2.1-rasm. O’zbekistonda 2000-2016 yillarda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi,(foizda)
Shuningdek, 2000-2016 yillarda uning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ham
sezilarli darajada o’sib, sanoatda 12,9 foizdan 45,3 foizga, qishloq xo’jaligida 73,6
foizdan 98,2 foizga, qurilishda 38,4 foizdan 67,8 foizga, savdoda 74,1 foizdan 89,6
foizga oshgan.
Keyingi davrlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning
o’zgarishlarga tez moslashuvchan sohasi sifatida ichki bozorni iste’mol tovarlari
bilan to’ldirish, xizmat ko’rsatishning yangi va zamonaviy turlarini kengaytirish,
eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qarorlarning
amaliyotga keng tadbiq etilishi, tekshirish ishlarining qisqarganligi, biznes yuritish
uchun moliya va vaqt harajatlarining kamayganligi, ro’yxatga olishning xabardor
qilish tizimining joriy etilishi natijasida ro’yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan
31
kichik biznes subyektlari soni jadal oshib, ularning iqtisodiy ko’rsatkichlarida ham
ijobiy tendensiyalar yuz bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |