Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv
Иқтисодий
салоҳият Бозор фаоллиги
фаоллик
ошлик Молиявий барқарор лик Тадбиркорли к фаоллиги кўрсаткичлар и тизими
44 doirasini baholash uchun ma’lum mezonlar ishlab chiqishni taqozo etadi. Ushbu yendashuv kichik korxonalarning samaradorligini oshirish va bozor iqtisodiyeti sharoitida xo‘jalik yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy nufuzini oshirishga qaratilgan marketing tadbirlarini olib borish orqali korxona faoliyati nufuzi to‘g‘risida aniq ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy nufuzi deganda, uning o‘z manfaatlari uchun emas, balki jamoatchilik va iste’molchilar manfaatlari, hudud va boshqa ijtimoiy manfaatlarini inobatga olgan holda, iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishi, iqtisodiy nafliligi nazarda tutiladi. Tadbirkorlarning iqtisodiy nafliligi deganda esa, mazkur korxonaning ishlab chiqarish va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yebga chiqarish evaziga ko‘radigan daromadi hisobidan turli ehtiyejlarni qondira olish xususiyati tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarga asoslanib, biz kichik biznes sub’ektlari faoliyatining sifat darajalarini, ularning iqtisodiy naflilik holati va darajasini miqdoriy o‘lchash yo‘li bilan aniqlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Faoliyatni yuritish va boshqarishda mavjud ko‘rsatkichlardan foydalana olish xususiyati va ehtiyejlarning qondirilishi ko‘lami bo‘yicha korxonalar daromadlarini quyidagi iqtisodiy naflilik holatiga qarab ajratamiz: iqtisodiy nochor faoliyat;
korxona egasining manfaati darajasidagi naflilik, ya’ni iqtisodiy yetuk faoliyat; korxona egasi va yellanma ishchilar manfaati darajasidagi naflilik, ya’ni iqtisodiy rivojlangan faoliyat;
ijtimoiy naflilik, ya’ni istiqbolli faoliyat;
qo‘shilmagan naflilik, ya’ni noqonuniy tadbirkorlik yo‘li bilan olib borilgan faoliyat.
45 Har bir erishilgan darajaning o‘ziga xos bo‘lgan tasniflari mavjud bo‘lib, ular kichik biznes faolligini oshirishda tahliliy-me’eriy ko‘rsatkichlar orqali faoliyatning mezoni sifatida baholash imkonini beradi.
Tadbirkorlik faolligini oshirish ob’ektiv zarurat ekanligini ikkita talab: birinchidan, ishlab chiqarishning rivojlanishi, ijtimoiy boylik va turmush darajasi, ma’lumot va madaniy saviya o‘sishi natijasida insonlarning ehtiyeji doim kengayib borishi bo‘lsa, ikkinchidan, texnika-texnologiyaning rivojlanish jarayenida mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi, mahsulot sifatining yuqori bo‘lishini faqat insonlar uchun tegishli shart-sharoit yaratilgandagina ta’minlash mumkinligi taqozo etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, kichik biznesning samarali rivojlanishiga erishish uchun zarur tadbirkorlik faolligi ta’minlanishining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish zarur. Fikrimizcha, tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi beshta omil mavjud, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat nazorati, banklar, soliqlar, eksport–import. Ushbu jarayenlarning mukammal ravishda amal qilishi tadbirkorlikni rivojlantiradi va tadbirkorlik muhitini yaxshilash imkonini beradi. Bozor iqtisodiyeti sharoitida bozor iqtisodiyeti institutlari faoliyatlarining qanchalik takomillashib borishi tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qarshiliklarning kamayishiga xizmat qiladi. Bunday institutlarning faoliyatlari tadbirkorlik faolligini oshirish imkonini beradigan mexanizm bo‘lib harakatga keladi. Biznesning muvaffaqiyati ustun darajada, yuksak professional darajadagi mustaqil auditni, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini rivojlantirishga bog‘liq. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy ko‘rsatkichlari jahon mamlakatlari darajasiga yaqinlashib borayetganligi ushbu sohaga jiddiy e’tibor va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi (2.3.1-jadval).
Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling