2.4. Ip tortuvchi apparatlar
Ip berish appartalari ip tortuvchi (halqali bahya mashinalarida) yoki ipni
tortib oluvchi (mokili mashinalarida), ip berish uchun va bahya tortib qo’yish
uchun xizmat qiladi. U ip yo’naltiruvchilardan va ip tarangligini sozlovchi
moslamalardan iborat (Rasm - 2.4.).
a — kulachokli;
b — sharnir-sterjenli; v — kulisali;
g — aylanma uzatkich
Rasm - 2.4. Ip uzatish apparatlar turlari
2.5. Qo’shimcha a’zolari
Tikuv mashinasi bahya hosil qilishda zarur bo’lgan quyidagi asosiy
mexanizmlarga ega: igna mexanizmi, halqa iluvchi yoki moki, mato suruvchi, ipli
apparat yoki ipni tortib turuvchi mexanizmlar.
Bu asosiy mexanizmlardan tashqari mashina qґshimcha mexanizmlarga ega
bo’lishi mumkin: pichoq mexanizmlari, qo’shimcha ip taxlovchi moslama va
boshqalar.
Mashinaning asosiy mexanizmlari asosiy valdan harakat oladi. U hamma
mexanizmlarning bir xilda ishlashini ta’minlaydi. Asosiy valning bir aylanishida
bahya hosil qilishning umumiy davri yakunlanadi. Asosiy valga uning oxiriga
mahkamlangan g`ildirak orqali uzatma moslamadan harakat beriladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |