Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. KICHIK BIZNYES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANISH HOLATI VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
28 II BOB. KICHIK BIZNYES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANISH HOLATI VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Mamlakatimizda aholining bandligi va daromadlarining barqaror o’sishini ta’minlashga doir vazifalarini hal etishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlashga yanada ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu borada, Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan “2017 – 2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI”da “... xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish ...” muhim vazifa sifatida belgilab berilishi ham mazkur masalaning naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi” 2 . Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ustuvor yo’nalish sifatida belgilashning quyidagi sabablarini ko’rsatib o’tish mumkin: kichik biznes ichki bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilishi; kichik biznes jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va kon’yunktura o’zgarishlariga ancha tez moslashishi; kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta xarajat hamda kapital qo’yilmalarni talab etmasligi; kichik korxonalarga nisbatan kichik biznesning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va salbiy oqibatlariga bardosh bera olish qobiliyatining ancha yuqoriligi;
2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. 2017 йил 7 февраль, ПФ – 4947-сон.
29 kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro’yobga chiqarish vositasi ekanligi va b. O’zbekistonda mustaqillik yillarida tadbirkorlik muhitini yaratishning dastlabki bosqichida uning huquqiy asoslari yaratildi. Shu jumladan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”, Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling