76
5.2.10. Tikilayotgan matoni surish jarvyoni
Mokili baxya hosil etuvchi mashinalarning aksariyati, reyka tishli matoni
surish mexanizmlari bilan ishlaydi va ularning ishlash printsiplari yuqorida ko’rib
o’tilgan.
Baxya xosil etuvchi mokili mashinalarda tikilayotgan matolarni surish
jarayonining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, baxya oxirigacha to’liq
tortilganidan so’ng matoni surish jarayoni amalga oshiriladi. Ba’zi bir hollarda
matoni surish jarayoni baxyani tortish jarayonidan oldinroq bajarilsa, igna ipi tepki
yordamida siqilib, moki ipini mato o’rtasiga torta olmaydi. Iplar chalishuvi esa
mato tagida sodir etiladi va baxyaning noto’g`ri tuzilishiga ega bo’lgan xolat hosil
bo’ladi. Baxyani tortilish jarayonining bajarilish shartini yaxshilash uchun matoni
surilish jarayoni kechroq bajarilishi tavsiya etiladi (Rasm 5.2.10.).
1-surilayotgan mato, 2- igna plastinkasi, 3-surish moslamasini lapkasi,4- suruvchi tishli
reyka, 5- lapka prujinasi
Rasm. 5.2.10. Tikilayotgan matoni surish jarayoni
Tikilayotgan matoning qalinligi surish jarayonini o’z vaqti-da bajarilishiga
ta’sir etadi, mato qanchalik qalin bo’lsa uni shunchalik tezroq surish kerak, chunki
igna shuncha tez matoga kelib tegadi. Matoni unga kirayotgan igna bilan surib
77
yuborish mumkin emas. Ingichka matolarni tikayotganda matoni kech surilishini
ta’minlash mumkin, bu esa tortilish jarayonini to’g`ri bajarilishiga olib keladi.
Tikilayotgan matoni surish jarayoni bilan baxya hosil qilish jarayonining
birinchi baxya hosil etish davri tugatilib, yangi baxya hosil etish davri boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: