Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning axoli farovonligini
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv
2.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning axoli farovonligini
oshirishdagi roli Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish axoli daromadini shakllantirishda muxim rol uynaydi. Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida aholi bandligi va farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab- quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish ustuvor yo’nalishlarda belgilab qo’yilgan. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish respublika hukumatining doimo diqqat e’tiborida bo’lib kelmoqda. Bu esa xar bir oilaga kichik va xusuiy tadbirkorlikni joriy qilishni va axoli daromadlari tarkibida uning ulushi oshib borishini taqozo etadi. Bu masalani tahlil qilishda eng avvalo biz xususiy mulk to’grisida tuxtalib o’tishni joiz deb topdik.
O’zbekistonda xususiy mulk kichik va o’rta korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklari, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar va nixoyat oilalarning mulkidan tashkil topadi. Bu mulk tarkibi ikki xil mulkni o’z ichiga oladi. Biri tadbirkorlik faoliyatiga xizmat qilib kapital xosil qiladi, puldan pul chikarib olishga xizmat qiladi. Ikkinchisi esa iste’molga qaratilgan mulk bo’lib, oilaning extiyojini kondirishga xizmat qiladi.
Birinchi turdagi xususiy mulkning obyekti - ishlab chiqarish vositalari va ularga muljallangan pul mablaglari bulsa, ikkinchisi mulkning obyektga iste’mol buyumlari va aќoli iste’mol fondiga xizmat qiluvchi pul jamgarmalaridir. Aytilgan
37 ikki turdagi mulklar aloxida - aloxida shaklda bulsada, ularning tadbirkorlar ixtiyorida kushilib ketishi yuz beradi, chunki tadbirkorlar bir tomondan, kapital soxiblari bulsalar, ikkinchidan, iste’molchilardir, ya’ni iste’molga karatilgan mulk soxiblari ќam xisoblanadilar.
Bugungi kunda bozor munosabatlari, xar bir oila xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishni talab etmoqda. Vaќolanki, ish ќaqi oila daromadlarining 35 foizini tashkil qiladi. Endi oila daromadlarining aksariyat qismi tadbirkorlik evaziga qoplanadi. Bunga qonuniy asos bo’lib, Uzbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida» (2000 yil 25 may) qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini ќuquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida» (2005 yil 14 iyun), «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi (2005 yil 20 iyun) Farmonlari xizmat qiladi. Agar, Respublikamiz aholisining umumiy daromadlariga va tadbirkorlik faoliyati natijasida olayotgan daromadlariga e’tibor bersak u quyidagicha ekanligini ko’rishimiz mumkin (2.2.1-jadval).
Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling