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Davlat xoldingida aksiyalar nazorat paketi davlat mulkiga, qiz korxonalar aksiyalari esa bosh xolding kompyaniyasining mulkiga aylanadi. Davlat o‘z aksiyalari paketi doirasida aksiyador korxonalar faoliyatini nazorat qiladi. Xolding kompaniyasi aksiyalarining qolgan qismi mehnat jamoalari a’zoliriga, xolding ta’minotchi va iste’molchilariga, banklarga, xorijiy investorlarga, erkin savdo yoki obuna qilish yo‘li bilan fuqarolarga sotilishi mumkin. Quyidagi faoliyat sohalarida xolding kompaniyalari bunyod etilishiga ruxsat etilmaydi: - ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari savdosida; - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi mahsulot-larini qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining moddiy texnikaviy ta’minotida;
-umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishda; -transportda (temir yo‘l, quvurli transport va faqat xalqaro va tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalaridan tashqari).
Xolding kompaniyalarini tashkil etishda bundan boshqa cheklanishlar ham mavjud.
Offshor kompaniyasi - bu imtiyozli soliq to‘lash (yoki butkul to‘lamaslik) hududida bunyod etilgan korxona bo‘lib, u ro‘yxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tegishlidir. Ko‘pgina davlatlarda xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etish maqsadida, kiritilgan omonatlar haqidagi axborotning (qonunchilik yoki an’anaviy kafolatlar yo‘li bilan konfidensialligini (oshkor etilmasligini) ta’min etuvchi va qator imtiyozlar berish tizimi bunyod etilgan bo‘lib, bu tizim xorijiy tadbirkorlarga ularning xususiy tadbirkorlik faoliyatini mazkur davlat hududiga olib borish sharti bilan, joriy qilinadi. "Offshor zonasi" deb nom olgan bunday xududlarga G‘arbiy Yevropada Gibraltar, Irlandiya, Genua, Djersi, Malta, Olderna orollari, hamda,
21 ba’zi bir
qo‘shimcha shartlar bilan Lyuksemburg va Lixtenshteyn- davlatlari; yaqin sharqda - Kipr, Baxreyn, Birlashgan Arab amirliklari va Livan, uzoq sharqda – Gonkong, Singapur, Labudan oroli (Malayziya); Markaziy Amerika va Karib dengizida - Bagam orollari, Britan, Virgin orollari, Tyurke va Kokos orollari, Kaymanovlar orollari, Niderland, Antil orollari, Beliz, Neviye, Kosta-Rika, Grenada, Panama, Antigua, Arube; Afrikada - Liberiya, Mavrikiy va boshqalar. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 30-50 atrofida offshor hududiy soliq gavanlari (bandargohlari) ma’lum.
Sho‘’ba (qiz) korxonalar - bu korxonalar yuridik shaxs tomonidai bunyod etilgan bo‘lib har qanday mulk shakliga ega bo‘lishi mumkii. Ularning bunyod etilishi uchun quyidaga majburiy shartlarga rioya qilinishi kerak: - bunyod etilayotgan qiz korxonaga mulkni yoki uning bir qismini berish;
- qiz korxonaga beriladigan mulkka, mulk egasiniig yoki uning vakolatiga ega bo‘lgan idoraning roziligining bo‘lishi;
- ta’sis korxonasi qiz korxonaga beriladigan mulkka egalik qilmasligi. Qiz korxonani bunyod etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish asosiy korxonalar tashkil qilinishi tartibida o‘tkaziladi. Qiz korxonalar ta’sischi korxonalar kabi huquq va imtiyozlardan foydalanadilar va javobgarlikka ega bo‘ladilar. Ta’sischi va qiz korxonalar o‘rtasidagi munosabatlar ta’sis hujjatlari asosida tartibga solinadi.
Har qanday shakldagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar o‘z shahobchalarini (vakolatxonalarni) bunyod etishga xaqlidirlar. Ular yuridik shaxs bo‘la olmaydilar va ular rahbar tasdiqlagan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
Xorijiy firmalar begona mamlakatda amal qiluvchi korxonalar bo‘lib, ular xo‘jalik faoliyati bilan xorijiy yoki qo‘shma korxonalar tashkil etmasdan shug‘ullanishlari mumkin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling